O’zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi xozirgi xolati taxlili
1.1 O’zbekiston kimyo sanoati.
Kimyo sanoati og’ir sanoatning asosiy tarmog’i bo’lib, xalq xo’jaligida ahamiyati kattadir. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir.
O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi.
O’zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Farg’onada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Farg’onada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak-bo’yoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) qurilib ishga tushirilgan. O’zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xo’jalik bo’lgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o’sha yilning o’zidayoq qishloq xo’jaligimiz uchun 1 ming 600 tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qo’qon superfosfat zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1975-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda to’yimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi va o’g’it ishlab chiqarish bo’yicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham o’zib ketdi. Hozirgi paytda O’zbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda o’g’it ishlab chiqarmoqda.
Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo’lgan sement ishlab chiqarishning to’ng’ich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirildi. Bu esa O’zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qo’ytosh ruda kombinati, Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.
O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.
Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.
1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, bo’yoqlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Farg’onada polivinilxlor asosida sun’iy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi".
O’zbekiston sanoat korhonalarining aylanma diagramma ko’rinishi
1.2. ISHLAB CHIQARISH SANОATI
Hozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’um bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir.
Kimyo sanoatida anorganik mahsulotlarning olinishi 1932 yildan boshlab oltingugurt qazib olina boshlangan. Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Sulfat kislota Kimyo sanoatining tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan.
1958-65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya kombinati qoshida sulfat kislotasi zavodi 20-asrning 90-yillari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni egallagan 2859 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqara boshladi.
O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960-yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo’jalidida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi.
Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi.
Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.
Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Oxirgi 7 yilda О‘zR FA ilmiy mahsulotlari eksport hajmi 2,1 martaga ko’paydi.
Jumladan, О‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan sakkiz xil turdagi dorivor moddalar biopreparatlari va substansiyalari 7,6 mln AQSH dollaridan ortiqroq miqdorda eksport qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi FA chiqaradigan ikkita ilmiy jurnal – “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” ingliz tiliga tarjima qilinadi va xorijda nashr etilib, obuna bо‘yicha tarqatiladi, shuning hisobiga valyuta kirimi (tushumi) ta’minlanadi. Umumiy va noorganik kimyo institutida o’g’itlarning yangi turlari va defoliantlar olishni original texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ular import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bo’lib, aksariyat qismi Afg’oniston, Turkmaniston va Qozog’iston respublikalariga eksport qilinadi.
O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.);
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy ozgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
Sanoat ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari dinamikasi
Shuni takidlash lozimki, 2016 yilda viloyatining jami sanoat ishlab chiqarish hajmi asosan Olmaliq shahri (20,6%), Zangiota t. (13,7%), Angren shahri (10,6%), Qibray t. (10,6%), Oxongaron t. (10,3%), Bekobod shahri. (9,4%) va Chirchiq shahri (7,1%) viloyatlari hisobidan shakllangan bolib, juda katta bolmagan ulushi esa Oqqo'rg'on (0,8%), Piskent (0,8%) va Bo'ka. (0,9 %) tumanlariga togri kelmoqda.
2020 yilda Toshkent viloyatining jami sanoat ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi (jamiga nisbatan foizda)
2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Olmaliq shahri (27684 ming som), Bekobod shahri (16002 ming som), Oxongaron t. (13569 ming som), Zangiota t. (9318 ming som) va Angren shahri (8641 ming som) viloyatlariga togri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Bekobod t (1216 ming som) va Qibray t (1279 ming som) viloyatlarida kuzatilmoqda.
3-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (ming som)
Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qoshimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda osdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.
Faqat 2016 yilning ozida, otgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining osishi, qayta ishlash sanoatida – 8,6%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish boyicha – 75,7%ni, , boshqa nometall mineral mahsulotlar – 22,2%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 5,8%ni, toqimachilik.
2016 yilda, avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 57,8%), mashinalar va asbob-uskunalarni tamirlash va ornatish korxonalarida (67,1%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar sanoatida esa uncha kop bolmagan osish (100,5%) kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |