Mundarija: Kirish Asosiy qism



Download 260,5 Kb.
bet7/13
Sana24.04.2020
Hajmi260,5 Kb.
#46834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
E-auksion

II. Amaliy qism

E-ijro auksionlarining ishlash prinsiplari va ularning tartibga solinishi.

To‘lov intizomi – har bir davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardandir. Bunga har bir fuqaro va yuridik shaxsning soliqlarni, iste’mol qilingan resurslar haqini va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi kiradi. 
Ushbu masalada yurtimizda ayrim muammolar paydo bo‘lgani, elektr va gaz kabi resurslardan iste’molchilarning milliardlab qarzi vujudga kelgani sir emas. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgani to‘lov intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yil 27-iyuldagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingani sohada yana bir muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qaror ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlashga qaratilgan. Narx-navo manipulatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashning zamonaviy mexanizmi yaratilayotgani shu maqsadga xizmat qiladi. 

Prezident qarori asosida «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi tashkil etilayotir. Mazkur maydonchadagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Majburiy ijro byurosi huzurida «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlandi hamda yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirildi. 
2017-yil 1-sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazila boshlanmoqda.

Soddaroq qilib aytganda, aholi va yuridik shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan turli qarzdorliklar to‘lanmagan taqdirda, uni majburiy tartibda undirish bo‘yicha vakolatli organlar sudga da’vo arizasi kiritadi. Shu asosda sud qarzdorning qarzini uning mol-mulkiga qaratish haqida qaror chiqarsa, ana shu mol-mulk davlat ijrochilari tomonidan elektron onlayn-auksionlarda sotish uchun chiqariladi. 


Elektron onlayn-auksionlar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladi. Bu maydoncha internet tarmog‘ida Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazining yaqinda ishga tushiriladigan e-auksion.uz veb-saytidan joy oladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimi Nasim Burhonov. – Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ilgari majburiy undiruv tartibida qarz mol-mulkka qaratilsa, ana shu mol-mulk turli rieltorlik va boshqa ixtisoslashgan savdo tashkilotlari orqali sotilgan. Ko‘p hollarda mol-mulk savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pchilik xabardor bo‘lmagan, chunki bunday xabarnomalar savdodan bir oy oldin faqat bir marta bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan. Bu esa ayrim insofsiz savdo tashkilotlari tomonidan auksionda ishtirok etuvchi xaridorlarning sonini sun’iy ravishda cheklashga, natijada mol-mulklarning arzon narxlarda manfaatdor shaxslarga sotilishiga zamin yaratgan.


Download 260,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish