Mundarija: Kirish Asosiy qism


Elektron tijorat ahamiyati



Download 260,5 Kb.
bet2/13
Sana24.04.2020
Hajmi260,5 Kb.
#46834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
E-auksion

Elektron tijorat ahamiyati

“Elektron tijorat” termini EDI (Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga olgan bo’lib, internet tarmog’ida tijorat soxasiga oid faollikni, unda asosan oldi sotdi operatsiyasini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. U komputer tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshib bormoqda va uning huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi, jumladan 2004 yil 29 aprelda №613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” to’g’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” to’g’risidagi qarorlar qabul qilindi va Markaziy bank tomonidan «Elektron tijorat to'g'risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Yangi tahrirdagi qonun Prezident Islom Karimovning 2013-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 17- yanvardagi yig'ilishidagi topshiriqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi. Markaziy Bankning xabar berishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi hamda respublikada elektron tijoratni yanada kengroq joriy etilishi quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

 — savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (tranzaktsion harajatlar) ancha kamayadi, elektron tijorat sub'ektlarining bir-biridan geografik uzoqligi bilan bog'liq muammolar hal etiladi;

 — sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o'rnatish uchun sharoit yaratiladi, shu jumladan bozorda yangi ishtirokchilar paydo bo'ladi (bunday sharoitda kichik biznes sub'ektlari xalqaro bozorda ham samarali raqobat qilishlari mumkin bo'ladi);

 — axborot tarmoqlari vositasida elektron savdo qilishda operatsiyalarning shaffofligi oshadi, bu esa sotuvchilar va xaridorlarga qisqa fursatda narxlar, sifat va tovarni etkazib berish bilan bog'liq har xil raqobatchilar taklif etgan ma'lumotlarni olish imkonini beradi.

Internetning eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: vaqtga bog‘lanmaganligi (ma’lumot resurslari har kuni 24 soat mobaynida butun yil davomida foydalanish uchun qulay), foydalanuvchining manziliga bog‘lanmaganligi (geografik olislik ahamiyatga ega emas); integratsiyalashuv (Internet tarmog‘ida alohida komponentlar va servislar o‘zaro bog‘langanligi). O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi. Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.

Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlarning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda video-kompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm sohasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.korzinka.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.yarmarka.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin.

Kichik biznes subyektlari — mikrofirmalar tomonidan zamonaviy va qulay bank xizmatlari, jumladan, bank hisob-varaqlariga masofadan turib, xizmat ko‘rsatish tizimlaridan keng ko‘lamda foydalanish uchun shart-sharoit yaratilib, ushbu tizimdan foydalanish domiy ravishda kengaytirilmoqda. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lov operatsiyalarining elektron shaklda amalga oshirilishi buyurtmachi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarning tezkor va sifatli bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bugun, geografik joylashuvidan qat’i nazar, tadbirkorlar masofadan turib dunyoning turli mintaqalaridan hamkor topish va tijorat ishlarini yuritish, mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish imkoniga ega. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, elektron to‘lovlardan foydalanib davlat ehtiyojlari uchun elektron xaridni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini 20-40 foizga, tadbirkorlik sub’ektlari uchun esa ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini 5-10 foizga kamaytirish imkonini beradi. Bugun yurtimizda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, yaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va texnologik infratuzilma xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, jumladan, tadbirkorlarga internet va mobil aloqa vositalari orqali elektron to‘lovlar, elektron tijorat tizimidan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda.



  1. Download 260,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish