Ob'ektning baholash narxi - elektron onlayn auksionga chiqarilgan ob'ektning baholash hisobotida ko'rsatilgan narx.
Takroriy auksion - ob'ekt egasi ko’rsatmasi bo’yicha narxini pasaytirish usuli bilan amalga oshiriladigan elektron onlayn auksion.
Sotuvchi - ob'ekt yoki mulkning egasi hisoblanadi, Monopoliyaga qarshi davlat qo'mitasi va uning hududiy boshqarmalari (davlat mulki va yer uchastkalarini realizatsiya qilishda).
Foydalanuvchi - kim oshdi savdosida ishtirok etishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Arizachi - onlayn elektron auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |