E-auksion da ishlatiladigan atamalar sharhi:
Xabarnoma - yagona elektron savdo maydonchasi orqali ob'ektning savdolarini amalga oshirish haqida Internetdagi rasmiy saytda joylashtiriladigan ma'lumot.
Ob'ekt - turli mulkchilik shakldagi mulklar, shu jumladan qurilish tugallanmagan mulklar, ko'chmas mulklar va ularga bo’lgan huquqlar, jismoniy shaxslarga umrbod egalik qilish huquqi bilan individual uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan yer uchastkalari.
Auksion loti - elektron onlayn auksionda realizatsiya qilish uchun chiqarilgan ob'ekt.
Boshlang'ich narx - elektron onlayn auksionga chiqarilgan ob'ektning boshlang'ich narxi.
Minimal narx - ob'ektni sotish mumkin bo'lgan pasaytirilgan narxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |