E-tijorat infrostrukturasi
Elektron tijorat paydo bo‘lishining boshlang‘ich davri XX asr oxirlarida tijorat shakllarining sezilarli transformatsiyasi bo‘ldi. O‘tgan asrning oxirlarida iste’molchilarni arzon mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlay olgan yapon ishlab chiqaruvchilarining yutug‘i bilan tugagan ommaviy ishlab chiqarish davri sifat davriga almashdi. Bu davrda asosiy masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko‘tarish bo‘lgan. Buning uchun tashkilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda tadbiq etilgan. Ularga boshqalaridan tashqari korporativ axborot tizimlari sinfi eRP (Enterprise Resource Planning) - tashkilot resurslari rejalashtirish ham qarashli. Lekin bu davr ham o‘tdi, chunki iste’molchi mahsulotga nisbatan o‘zining fikrini shakllantirdi. Endi mahsulot nafaqat arzon va sifatli bo‘lishi, balki xaridorning o‘ziga xos talablariga mos kelishi kerak. Buni amalga oshirishda birinchi o‘rinda yagona axborot fazosini tashkillashtirishning vositasi sifatida Internet namoyon bo‘ladi. Internet tarmog‘i ishlab chiqaruvchilarga ko‘p sonli iste’molchilar va ularning har xil talablari tomon yo‘l ochdi hamda mijozlarga o‘z buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga kiritishga imkon yaratdi. Bu holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) - xaridor bilan o‘zaro ta’sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga asoslangan boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi.
Shunday qilib, elektron tijorat biznesning yangi shakli sifatida o‘z tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va tashqi texnik infrastrukturasi bilan standartlashtirgan tizimlashtirilgan korxona va tashkilotlar asosida shakllana boshladi. Tijorat shakllarining transformatsiyasi tarixan birin ketin rivojlangan, lekin hozirgi kunda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan bozorning uch asosiy modeli paydo bo‘lishiga olib keldi. Birinchi model ishlab chiqaruvchi bozori deyilib, unda hukmron o‘rinni ishlab chiqaruvchi egallaydi (1-rasmda). Aynan u, qaysi tovar, qanday hajmda, qanday narxda ishlab chiqarish, kimga va qaerda uni taklif qilish, iste’molchilarga tovaming mavjudligi va xarakteristikalari haqida qanday xabar berishni belgilaydi.
1-rasm.
XX asrning 90 yillar boshlarigacha ustunlikka ega bo‘lgan etakchi kompaniyalar biznes modellari kuchli material bazaga asoslangan. Bu baza aktivlari ishlab chiqarish, taqsimlash, tovarlar sotish va xizmat ko‘satish uchun biznes xususiyatlariga bog‘liq holda ishlatilgan. Bunday korxonalarning asosiy indikatorlari ishlab chiqarish, zaxira aylanmasi, sarmoya samarasi bo‘lgan. Bunday korxonalar qo‘llab-quvvatlanishi axborot texnologiyalari tomonidan eRP(Enterprise Resource Planning) korxonalari resurslarni rejalashtirish tizimlarini yaratish va tadbiq etish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Elektron tijorat rivojlanishining istoqbol yo‘nalishlari. Bugungi kunda chet ellik va mamlakatimiz ekspertlari axborot texnologiyasi konvergensiyasiga hozirgi davrda eng dolzarb hisoblangan turli mahsulot sotish kanallari, distribyusiya tizimlari va turli tovarlar hamda xizmatlar kategoriyasi sinonimi deb qarashmoqda. Shu tufayli yaqin kelajakda elektron tijoratdan keng ko`lamda mahsulot sotish bilan birga axborot texnologiyalari bo`yicha ham mijozlar ehtiyojini to`la qondirilishini tashkillashtirish ko`zda tutilmoqda. Internet telefoniya. Mavjud elektron tijorat yuritishning muvaffaqiyatli echimlaridan biriga misol qilib, bir qaraganda, butunlay boshqa -boshqa texnologiyalar - kompyuter va telefon aloqalarimizni keltirishimiz mumkin - bu kompyuterlashgan telefoniya - STI(Computer Telephony Integration)dir. Bunda faqatgina Elektron tijorat tizimi emas, balki har ikki texnologiya bazalari ham foyda ko`radilar. Elektron tijorat butun tijorat jarayonining (ko`tarilishi avtomatlashtirishni yuksaltirish imkoniyatiga ega bo`ladi, chunki kompyuterli telefoniya unga barcha asosiy qulayliklardan: standartlar, egiluvchanlik, telefon tarmoqlari va mijozlar bilan bevosita ishlash uchun qulay va ko`nikilgan interfeyslardan foydalanish imkoniyatini yaratadi). Kompyuter telefoniyani faksimil va tovush orqali berilgan ma‘lumotlarni to`plash va qayta ishlash vositasi deb ham qarash mumkin. Uning asosiy qismini narxi arzon bo`lgani tufayli ham ko`proq shaxsiy kompyuterlar kichik va o`rta biznes yaratuvchi korxonalar tashkil etadi va elektron tijoratning kichik moliyaviy daromadlar tarmog`ida uchraydi. AQSh da kompyuter telefoniya eng ko`p tarqalgan telekommunikatsiya texnologiyalaridan biri hisoblanadi. Kompyuter texnologiyasining doimiy rivojlanib borishi uiing elektron tijoratda har bir sohada ishlatilishiga olib kelmoqda va uning kelajagi porloqligi namoyon bo`lmoqda. Har qanday korxona, o`z mijozlariga keng ko`lamda mahsulotlar assortimenti taklif qilar ekan, tabiiyki, u turli xil savollar va ba‘zi ma‘lumotlarga duch keladi. Kompyuter telefoniyadan foydalanadigan elektron tijorat tarmoqlarda bir necha filiallarga ega bo`lgan korxonalar bu tarmoq orqali o`z vazifalarini jamlab, ularni bir sxemaga joylashtirib, shu mahsulotlar haqidagi ma‘lumotlarni bir baza orqali boshqara olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Kompyuter telefoniya avia va temir yo`l biletlarini band qilish va sotishda ham juda qo`l keladi va keng ko`lamda foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimiga ega bo`lgan korxonalar elektron tijorati kompyuter telefoniya tarmog`i ularga quyidagi qulayliklar yaratadi: — mijozlarga avvaldan tayyorlab qo`yilgan ovozli ma‘lumotni yetkazish yoki ma‘lumotlar bazasidan tezkorlik bilan ma‘lumotlar tayyorlab berish; — operator orqali yoki avtomatik rejim bo`yicha telefon orqali to`liq yoki chegaralangan holda mijoz hisob raqamini boshqarish; — mijozlarga ma‘lumot, reklama axboroti va hisob raqamlari bo’yicha ma‘lumotlar berishni avtomatlashtirish; — pul o`tkazish operatsiyalari tannarxini pasaytirish; — ma‘lumot va reklama axborotlari parametrlarini tezkorlik bilan o`zgartirish. Kompyuter telefoniyani Internetga kiritilishi korxona xizmatchilarini turli xil savollardan iborat sinovlardan osonlik bilan o`tkazish imkonini beradi. Bu esa vaqtinchalik ishga yollanuvchi ishchilarga instruktaj berish uchun vaqt ketkazmaslik imkonini beradi. So`rovlar statistikasi esa avvaldan tayyorlangan mezonlar bo`yicha avtomatik tarzda yig`ib olinadi. Kompyuter telefoniya texnologiyasi Shimoliy Amerika va G`arbiy Evropada shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Datamonitor bergan ma‘lumotga qaraganda, AQSH da bu sohada mijozlar chaqiriqlari bo`yicha ishlash bugungi kunda 34%, G`arbiy Evropada esa undan ham ko`proq yiliga 44% ga oshib bormoqda. Uyali aloqa. Elektron tijorat tarmoqlariga uyali aloqaning kirib kelishi (yoki harakatli aloqa) unda ishbilarmonlik yoki tijoratning ikki tomonlama harakatli va samarali yuritilishini ta‘minlaydi. Bu aloqaning elektron tijoratda texnik jihatdan amalga oshirilishi Internet aloqalarida protokollar va harakatli aloqani birlashtirish orqali amalga oshiriladi. Hatto hozirgi kunda uyali telefonlar, shunchaki, 2 kishi o`rtasida simsiz aloqa vazifasinigina o`tamaydi. Apparat eslash qobiliyati, turli operatsiyalarni bajaruvchi mo`jazgina ekrani bilan kompyuterlarning eng birinchi kashf qilingan turlariga yaqinlashib qolgan. Bulardan tashqari, uyali aloqaning qisqa ma‘lumotlar, tasvirlar uzatuvchi turlari ham mavjud. Rossiyalik mutaxassislar fikricha, harakatli aloqa orqali beriladigan ma‘lumotlarning ortib borishi SMS, WAR, GRPS texnologiyalarining keng tarqalishiga olib keladi. Bugungi kunda ma‘lumotlarni uyali aloqa orqali uzatishda eng qulay texnologiya WAR dir. Elektron tijoratning uyali ma‘lumotlar uzatishining eng qulay loyihalaridan biri bo`lib OAO «Mobil teletizim»("Mobilnaya telesistema") va WAR - bank tuzish uchun "Guta -bank" hisoblanadi. Elektron tijoratning uyali aloqa sektori shiddat bilan rivojlanib bormoqda. AQSH, YAponiya va G`arbiy Evropada Internetning uyali xizmatidan foydalanuvchilari soni boshqalaridan son jihatidan ancha ustun. Barcha uyali aloqadan foydalanuvchi mijozlar elektron pochtalardan foydalanishni rejalashtirmoqdalar. Elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanmoqda va unga uyali tijoratning kirib kelishi undan foydalanuvchilar sonini va imkoniyatini tobora oshirib bormoqda. Axborot texnologiyasi rivojlanishi jarayoni, 2004 yilga quyidagi taxminni bermoqda: — ma‘lumotlarning 1/4 qismi uyali moslamalar orqali uzatiladi; — elektron tijorat orqali bajariladigan bitimlarning 5-10% aloqa moslamalari ishtirokida bajariladi; — barcha uyali aloqalarning 60 - 90%i WAR protokoli asosida ishlaydi; — butun dunyo bo`yicha 600 - 700 mln. uyali telefonlar ishlatilishi kutilmoqda. SHulardan 240 mln. Evropaga to`g`ri keladi; — elektron tijoratdan foydalanuvchilar - 500 mln.; — potensial ishtirokchilar 200 mlrd. dollar hajmidagi bozorni tashkil etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |