Auksion qatnashchisi - onlayn auksionda qatnashish uchun ariza bergan va onlayn-auksionda qatnashishga ruxsat berilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
G’olib - savdo ob'ektining eng yuqori bahosini taklif etgan auksion ishtirokchisi.
Texnik uzilish - ishtirokchilardan biriga elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga elektron onlayn-auksion o`tkazilishiga xizmat ko`rsatishning texnik imkoniyatini ta`minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar.
E-tijoratda reklama va uning samaradorligini oshirish.
Matnli reklamalar yoki matn murojaatlari - Internet reklamaning eng sodda ko‘rinishi bo‘lib, pochta jo‘natmalari va veb sahifalar qidiruv tizimlarida qo‘llanilishi mumkin, ularning afzalliklari quyidagicha:
Kichik hajm - matnlar har doim grafikaga nisbatan xotiradan kam joy egallaydi;
Brauzerlarda matnlarni “ko‘rinmaydigan” qilib qo‘yishning imkoni yo‘q, reklamaning foydalanuvchiga namoyish etish darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi;
Qidiruv tizimlari tomonidan matn bloklari veb sahifa tarkibi sifatida qaraladi va sahifa qidiruv natijalari ro‘yxatidan joy oladi;
Nisbatan arzon narx.
Uning kamchiliklari sifatida vizual xususiyatlarga ega emasligini aytib o‘tish joiz. SHu bilan birga matn bloklari veb-sahifaning belgilangan standart qismlarida guruhlangan holda joylashtiriladi, bu ma’lum bir reklamani yaqqol, alohida ajratib ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi. Belgilangan so‘zlar sonining qat’iy belgilanganligi kopirayter xizmatlaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Veb-sahifalar - kompaniyaning virtual ko‘rinishi bo‘lib, kompaniya faoliyati, tuzilishi, rivojlanish bosqichlari, yutuqlariga oid barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi. SHuningdek faoliyat sohasiga oid yangiliklarni joylashtirish orqali ko‘p sonli foydalanuvchilar e’tiborini jalb etish imkonin beruvchi bu tizim bugungi kunda kompaniya imidjini belgilovchi birinchi raqamli vizual tashuvchi darajasiga ko‘tarildi. Boshqa reklama tashuvchilar bilan solishtirganda veb sahifalar quyidagi imkoniyatlarga ega:
Kompaniya faoliyati va mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berish;
Kompaniyaning geografik joylashuvi, uning shahobchalari, telefon raqamlari kabi ma’lumotlarni berish;
Foydalanuvchilar bilan bevosita muloqotga kirishish;
Oldi-sotdilarni on-layn tizimida amalga oshirish;
Ishonch yorliqlari, sifat sertifikatlari, litsenziyalar bilan on-layn tizimida tanishtirish;
Rejalashtirilayotgan va o‘tkazilayotgan reklama aksiyalari to‘g‘risida birinchi bo‘lib tezkor, ishonchli ma’lumot tarqatish;
Bannerlar almashuv tizimlarida ishtirok etish orqali bepul reklama tarqatish;
Qidiruv tizimlarida ro‘yxatdan o‘tish va tashrif buyurayotgan foydalanuvchilarni registratsiya qilish orqali potensial auditoriyani tanlash.
Promo (mini) saytlar - bir sathli bo‘lib, bir nechta sahifalarni o‘zida birlashtirgan kichik saytlar. Ular ko‘pchilik hollarda kompaniyaning ma’lum aksiya yoki yangi mahsulot yoki xizmatning bozorga olib kirishi munosabati bilan yaratiladi, ammo ba’zan yaqinda tashkil topgan va hali o‘zining professional veb sahifasiga ega bo‘lmagan kompaniya uchun vaqtinchalik veb-sahifa vazifasini bajaradi.
Veb-sahifa dizayni yaratilayotganda uning takrorlanmas, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va integratsiyani tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarni guruhlash va joylashtirishda ularning ko‘zga tashlanuvchanlik darajasini saqlab qolishga intilish lozim. Aks holda foydalanuvchi katta hajmdagi axborot oqimi ichida “yo‘qolib” ketishi mumkin. Shu bilan birga veb sahifa ma’lumotlarini imkon boricha qisqa muddatda yangilab turish talab etiladi, zero nafaqat iste’molchilar, balki raqobatchilar va soha mutaxassislari ham yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun veb sahifalarga murojaat qilishlarini unutmaslik darkor.
Internet-reklama ma’lumotlarini namoyish etish va foydalanuvchilarga ta’sir o‘tkazish texnologiyasi ko‘ra quyidagi tasniflanishni keltirish mumkin:
|
Internet reklama
|
|
Reklama
tashuvchilar
|
Iste’molchi amallari bilan integratsiya
|
Grafikadan foydalanish darajasi
|
Interaktivlik darajasi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |