"E-IJRO AUKSION" ochiq elyektron auksionda qatnashish bo'yicha qo'llanma.
Ushbu qo'llanma, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo'yicha elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish va o'tkazish qoidalari to'g'risida» gi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan. "E-IJRO AUKSION" ochiq elektron auktsionlarda ishtirok etish uchun Siz quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz zarur:
Endilikda elektron onlayn-auksionlarda har qanday shaxsga internet tarmog‘i orqali ishtirok etishga imkoniyat yaratiladi. Buning uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani berish va mol-mulkning 5 foizi miqdoridagi zakalat pulini kiritish kifoya. Bundan tashqari, bevosita auksionni o‘tkazish va g‘olibni aniqlash jarayoni maxsus dastur orqali amalga oshirilib, unga tashqaridan aralashishning mutlaqo imkoni bo‘lmaydi. Savdoga qo‘yilayotgan tovarga oid ma’lumotlar ochiq bo‘lgani holda, uni xarid qiluvchilar shaxsi ko‘rsatilmasligi savdoning haqiqatan halol o‘tishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, auksionga qo‘yilgan tovarning narxi real talab va taklif bo‘yicha bozor taomillari asosida shakllanadi. Bu mol-mulki majburiy ijroga qaratilgan shaxslarning manfaatiga ham xizmat qiladi. Chunki tovar qancha yuqori narxda sotilsa, qarzdorning qarzi qoplangandan qolgan mablag‘ egasiga qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlarga yo‘naltirib berilishi mumkin.
Dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi. Davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda sotilishini tashkil etish bilan birga, ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qiladi. Shu bilan birga, markaz elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarining sertifikatlarini ham beradi. Buning uchun markazda ERI berish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Bu boradagi taomillar soddalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda fuqarolar elektron murojaat orqali ham ERI olishi mumkin bo‘ladi. Markaz tomonidan mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |