Ferment elektrodlar fermentativ reaksiyalarda qatnashuvchi moddalarning konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ferment elektrodga maxsus tashuvchiga yoki sezgir elementga ega ferment qavati joylashgan boladi. Ferment qavati elektrod sirti bilan kovalent bogianish asosida ulanadi yoki u polimer to'riga kiritiladi. Fermentlar asosida ishlaydigan ionometriya usulining selektivligi yuqori boiib, u fermentlarning tegishli reaksiyalari va turli moddalarga nisbatan selektivligiga bog'liq. Har bir ferment faqat bir xil reaksiya turigagina katalizatorlik qila olgani uchun ferment elektrodlarning yaratilishi turli xil biologik jarayonlarni o'rganish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi vaqtda ayrim hayvonlarning to'qimalari asosida ferment elektrodlar yaratish yoiga qo'yilgan.
Gaz sezgir elektrodlar egilgan naydagi taqqoslash elektrodi, gidrofob membrana va elektrolit eritmasidan iborat boladi. Nayning bir uchiga yupqa gaz o'tkazgich membrana biriktiriladi, u ichki elektrolitni tekshiriladigan eritmadan ajratib turadi. Bu membrana suvni o'ziga yuqtirmaydigan, yupqa va juda mayda g'ovakliklardan iborat boiganligi uchun undan suv va elektrolit o'tolmaydi, uning teshiklari havo yoki boshqa gazlar bilan toigan boladi. Bu elektrod tarkibida aniqlanadigan gaz (masalan, S02) boigan tekshiriladigan eritmaga tushirilsa, gaz membrananing teshiklariga o'tadi. Bunda quyidagi muvozanat o'rnatiladi:
S02 (suv, tashqi eritma)oSO2 (gaz, membrana teshiklari).
Teshiklar juda ko'p boiganligi uchun muvozanat juda tez qaror topadi. Teshiklardagi S02 ichki eritma bilan tutashgan boiganligi uchun yangi muvozanat yuzaga keladi.
S02 (suv, membrana teshiklari)↔S02 (gaz, ichki eritma).
Bu o'z navbatida pH o'zgarishiga olib keladigan yangi muvozanat o'rnatilishiga sabab boladi:
S02+2H20↔HS03 +H30+.
pH qiymatining o'zgarishini kuzatish uchun eritmaga vodorod selektiv shisha elektrod tushiriladi. Agar barcha jarayonlarni yig'indi shaklida ifodalamoqchi boisak, quyidagi muvozanat tenglamasini yoza olamiz:
S02 (suv, tashqi eritma)+2Н2О↔НSО3+H3O+(ichki eritma). Bu reaksiyaning muvozanat konstantasi:
bo'ladi. Agar ichki elektrolit tarkibidagi HS03" konsentratsiyasini ko'tarsak, u S02 ning membrana teshikchalariga kirishi natijasida o'zgarmaydi va
bo'ladi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
bu yerda, a + — ichki eritmadagi vodorod ioni aktivligi.
Shunday qilib, potensialni o'lchash asosida S02 ning konsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |