O’zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi xozirgi xolati taxlili Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.
Bizga ma’lumki, yerdan uzoq foydalanish natijasida undagi ozuqa elementlari miqdori kamayib boradi. Yerning ozuqa elementlari miqdorini oshirish uchun unga o’g’itlar ko’rinishida moddalar kiritish fikri XVIII asrda paydo bo’lib, bu boradagi dastlabki izlanish va yechimlar 1840 yilda Yu.Libox tomonidan boshlangan. Hozirgi vaqtda o’g’itlar, ularni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish kimyo fani va sanoatning eng asosiy vazifalaridan biriga aylangan.
Xususan, “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hisobidan karbamid ishlab chiqarish yiliga 270 ming tonnaga yetkazildi. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” unitar korxonasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlari 20 ming tonnaga ko‘paytirildi. “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida respublikamiz elektrtexnika sanoatini rivojlantirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnik kremniy ishlab chiqaruvchi yangi “Uz-COR silicon” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.
Kompaniya korxonalarida mineral o‘g‘itlar, sun’iy tola, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog‘-kon sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, defoliantlar, paxta ekishda qo‘llaniladigan plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Bunda jahon bozorida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, mamlakatimizdagi mavjud xomashyo resurslariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy ozgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
Fermer xo‘jaliklariga agrokimyo xizmatlarini ko‘rsatadigan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan, mineral va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarilib, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi. 2013-yilda “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda 11 innovatsiya loyihasini amalga oshirish, jumladan, import o‘rnini bosadigan vositalar va preparatlar ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.
O‘tgan davr mobaynida kimyo sanoatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2012-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 1,2 ming tonnadan ziyod azot, fosfor va kaliy mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarildi. Bu 2011-yilning shu davri bilan taqqoslaganda ancha ko‘pdir.
Yer shari yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarining bundan kengaytirishning iloji yo’q. Ammo sayyoramiz aholisi to’xtovsiz o’sib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hosildorlikni yanada oshirish zarur. Buning eng muhim yo’llaridan biri mineral o’g’itlardan foydalanishdir. O’g’it bu o’simliklar oziqlanishini yashilashga va tuproq unumdorligini oshirishga mo’ljallangan modda.
Mineral o’g’it deb, tarkibida o’simlikni rivojllanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi.
O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90% ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib ‘simlik ko’rik massasining 90% ni tashkil etadi; 8-9% ni o’simlik massasini esa azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makroelementlar deyiladi. Qolgan 1-2% I bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir. Bular o’simliklarga juda kam miqdorda (0,001-0,0001%) kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi.
O’simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko’p qismini havo va suvdan olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O’simlik olgan elementlarining ko’pgina qismi tuproqqa qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan, 1 tonna makkajo’xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o’zi bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o’zaro ta’sirlashib o’simlik o’zlashtira olmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan yerlarda o’simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo’ladi, tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo’qotilgan elementlar o’rni tuproqqa o’g’it solish bilan to’dirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi.
Agar 2016 yilda, avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 57,8%), mashinalar va asbob-uskunalarni tamirlash va ornatish korxonalarida (67,1%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar sanoatida esa uncha kop bolmagan osish (100,5%) kuzatilgan Respublikamizda azotli o’g’itlar: azotli o'g'itlar tarkibidagi azot turli birikmalar: erkin ammiak, NH4+, NO ionlari va aminoguruh -NH2 shakllarida bo'lishi, qattiq azotli o'g'itlar sifatida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari, kalsiy nitrat, natriy nitratlar holida ular asosida olinadigan aralash va murakkab o'g'itlarni shuningdek, suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyuq ammiak, aminlar, tuzlarning suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlarini ishlab chiqaradi.
Jahon to’qimachilik sanoati ishlab chikarish jadvali
Azot elementi o’simlik va hayvonot olamining asosi bo’lgan oqsil va hayot uchun zarur xlorofill moddalari tarkibiga kiradi. Azotning tuproqdagi tabiiy birikmalarini o’simlikning azotga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlay olmaydi. Shu sababli, tuproqni azotli o’g’itlar bilan muntazam ravishda o’g’itlab turish kerak.
suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyuq ammiak, aminlar, tuzlarning suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlarini ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |