Tema va remani gapda aniqlashda dastavval gapning turlarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Shunga qarab, tema hamda remaning gapda joylashuv o‘rni ham turlicha bo‘lishi mumkin. Quyida biz so‘roq so‘zli so‘roq gaplarda, so‘roq so‘zsiz so‘roq gaplarda va darak gaplarda gapning aktual bo‘laklari joylashuvini ko‘rib chiqamiz.
/ / // ///1
Sen men bilan urishmoqchisan?
너 나랑 싸우고 싶어?
Keltirilgan misolda sintagmatik va fraza urg‘usi “urishmoqchisan” fe’liga tushmoqda. Bu yerda ohang pasayishi ham kuzatilmoqda. “Bundan boshqa hech narsa xohlamaysanmi?”- degan savol jumla mazmuniga yana oydinlik kiritadi. Ushbu misolda “Sen” tema, “urishmoqchisan” esa rema hisoblanadi.
Agar bu misolni matn tasarrufidan olib tekshirsak, uchta alohida savol yuzaga kelishi mumkin:
// /// / /
Do'stlaringiz bilan baham: |