Yo ‘l chiziqlari. Qatnov qismida ishlatiladigan chiziqlar yotiq va tik chiziqlarga bo‘linadi.
Harakatning tartibini belgilovchi yo‘l chiziqlariga yo‘lning qatnov qismiga, to‘siqlarga va boshqa yo‘l inshoatlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi (3-rasm).
3-rasm.
Qo‘shimcha texnik vositalar. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda tartibga soluvchi qo‘shimcha texnik vositalarning ahamiyati rivojlangan shaharlarda o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon qilmoqda. Mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tartibga soluvchi texnik vositalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, IlVning tegishli buyruqlari chiqarilgan. Hozirgi kunda poytaxtimizning 120 taga yaqin serqatnov chorrahalarida videokuzatuvlar joriy qilinib, markazlashgan elektron tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish rejalashtirilgan (4-rasm).
4-rasm.
mavzu. Tartibga soluvchi va uning ishoralari
Do'stlaringiz bilan baham: |