Qurilish materiallari importi
2019-yilning yanvar-avgust oylari mobaynida 877,6 mln. AQSh dollari miqdorida qurilish materiallari importi amalga oshirildi. Bu ko`rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 16,2 % ga o`sib, umumiy import hajmining 5,5 % ini tashkil qildi. Import qilingan qurilish materiallari tarkibidan yog`och va yog`och mahsulotlari (45,8 %), sement (13,7 %), shisha va shisha buyumlar(4,7 %) hamda asbest (2,2 %) asosiy ulushni egallagan.
2019-yilning yanvar-avgust oyida qurilish materiallari import hajmi 2018-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Qurilish materiallari importi hajmining o`sishiga yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik, xususan, keng ko`lamdagi qurilish-rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirilishi sabab bo`lmoqda.
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, davlatimiz tomonidan qurilish mahsulotlari importi o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki bozorni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta`minlash bo`yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qayd etib o`tilganidek, import tarkibida asosiy ulushni tashkil qilayotgan mashina va asbob-uskunalar hamda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar asosan qaysi davlatlardan respublikamizga olib kirilayotganligi quyidagi jadvallardan ko`rish mumkin.
Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib
borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda.
Shuningdek, hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlarining yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarilishi milliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarda mustahkam o`rin egallashlari uchun zamin yaratmoqda.
Xulosa.
Xalqaro savdo bugungi kunda o’zinig o’sish va ayrim sabablarga ko’ra pasayish ko’rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo’ldi.Ma'lumki, 2009 yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi.
Xususan:
aylanma mablaglarini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortik bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish:
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyaishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan, qo’shilgan qiymat solig’i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |