Mundarija. Kirish Asosiy qism


Mustaqil o‘zbekistonda sanoat sohasida islohotlar, o‘zgarishlar, natijalari va istiqboli



Download 1,17 Mb.
bet6/7
Sana18.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#823926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi xozirgi xolati taxlili

2.3. Mustaqil o‘zbekistonda sanoat sohasida islohotlar, o‘zgarishlar, natijalari va istiqboli
Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord
Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan xtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda.
Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir.
Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi.
Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchilarning har qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat –beradi
Xalqaro ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanishiga, balki aholi turmush darajasi va sifati tobora yaxshilanishiga xizmat qilayotir. Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin.
Galdagi xalqaro tadbirlarda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston, Slovakiya, AQSh, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 25 mamlakatning 110 kompaniya va firmalari qatnashmoqda. Xususan, o’n birinchi bor o’tkazilayotgan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmasida doimiy ishtirokchilar qatorida ilk bor tashrif buyurganlar ham talaygina. Masalan, birinchi marta qatnashayotganlar — Qozog’istonnning “Karlskrona LC. AB” va “Alfa-Suyfeti” korxonalari o’zlarining suvga chidamli nasoslari, klapanlari hamda xavfsizlikni ta’minlovchi uskunalarini keltirgan bo’lsa, Germaniyaning “Haver Niagara” kompaniyasi mineral xom ashyoni boyitish dastgohlarini taqdim etmoqda. Umuman, ko’rgazmadagi tog’-kon, maydalash-taqsimlash, burg’ilash, boyitish uskunalari hamda boshqa qurilmalar zamonaviyligi va tejamkorligi bilan alohida e’tiborga molik.
— Joriy yilgi tadbirda biz ham energiya tejamkor uskunalarimizni keltirganmiz, — deydi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi iqtisodchisi Dilmurod Ro’ziyev. — Shulardan biri — Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlangan raqamli dastur asosida boshqariluvchi universal tokarlik uskunasi bo’lib, afzal jihatlari ko’p. Uning avtomatik usulda sozlanishi o’lchamlarni olishda o’ta aniqlikni taminlashga xizmat qiladi.
Korxonamiz yurtimiz tog’-kon, metallurgiya sanoati va boshqa tarmoqlarga asbob-uskunalar hamda ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik ishlab chiqarish sub’yektlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu xalqaro ko’rgazma esa yangi hamkorlar topish, -hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimizda qo’l kelishiga ishonamiz.
Bunday ishchanlik muhitini to’qqizinchi marotaba tashkil qilingan “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016” hamda o’n uchinchi bor uyushtirilgan “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida ham kuzatish mumkin. Zero, ularda namoyish etilayotgan mahsulot hamda taklif qilinayotgan xizmatlar turfa xil.
— Doimo yuqori saviyada tashkil etiladigan mazkur tadbirda bir necha bor qatnashib, yurtingiz ishbilarmonlari bilan yuklarni tashish va yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lganmiz, — deydi Litvaning “Arijus” kompaniyasi marketing hamda rivojlanish bo’yicha direktori Egidios Ramonos. — O’ylaymanki, galdagi ko’rgazmada ham istiqbolli va manfaatli kelishuvlarga erishamiz.
Xalqaro ko’rgazmalar doirasida, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati — O’zgeoinvest — 2106” IX xalqaro konferensiyasi ham bo’lib o’tadi.
Respublika sanoat korxonalarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarining jadallashishi natijasida, 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida o’tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmini 5,6 foizga, mehnat unumdorligini 3,9 foizga o’sishi ta’minladi. Sanoat mahsulotlarini ishlabchiqarish hajmi 99 trln.so’mdan ko’proqni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida ko’proq qayta ishlash sanoati korxonalarining ulushi to’g’ri keladi - 79,0 foiz. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishning oshishiga tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari hammunosib hissa qo’shdi (2016 yil 9 oyga nisbatan o’sish 108,4 foiz, sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 11,7 foiz).
Sanoat ishlab chiqarishning oshishiga mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o’rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim priseplar va boshqa tayyor metal buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari hissasi ham sezilarli, respublikaning umumiy hajmida foizdan ko’proq qismini tashkil etib, 2016 yil 9 oyga nisbatan 139,2 foiz o’sish kuzatildi.
O’tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulotlar ishlab chiqarishning yuqori o’sishi quyidagi faoliyat turlarida kuzatilmoqda: yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish (2016 yil yanvar-sentabrga nisbatan o’sish sur’ati - 134,8 foiz), asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini ishlab chiqarish (117,3 foiz), ko’mir, lignit neft va tabiiy gaz qazib chiqarish (112,3 foiz), boshqa nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish (108,0 foiz).
2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo’yicha sanoatning o’sish sur’atlari
(o’tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda)
Hududlarning sanoat salohiyatini oshirish bo’yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida respublika hududlarida mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga sharoit yaratdi.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida Toshkent shahar (umumiy hajmning 19,2 foizi),
Toshkent (14,9 foizi), Navoiy (9,4 foizi), Andijon (9,2 foizi), Qashqadaryo (7,8 foizi) viloyatlari korxonalarining hissasi yuqori bo’lib kelmoqda.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlarning respublika sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi, foizda
Kichik biznes sub’yektlari tomonidan sanoatning umumiy hajmida salmoqli hissa qo’shilgan bo’lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 41,2 foizni tashkil etdi. Tayyor mahsulot turlarining kengayishi va ishlab chiqarilishini qo’llab quvvatlash, iste’mol tovarlar ishlab chiqarilishining 2016 yil yanvar-sentabrga nisbatan 105,0 foizga o’sishini ta’minladi, ularning jami sanoatdagi ulushi esa o’tgan yilning mos davridagi 39,8 foizga nisbatan 41,5 foizni tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish tarkibi
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tabaqalanishining tahlili, Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o’rtacha respublika darajasi ko’rsatkichidan (3065,4 ming so’m) ancha yuqoriligini ko’rsatmoqda.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo’yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, ming so’mda
Respublika sanoati salohiyatining rivojlanishiga o’z ta’sirini mahalliy korxonalar (davlat ulushi yuqori bo’l-gan korxonalarsiz) ham ko’rsatdi, ular tomonidan 52,8 trln.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib (jami sanoat-dagi ulushi 53,3 foiz), o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 103,9 foizni tashkil etdi.
Respublika bo’yicha ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi eng ko’proq Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlari korxonalari salmog’iga to’g’ri keladi. Eng yuqori o’sish sur’atlari esa Toshkent (110,0 foizga), Andijon (107,6 foizga), Farg’ona (106,6 foizga) viloyatlarida ta’minlandi.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida mahalliy korxonalar va davlat ulushi yuqori bo’lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ulushi (o’tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda)
Ayni paytda respublikada 48 mingdan ko’proq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardan 8,3 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 926 ta korxona, Toshkent viloyatiga 831 ta korxona, Samarqand viloyatiga - 753 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 600 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qash-qadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy viloyatiga 200 tadan ortiq korxona va Sirdaryo viloyatiga 150 dan ortiq korxona to’g’ri keladi.
Jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tabaqalanishining tahlili, Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o’rtacha respublika darajasi ko’rsatkichidan (3065,4 ming so’m) ancha yuqoriligini ko’rsatmoqda.
2018 yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo’yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, ming so’mda

Xulosa
Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik . Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni ma mlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada aha miyati katta ekanligini anglab yetdim.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masala miz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat.
Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan ha mda istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida
O’zbekistonning mustahka m o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Buning uchun korxonalarni za mona viy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcha m uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcha m texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish
zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish