Mundarija: kirish bob. So`Zlarni turkumlarga ajratish mezonlari


Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim



Download 248,5 Kb.
bet8/29
Sana31.12.2021
Hajmi248,5 Kb.
#254754
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
so'z turkumlarining semantik tasnifi

3. Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Masalan, undoshlar til oldi, til o‘rta, til orqa, bo‘g‘iz, jarangli, jarangsiz turlardan iborat deyilgan tasnifda a’zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya’ni jarangli undosh til oldi undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‘rta undoshlari bir-birini inkor etish xossasiga ega.

4. Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim. Agar «kesim sodda kesim, murakkab fe’l kesim, murakkab ot kesimga bo‘linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‘ngra fe’l va ot kesimga bo‘lish to‘g‘ri va izchil tasnifni beradi.

Tasnifning bo‘lishdan farqi shundaki, bo‘lishda a’zolar guruhlanishi shart emas. Masalan, «lablanmagan unlilar [i], [e], [a] dir» deyish tasnif emas, balki bo‘lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‘lish uchun i yoki a guruh (sinf) bo‘lib, o‘z navbatida, yana bo‘linib ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan unliga bo‘lish tasnif bo‘lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‘lish oddiy bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas.

Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin.

Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: «fonemalar unli va undoshga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq bo‘ladi: «Grammatik qo‘shimcha lug‘aviy shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi va lug‘aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‘linadi» yoki «fe’llar nutq fe’llari, ruhiy-holat fe’llari va h.k.» kabi.

Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval):
2-jadval


Fonema

Unli

Undosh

Yuqori tor

O‘rta keng

Quyi keng

Lab

Til

Bo‘g‘iz

kabi.

Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshiga ajratish mumkin.

Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‘ra yoki muhim bo‘lmagan zohiriy xossasiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi.

Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‘lmagan xossasini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, «so‘zlarning bo‘g‘in sonlariga ko‘ra tasnifi (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar)», «unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra tasnifi» va h.

Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir.
So'zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo'lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi:

1.Bo'g'in soniga ko'ra: bir bo'g'inli, ko'p bo'g'inli.

2.Fonemalar miqdoriga ko'ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch

fonemali...

3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko'ra.

4.Tub-yasamaligiga ko'ra:tub va yasama.

5.Yasalish tipiga ko'ra: diaxronik va sinxronik.

6.Tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft, takroriy.

7.Shakl va ma'no munosabatiga ko'ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama-

qarshi ma'noli so'zlar va paronimlar.

8.Qo'llanishiga ko'ra: aktiv va passiv.

9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko'ra; antroponim,

toponim, zoonim...

10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko'ra: kitobiy, rasmiy, so'zlashuv. 11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko'ra: o’z va o'zlashgan qatlam,

chegaralangan va chegaralanmagan qatlam.

12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko'ra: emotsional - ekspressiv

bo'yoqdor va bo'yoqsiz so'zlar.

13.So'zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko'ra: narsa, buyum,

shaxs, mavjudotlarni atovchi so'zlar; belgi, xususiyat, munosabat

ifodalovchi so'zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so'zlar; o'rin-payt,

tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so'zlar va h.k.

Demak, so'zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o'z o'rnida ahamiyatlidir. So'z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o'rganilib, uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan[ 10 ].




Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish