Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish-olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmaslik xususiyati o‘z aksini topadi:
gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘z: undov, modal, so‘z-gap;
gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘z: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh;
sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘z: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gap boshqa so‘z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘z esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.
O‘zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-sintaktik belgilar majmuidan iborat serqirra mohiyati jadvalda quyidagicha berilgan (4-jadval):
4-jadval
№
|
Lek-sema
turla-ri
|
Ma’noviy belgilari
|
Morfologik belgilari
|
Sintaktik
belgilari
|
Ajralishning
asosiy belgisi
|
1
|
Fe’l
|
Harakat-holatni atash mustaqil leksemalari
|
Nisbatlanuvchi, o‘zgalanuvchi, tarzlanuvchi
|
Cheklan-magan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Morfologik va
ma’noviy
|
2
|
Ot
|
Predmet va predmetlikni
atash mustaqil leksemalari
|
Sonlanuvchi
|
Cheklanma-gan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Morfologik va
ma’noviy
|
3
|
Sifat
|
Belgini atash mustaqil leksemalari
|
Darajalanuvchi
|
Cheklanma-gan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Morfologik va
ma’noviy
|
4
|
Son
|
Miqdorni atash mustaqil leksemalari
|
Tartiblanuvchi
|
Cheklanma-gan gap bo‘-lagi bo‘lib kela olish
|
Morfologik va
ma’noviy
|
5
|
Ravish
|
O‘rin-payt, tarz-tusni atash
mustaqil leksemalari
|
O‘zgarmaslik
|
Cheklanma-gan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Morfologik va
sintaktik
|
6
|
Taqlid
|
Tovush yoki ko‘rinishga
taqlid mustaqil leksemalari
|
O‘zgaruvchi
|
Cheklanma-gan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Ma’noviy
|
7
|
Olmosh
|
Ishora qiluvchi
mustaqil leksemalar
|
O‘zgaruvchi
|
Cheklanma-gan gap bo‘lagi bo‘lib kela olish
|
Ma’noviy
|
8
|
Кo‘-makchi
|
|
O‘zgarmaslik
|
So‘zni so‘zga bog‘lovchi, gap bo‘lagi vazifasida kela
jadvalning davomi
olmaydigan so‘zlar
|
Ma’noviy va cintaktik
|
9
|
Bog‘-lovchi
|
|
O‘zgarmaslik
|
So‘zni va gapni bog‘lovchi, gap bo‘lagi vazifasida kela olmaydigan so‘z
|
Sintaktik
|
10
|
Yuk-lama
|
|
O‘zgarmaslik
|
Gap bo‘lagi vazifasida
kela olmay-digan so‘z
|
Ma’noviy
|
11
|
So‘z-gaplar
|
Modal
|
Munosabatni atash
leksemalari
|
O‘zgarmaslik
|
Ajraluvchilik (gap bo‘laklari
bilan munosa-batga kirisha
olmaslik)
|
Ma’noviy va
sintaktik
|
Un-dov
|
His-hayajonni tasvirlash leksemalari
|
O‘zgarmaslik
|
Ajraluvchilik (gap bo‘laklari
bilan munosa-
batga kirisha
olmaslik)
|
Ma’noviy va
sintaktik
|
Tas-diq va inkor
so‘zlar
|
Tasdiq-inkor ma’noli
leksemalar
|
O‘zgarmaslik
|
Ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosa-batga kirisha olmaslik)
|
Ma’noviy va
sintaktik
|
Taklif so‘zlar
|
Taklif ma’noli leksemalar
|
O‘zgarmaslik
|
Ajraluvchilik
(gap bo‘laklari bilan munosa-batga kirisha olmaslik)
|
Ma’noviy va
sintaktik
|
O‘zbek tilida so‘z turkumlari mazkur belgilari asosida quyidagi ko‘rinishda tartiblanadi:
I. Mustaqil so‘zlar
1. Fe’l.
2. Ot.
3. Sifat.
4. Son.
5. Ravish.
6. Taqlid.
7. Olmosh.
II. Yordamchi so‘zlar
8. Кo‘makchi.
9. Bog‘lovchi.
10.Yuklama.
III. Oraliq so‘zlar
So‘z-gaplar.
1.2 SEMANTIK TASNIF VA UNING TURLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Tasnif (arabcha «saralash», «tartibga solish») narsa va predmetni aniq va doimiy o‘ringa ega bo‘lgan guruh (sinf)ga bo‘lish. Agar tasnif ilmiy asosga ega bo‘lsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, kimyoviy unsurlak tasnifi bugungi kunda ular soni 200 dan oshib ketayotgan bo‘lsa-da, o‘zgarmasdan amal qilmoqda.
Tasniflash bo‘lishdan barqaror tabiatliligi bilan ajralib turadi. To‘g‘ri, tasniflashda ham oddiy bo‘lishda amal qiladigan barcha tamoyillar asos bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni tasnifda ham bo‘lishdagi kabi:
1) tasniflangan bo‘laklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng bo‘lishi;
2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi;
3) tasnif (tasniflangan) guruhlari bir-birini inkor qilishi;
4) tasnif uzluksiz bo‘lishi, ya’ni unda «sakrash» bo‘lmasligi lozim.
Bu qoidalarni qisqacha sharhlaymiz.
1. Tasniflangan guruh hajman tasniflanuvchi butunlikka mos kelishi. Masalan, fonema unli va undoshga, leksemalar mustaqil va nomustaqil leksemaga, qo‘shimcha so‘z yasovchi va grammatik qo‘shimchaga ajraladi. Agar tasniflangan guruh soni ancha ko‘p bo‘lsa, «va boshqalar», «va hokazo» tarzida sanashni tugatish ham mumkin. Masalan, «fe’lning mavzuiy guruhlari «harakat fe’li», «nutq fe’li», «tafakkur fe’li», «yurish fe’li» va hokazo» kabi.
Bu qoidaning buzilishi quyidagi xatolarga olib keladi:
a) noto‘liq tasnifda turning barcha jinslari to‘liq sanalmaydi. Masalan, «So‘z yasovchi ot yasovchilar va fe’l yasovchilarga bo‘linadi» kabi. Chunki so‘z yasovchilar aytilganlardangina iborat emas;
b) ortiqcha a’zoli tasniflar tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi butunlikdan katta bo‘ladi. Masalan, «unlilar lablangan, lablanmagan va bo‘g‘iz turlariga ega».
Do'stlaringiz bilan baham: |