Mundarija: kirish. Bob



Download 50,63 Kb.
bet6/7
Sana13.12.2022
Hajmi50,63 Kb.
#884743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YENGIL ATLETIKACHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN TRENEROVKA MASHG’ULOTLARINI TUZILISHI.

Ko‘p yillik trenirovkani rejalashtirish.

Yengil atletikachilarning trenirovkasi yil bo‘yi davom etishi va ko‘p yillik bo‘lishi kerak. Yengil atletikachilarning mashq olganlik darajasini, uny yakunlovchi davrda bir oz pasaytirib va keyingi davrlarda qaytadan asta-sekin oshirib, yildan-yilga orttira borish kerak. Yengil atletikachilarning jismoniy tayyorlik darajasi tayyorlov davri boshida o‘tgan yildagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi kerak.
Oldindan tuzilgan reja asosida trenirovka qilish kerak. Shaxsiy trenirovka rejai hamma sportchilar uchun bo‘lishi kerak, lekin I razryadli yengil atletikachilar, masterlikka nomzodlar va sport masterlari uchun esa albatta shart. Busiz yuqori sport yutug‘iga erishib bo‘lmaydi.
Reja uchta bo‘lishi kerak: ko‘p yillik (perspektiv reja), yillik va oylik.
Ko‘p yillik trenirovka rejai trenirovkaning umumiy ko‘rinishini hosil qilish, Har qaysi yildagi trenirovkaning maqsadi, vazifalary va asosiy vositalarini belgilab olish uchun tuziladi. Bu rejani tuzayotganda yuqori sport maho-ratiga erishmoq uchun o‘rta hisobda yecha yil muntazam treni-rovka qilish kerakligini bnlish muhimdir.
Agarda yosh yengil atletikachilarning yangi boshlab, I o‘smirlar razryadiga yetishlari uchun ketgan vaqtni ham hisobga olsak, oliy sport mahoratiga erishish uchun hammasi bo‘lib 9—10 yil kerak ekanini ko‘ramiz.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, ko‘p yillik trenirovkani «yilda bir razryad» formulasiga binoan rejalashtirish kerak. Lekin yosh qobiliyatli yengil atletikachilar mahoratga tezroq erishadilar. Masalan, A. Ignatev 400 m yugurishda ikki yilgina maxsus trenirovka qilib, Yevropada eng kuchli bo‘la oldi.
Ko‘p yillik trenirovka rejaini tuzishda sportchining yoshi va u ixtisos olayotgan yengil atletika turida necha yilda voyaga yetishini nazarda tutish kerak. Buning uchun 147- betda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qarab ish tutish mumkin. Yengil atletikachilarning harakat imkoniyatlari cho‘qqiga yetadigan vaqtdan 2—3 yil ilgari ular xalqaro toifadagi sport masterlari natijasini ko‘rsata oladigan bo‘lishlariga intilmoq kerak.
Shuningdek, trenirovkaning perspektiv rejaini tuzayotganda tanlangan yengil atletika turidan ixtisos olish boshlanishi uchun belgilangan yoshga hamda o‘smirlar razryadlari 14 yoshdan berilishiga e’tibor berish kerak.
Yosh yengil atletikachi uchun perspektiv rejani 10 yilga mo‘ljallab tuzish mumkin. Lekin, odatda yosh yengil atletikachi jismoniy jihatdan qanday o‘sishini, uning funktsional imkoniyatlari va irodaviy fazilatlari qanday bo‘lajagini oldindan aniq bilib bo‘lmagani sababli, ko‘pincha perspektiv reja yosh bo-lalar uchun 5—6 yilga, yoshlar uchun esa 4 yilga mo‘ljallab tuziladi.
Jahonning 10 ta eng yaxshi yengil atletikachilarining 1 yanvar 1963 yilgacha bo‘lgan hamma davrdagi o‘rtacha yoshi (Ye. N. Kaytmazova ma’lumotlari)
Ayollar
100 m—22 yosh-u 6 oy 200 m —22 yosh-u 8 oy 400 m — 23 yosh-u 6 -oy
800 m — 24 yosh-u 5 oy 1500 m — 25 yosh-u 8 oy 5000 m — 26 yosh-u 1 oy 10
000 m —27 yosh 110 m — g‘/o — 24 yosh 400 m g‘/o — 22 yosh-u 3 oy 3000 m
t/o — 26 yosh-u 2 oy
Erkaklar balandlik—21 yosh-u 9 oy uzunlik — 23 yosh-u 7 oy uch hatlab — 25 yosh-u 7 oy langarcho‘p — 23 yosh disk — 28 yosh-u 1 oy nayza — 26 yosh-u
3 oy bosqon — 26 yosh-u 3 oy yadro — 25 yosh o‘nkurash — 25 yosh
To‘rt yillik tsiklda (masalan, spartakiadalari yoki olimpiya o‘yinlari orasidagi vaqtda) perspektiv tayyorgarlik rejaini ertaroq (16—17 yoshdan boshlab) tuzish muhimdir.
Trenirovkaning perspektiv rejaini tuzayotganda yengil atletikachining shaxsiy xususiyatlari, uning yoshi, jismoniy rivojlanganligi, ma’naviy-irodaviy fazilatlari hamda qisqa va boshqa masofalarda yugurishdagi, sakrash va uloqtirishdagi natijalari hisobga olinadi. Albatta, sportchining sog‘ligiga e’tibor beriladi. Mana shular asosida yengil atletikachining kuchli tomonlari aniqlanadi va sport ixtisosi belgilanadi. Trenirovkaning perspektiv rejaida yengil atletikachining bo‘ga tomonlari ham ko‘rsatiladi va ularni rivojlantirishga e’tibor bsriladi.
Yeigil atletikachi tayyorlik darajasining turli tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sport natijalari yilma-yil o‘sishini belgilab olish imkonini beradi. Shu
bilan birga yengil atletika boshqa turlaridagi (masalan, uzunlikka sakrovchiga - sprintdagi, uloqtiruvchi uchun — sakrashdagi va hokazo) natijalar ham, jismoniy tayyorgarlikdagi (masalan, shtangani itqitib ko‘tarish, arqonga chiqish, sakrash mashqlari va boshqa) mashqlardagi natijalar ham yilma-yil rejalashtiriladi.
Shunga binoan trenirovkaning har qaysi yili uchun asosiy maqsad ko‘rsatiladi. Bu maqsad nuqul sport ixtisosida yaxshi natija ko‘rsatishdan iborat bo‘lavermaydi. Masalan, yosh yengil atletikachilar uchun har tomonlama jismoniy tarbiyalash jarayonida tezkorlikni rivojlantirish, ayniqsa sprintda tezlikni oshirish, shuningdek yengil atletika turlari texnikasi asoslarini egallash hammadan ham muhimdir. Voyaga yetgan yengil atletikachilar uchun esa, yil davomidagi trenirovkaning asosiy maqsadi — tanlangan yengil atletika turida eng yuqori natijaga erishishdir.
Sport natijasini har yili yaxshilanishi har doim ham rejalashtirilmaydi. Ko‘pincha sportchi tayyorligidagi bo‘sh tomonlar bilats ko‘proq shug‘ullanib, musobaqada qatnashishga mo‘ljallangan trenirovkaga ozroq vaqt berishga to‘g‘ri keladi.
Asosiy maqsadga qarab, har yilgi trenirovka uchun asosiy vazifa va vositalar belgilanadi. Bu yerda vazifa va vositalarni, trenirovkaning yillik rejaidagi kabi, konkretlashtirib o‘tirishning hojati yo‘q. Bu vazifalar va vositalar trenirovkaning asosiy yo‘nalishini aniqlab, ularning yilma-yil o‘zgara borishini ko‘rsatib borsa bas. Buning uchun rejada asosiy vazifalar va vositalar yilma-yil taqsimlanadi va ular-ga qanday e’tibor berilishi ko‘rsatiladi.
Har yilgi trenirovkaning asosiy maqsadi va vazifalariga qarab, bu yillar rejai turli xil tuzilishi mumkin. Katta yoshdagi ko‘pchilik yengil atletikachilar uchun yillik tsikllar tuzilish (mashg‘ulotning shakli, trenirovka va musobaqa tsikllari, trenirovka bosqichlari va davrlari) jihatidan taxminan bir xil rejalashtiriladi. Bu tsikllarda asosiy vazifalar va vositalar yildan-yilga unchalik o‘zgarmay o‘taveradi. Lekin bunday yillik tsikllar bir xil bo‘lmaydi. Yil sayin tre-irovka mashqlarining hajmi va jadalligi ortib boradi (9-rasm), sportchining psixik va jismoniy imkoniyatlariga talab ko‘paya boradi, yengil atletikachiniyag tayyorlik darajasi
o‘sa boradi. Yosh va yangi boshlayotgan yengil atletikachilar uchun, ayrim hollarda esa tayyorligi yaxshi sportchilar uchun ham, tuzilishi va mazmumi har xil bo‘lgan yillik tsikllarini takrorlash mumkin.
Ko‘p yillik trenirovkaning har qanday perspektiv rejaida hamma asosiy vazifalar (ma’naviy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, texnika va taktikani egallash va ularni takomillashtirish, umumiy va maxsus jismoniy fazilatlarni rivojlantirish,.nazariy va amaliy bilim va malakalar hosil qilish) saqlanib qolishi kerak.
Trenirovkaning yillik rejasi ko‘p yillik rejaning bir qismi sifatida aniqroq bo‘lishi kerak. Unda trenirovkaning asosiy vazifa va vositalari hamda bu vazifa va vositalar qaysi bosqichda, qaysi davrda va qaysi oyda qay daraja qo‘llanishi ko‘rsatiladi.
Iillik rejada aniqlik ko‘proq bo‘lishi kerakligi sababli, uni tuzayotganda yengil atletikachining shaxsiy xususiyatlarini va uning oldingi rejani qanday bajarganini nazarda tutish juda muhimdir.
Yillik reja namunalari yengil atletikaning ayrim turlaridagi trenirovkalar bayonida ko‘rsatilgan.
Umumiy yillik reja va trenirovka qanday o‘tayotganini hisobga olib, trenirovkaning bir oylik rejai tuziladi. Bu rejaning birinchi grafasiga mazkur oyda trenirovka mashg‘ulotlariga kiritiladigan mashqlar yoziladi Bu mashqlarning yezilish tartibi ularning mashg‘ulot paytida bajarilish tartibi qanday bo‘lsa, xuddi shunday bo‘lishi kerak.
«Oy kunlari va dozalar» grafasida mazkur mashg‘ulotga kiritilgan mashqlar va ularning dozalari mana bunday ko‘rsatiladi: maxrajda mashqning hajmi (qancha davom etishi kerakligi — sekundlarda, minutlarda, soatlarda, necha marta takrorlash kerakligi va hokazolar) va suratda — mashqning jadalligi (yugurishda
— tezlik, og‘irlik ko‘tarish mashqlarida— kilogramm, sakrashda — balandlik va shu kabilar). Mashqlarning dozasi rejada bir haftadan ortiq vaqtga mo‘ljallanmaydi.
Bir oylik rejada qaysi kunlari uyda qo‘shimcha mashqlar kilish, ertalabki
«zaryadka»ning mazmuni, qachon massaj va suv protseduralari qo‘llanishi ham ko‘rsatilishi kerak.
Trenirovka davomida kuch kelish (hajm va jadallik) rejada ko‘rsatilgandan boshqacharoq bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababdan hisoblab borish uchun, har gal mashg‘ulot o‘tkazilgandan keyin rejada ko‘rsatilgan dozalarning ostiga mashqlar dozasi amalda qanday bo‘lganini yozib qo‘yish kerak. Tabiiyki, trenirovka davomida rejaga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Trenirovkani nazorat qilish va hisobga olib borish. Yengil atletikachilar tayyorlashning murakkab va xilma-xil protsessi sportchilar hol-ahvolini va trenirovkasini doimiy pedagogik nazorat qilib turishni, qilinayotgan ishni batafsil hisobga olib borishni talab qiladi. Busiz trenirovkalarni to‘g‘ri, samarali o‘tkazib ham, rejalashtirib ham bo‘lmaydi. Trenirovka qanday o‘tayotgani va nazorat ma’lumotlarini yeigil atletika-chi o‘z kundaligiga, trener esa — maxsus jurnalga yozib boradi. Trenirovka rejai amalda qaiday bajarilgani bir oylik rejada ko‘rsatiladi.
Trener sportchi trenirovkada nimaiki qidgan bo‘lsa, ham-masini, uning musobaqalarda va mashg‘ulotlarda (shu jumladan oddiy mashqlarda) ko‘rsatgan barcha natijalarini muntazam yozib boradi, sportchining kayfiyatini va musobaqada muvaffaqiyat qozonishga, mashg‘ulotlar samarasiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tashqi muhit omillarini va hokazolarni muntazam hisobga olib boradi. Bajarilgan mashqlarning haqiqiy hajmini va jadalligini aniq yozib borish ayniqsa muhimdir. Yil bo‘yi davom etadigan trenirovkani batafsil hisobga olib borish bu yilgi ish mazmunini va natijalarini o‘tgan yillardagi bilan taqqoslashga, qilingan ishni, erishilgan muvaffaqiyatlarni baholashga va keyingi trenirovkani to‘g‘riroq rejalashtirishga imkon beradi.
Yengil atletikachi trenirovkaning birinchi kunidanoq shaxsiy sport kundaligi tutib, unga har kuni yozib borishi kerak.
Unga quyidagilar yoziladi: trenirovka mashg‘uloti boshlangan va tugagan vaqt, trenirovka joyi va sharoiti (ob-havo, yerning holati va boshqalar), trenirovkaning mazmuni va dozirovkasi, natijalar, texnikani egallash va
takomillashtirish ustidagi ishlar. Bundan tashqari, eng muvaffaqiyatli chiqqan harakatlar, ularning xarakteri va shu bilan bog‘liq hissiyotlar ham hisobga olinadi. Kundalikda keyingi mashg‘ulotlarda e’tibor berish kerak bo‘lgan kamchiliklar va xatolar aniq ko‘rsatiladi. Ayrim fazilatlarning rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan kontrol mashqlarni bajarish natijalarini yuntazam yozib borish ayniqsa muhimdir. Bularning hammasi trenirovkaning muayyan davridan keyin to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. Kundalikka rejim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qancha va qanday uxlangani, uyqudan turgan vaqt, «zaryadka», suv protseduralari, kayfiyat, nima ovqat yeyilgani, dam olish) ham yozib boriladi. Trenirovka jarayonida o‘z og‘irligini muntazam kuzatib borib, uni kundalikka yozib borish muhimdir. Og‘irlikni har mashg‘ulotdan oldin va keyin o‘lchash to‘g‘riroq bo‘ladi. Og‘irlik o‘zgarishi, mashg‘ulotdan keyin qancha kamayib, keyingi mashg‘ulotgacha qanday tiklangani Dozirovka qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini, sportchi kayfiyatini aks ettiradi, dam olish intervalini aniq-, lashga imkon beradi. Har kuni (erta bilan) barmoqlar dina-mometriyasini o‘lchash (maksimal siqish) yo‘li bilan markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgarishini nazorat qilib turish juda muhimdir.
Pedagogik nazoratda mashq ko‘rganlik darajasining va bundagi o‘zgarishlarning asosiy ko‘rsatkichi — sport natijalari hisoblanadi. Bunda tashqi sharoitni (ob-havoni, yer qandayligini, musobaqa qanchalik mas’uliyatli ekanini va hokazolarni) albatta nazarda tutish lozim. Lekin musobaqa va chamalashlar natijasiga qarab faqat mashq ko‘rganlikning umumiy darajasi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin, yengil atletikachining tayyorgarligidagi bo‘sh tomonlarni bilib bo‘lmaydi. Buning uchun kontrol mashqlardan foydalaniladi. Masalan, 30, 60 va
100 m ga yugurtirib chamalash vositasi bilan masofa uzaygan sari 100 m ga yugurish tezligi kamaygankamaymaganligi aniqlanadi. Shunga qarab yengil atlyotikachining maxsus chidamliligi haqida fikr yuritsa bo‘ladi.
Endi boshlayotgan o‘rta masofalarga yuguruvchilar uchun, masalan, trenirovkalar natijasida, yugurishning maksimal tezligi qanday o‘zgarayotgarini bilish muhimdir, Agar yuguruvchining kelaturib 30 — 40 m ga yugurishdagi
tezligi o‘sa bormasa, aksincha pasaya borsa, demak, tanlangan masofaga yugurishning maksimal tezligi chidamlilik bilan parallel ortmayotgan, trenirovka metodikasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
Mashq ko‘rganlikning ayrim tomonlari to‘g‘risida kuchga, «aaqqonlikka, chidamlilikka mo‘ljallangan maxsus mashqlar qanchalik bajarilishiga qarab, masalan, bir oyoqda necha marta o‘tirib tura olishga, ko‘tarilgan shtanganing og‘irligiga, sakrash balandligiga va hokazolarga qarab, fikr yuritsa bo‘ladi. yosh yengil atletikachilarning har tomonlama jismoniy rivojlanganlik darajasi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsuss testlari normalarini topshirilishi bilan, shuningdek, krosslarda yugurishning qancha davom ztishi va tezligi, shtanga ko‘tarish mashqlaridagi ko‘rsatkichlar, yengil atletikaning boshqa turlaridagi natijalar bilan belgilanadi. Kontrol mashqlarq yengil atletika turlari bayon etilgan alohida boblarda berilgan.
Umumiy va maxsus kontrol mashqlar kompleksini bir yilda kamida 4 marta, har qaysi davr boshlanishida, bajarish kerak. Qontrol mashqlar oldidan odatdagi razminka o‘tkaziladi.
Sportchi texnikasidagi kamchiliklar to‘g‘risida uning harakatlariga qarab fikr yuritiladi. Texnikani analiz qilish uchun kinosurat va kinogrammadan foydalanilgani yaxshi.
Har bir yengil atletikachi vrach nazoratida bo‘lishi shart. Har bir yengil atletikachi bir yilda kamida 3—4 marta vrach tekshirishidan o‘tishi kerak. Bundan tashqari, kundalik (mashg‘ulot joyida ham) vrach nazorati bo‘lib turishi kerak. Vrach nazoratida olingan ma’lumotlar (funktsional tekshirishlar, rentgenoskopiya, kordiografiya, qon tarkibining analizi, siydikning analizi va boshqalar) sog‘liq, ish qobiliyati va ayrim organlar va sistemalarning funktsional o‘zgarishlari qanday holatda ekani haqida fikr yuritishga va trenirovka rejimiga taalluqli tavsiyalar berishga imkon beradi. Trenerlar bilan sport vrachlari o‘zaro chambarchas aloqa tutib ishlashlara kerak.
Yengil atletikachilarga o‘z-o‘zini nazorat qilib borish ham kerak. Ular o‘z og‘irliklarini, boldirlarining, sonlarining, ko‘kraklarining, yelkalarining, aylana
uzunligi qanday o‘zgarayotganini, pulslari tezligini, qanday uxlayotganlarini, ishtahalarini va umuman kayfiyatlarini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Bunday ma’lumotlarni yengil atletikachi o‘z kundaligiga yozib boradi.
Nihoyat, sportchining hol-ahvoli o‘qituvchi kuzatishi natijasida olingan ma’lo‘motlardan ham bilinady. Trener shogirdining hatti-harakatini, kayfiyatini, o‘zini qanday his etishini, harakatlari qanchalik kamol topganini, kuchini, tezkorligini va mashqlarni qanchalik yengil bajarayotganini kuzatib, ularni vrach nazorati, o‘z-o‘zini nazorat ma’lumotlari bilan, musobaqalar va ayrim mashqlarni bajarish natijalari bilan taqqoslab ko‘radi. Bularning barchasi unga trenirovka qiluvchining hol-ahvolini chuqurroq analiz qilish, uning trenirovkasi qanday bo‘layotganini nazorat qilish, trenirovkaga kerakli o‘zgarishlar kiritish, trenirovka protsessiga to‘g‘ri va samarali rahbarlik qilish va sport natijalariga erishmoq uchun imkon beradi.

XULOSA


Men ushbu kurs ishim orqali yengil atletikachilar uchun trenirovka protsessining asosiy tashkiliy shakli — gruppa bo‘lib yoki individual 2 soat yoki undan kuproq davom etadigan trenirovka mashg‘uloti (darsi) o‘tkazilishini o‘rgandim. Yengil atletika mashg‘ulotlari ozroq davom etadigan mashg‘ulotlar ham bo‘lishi mumkin. Asosiy mashg‘ulotlarni har kuni ko‘p kuch kelmaydigan ertadabki; trenirovka bilan to‘ldirib turish mumkin. Asosiy trenirovk» mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi uy vazifalarini esa kunning boshqa vaqtida bajarish mumkin. Yengil atletikachilar yengil atletik trenirovka darsidan tashqari, kross, chang‘ida yurish, basketbol va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar o‘tkazadilar. Nihoyat, sport musobaqalari ham mashg‘ulot shakllaridan biri hisoblanadi.
Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak: mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin asosiy ish o‘tkaziladi. (Bu qismda kuch berish mashq turiga, kuch berish xarakteriga va hokazolarga qarab har xil, lekin mashg‘ulot boshidagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.)
Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishni bu tarzda o‘zgartira borish, mashg‘ulot qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, har qanday trenirovka mashg‘uloti uchun shartdir.
Trenirovka mashg‘ulotlari qabul qilingan umumiy struktura bo‘yicha tuzilib, to‘rt (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlovchi) qismdan yoki uch (razminka, asosiy va yakunlovchi) qismdan iborat. Mashg‘ulotning maqsadi va mazmuniga, trenirovka davriga va asosan yengil atletikachilarning tayyorlik darajalariga qarab birinchi yoki ikkinchi variant qo‘llanadi. Trenirovkaning tayyorlov davrida o‘tkaziladigan gruppa mashg‘ulotlar odatda to‘rt qismdan iborat bo‘ladi. Uch qismdan iborat variant ko‘pincha yuqori razryadli yengil atletikachilar uchun, ayniqsa trenirovkaning musobaqalashuv davrida qo‘llanadi. Trenirovka mashg‘ulotlarining mazmuni ko‘p jihatdan yengil atletikachilarning tayyorlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi.
Yengil atletika mashqlari shug‘ullanuvchilarga kuch kelish miqdori, harakatning shakli va xarakteri jihatidan juda ham har xil bo‘ladi. Shuiing uchun
yengil atletikaning har qaysi turida sportchi trenmrovkasining xususiyati ham, metodikasi ham shu turning o‘zigagina xos bo‘ladi. Shu bilan birga ayrim metodikalarning trenirovkaga asos bo‘ladigan ko‘pgina qoida va qonuniyatlarida o‘xshashliklar ham juda ko‘p. Xuddi ana shunday umumiy qonuniyatlar yengil atletikada trenirovka asoslarini tashkil qiladi.
Sport trenirovkasi deganda bir necha yillar davomida yil bo‘yi to‘xtab qolmaydigan sistematik jarayon tushuniladi; bu jarayon sportchining funktsional imkoniyatlarini parvarishlab mashq qildirish va oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday jarayon gigiena jihatdan to‘g‘ri rejim, tibbiy vapedagogik rahbarlik va nazorat mavjud sharoitdagina hosil bo‘ladi.
Sport trenirovkasidan maqsad—tanlab olgan sport turida eng yuqori natijalarga erishishdir. Bu — trenirovkaning ju-da muhim xususiyatidir, shunday maqsad bo‘lganda texnikani chuqur o‘rganishga, qunt bilan trenirovka qilishga, sport mahoratini oshirishga intilish kuchayadi. Shu bilan bir vaqtda mehnatga va Vatan himoyasiga tayyor sog‘lom, jasur, kuchli, bardoshli va chiniqqan kishilar yetishib chiqadi.
Bularga erishmoqning birdan-bir yo‘li jqsmoniy mashqlar bilan dam olishning bir-biriga nisbati to‘g‘ri bo‘lib, texnika va taktikani egallash, kuchni, chidamlilikni, tezkorlikni, tirishqoqlikni, g‘alabaga intiladigan irodani va boshqa fazilatlarni oshirish yo‘li bilan bir necha yillar davomida yil bo‘yi uzluksiz trenirovka qilish jarayonidir.
Sport trenirovkasini faqat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan va gigienik rejimga rioya qilishdangina iborat deb bo‘lmaydi. Fizkultura jamoasida yoki sektsiyada sport bilan shug‘ullanish jarayonida, shuningdek, yana boshqa tadbirlar vositasida o‘zbek sportchilarini axloqiy ruhda tarbiyalash, iroda va xarakterni chiniqtirish, mehnatsevarlikka va trenirovkaga ongli munosabatda bo‘lishga odatlantirish yuzasidan juda ko‘p xil ishlar qilinadi. Umuman, madaniyat va trenirovka, texnika, taktika masalalari sohasida shug‘ullanuvchilarning bilim doirasini kengaytira borish ham nihoyatda muhimdir.

Download 50,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish