MUNDARIJA:
Kirish 2
BOB.Chizmalarni bajarishga oid umumiy qoidalar.................................................4
1.1. Chizmada chiziq turlari va o'lcham qo'yish qoidalari.................................................4
1.2. Ko'rinishlar va qirqimlarni bajarishda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish.........................................................................................................................8
BOB.Chizma chizishning shartli belgilari va standartlarini o'rganish...............12
2.1. Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar.............................................................12
2.2. Chizmalarning chiqarish elementlari va ularning turlari..........................................17
2.3. Chizmayuzalariningg'adirbudurliginibelgilashvaaniqlashasboblari.........................18
Xulosa ....23
Foydalanilganadabiyotlarro’yhati...............................................................................24
KIRISH
Poydevori mustahkam, jozibasi betakror binolari ila butun olamga sayqalbergan, Amir Temur aytganidek, “Bizni kimligimizni bilmoqchi bo‘lganlar, bizqurgan inshoatlarga nazar tashlasin”degan hikmatlari albatta bejizga emas. Bugungi kuning dolzarb vazifalaridan biri kasb-hunar kollejlarida pedagog hamdatarbiyachi kadrlar mahoratini sifat jihatdan oshirib borishdir. CHunki,har qandayta’lim va tarbiya o‘quvchilarga o‘qituvchi va murabbiylar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularning kasbiy mahoratlarini uzviylik asosida takomillashtirib borish o‘rinlidir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da jamiyatni harakatlantiruvchi kuch-shaxs deb ko‘rsatilgan.
Fanni o‘rganishning dolzarbligi. Respublikamizdagi iqtisodiy, siyosiy vabadiiy madaniyat tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun,uningturmushiningbarqarorbo‘lishiuchunkattaimkoniyatlartug‘diradi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib berganidek, «...Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib sharoit yaratib berish borasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlaridaro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda». Bunday shartlardan biri jamiyatdagi muammolarga ilmiy yondashishdir. Bu yondashuvda mazkur fan muhim o‘rin tutadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, chizmachilik faning rivojlanishida Sharq olimlarining buyuk mutafakkirlarining o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda yaratilgan qadimiy inshootlar, noyob tasviriy, me’moriy asarlarga maftun bo‘lib qolarkanmiz, shunday yuksak badiyatni bunyod etgan me’mor, musavvir va haykaltaroshlarning san’ati, mahoratidan qalbimizda iftixor xissiyotlari uyg‘onadi. Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy ko‘plab fanlarning rivojlanishiga asos solganlar. Xorazmiy o‘zinig xayoti davomida algebra, astranomiya, geografiya geometriya va boshqa fanlarga ulkan xissa qo‘shgan.
Xorazmiyning geometriya sohasidagi o‘zining fazoviy tasavvurlari algebraik, trigonometrik, geografik sohalardagi qarashlari bilan boshqa olimlardan ajralib turgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra Xorazmiy o‘z “Zij” ida boshlang‘ich meridian sifatida, hindan’anasiga ko‘ra, Arin (hozirgi Hindistondagi Ujayn) shahridan o‘tgan meridianni tanlagan. Buyuk olim Muso al-Xorazmiyning izidan borgan Xristofor Kolumb o‘ziga tegishli nusxa hoshiyasiga yozgan
eslatmalariga ko‘ra, Arin g‘oyasi unda erning noksimon ekanligi va erning Aringa diametr a
qarama-qarshi tarafida Aringa o‘xshash joy bo‘lishi kerakligi haqida fazoviy tasavvur hosil qilgan. Musoal- Xorazmiy va Abu Nasr Farobiylarning qarashlaridan, mulohazali fikrlaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, fazoviy tasavvurlarni o‘stirish uchun chizmani va uning ko‘rinishini oldindan ko‘z oldimizga keltirib olish lozim. Har bir ish ketma-ketligini bajarish davomida chizmaga murojaat qilib borilmasa turli xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Zero, chizma asboblarini ayniqsa, chizg‘ich va sirkul yordamida turli grafikishlarni bajarishni ham birinchi bo‘lib sharq mutafakkirlari ilmiy asoslab berganlar. Jumladan, Abu Nasr Farobiy (870-950) o‘zining 10 ta bobdan iborat “geometrikyasashlar” haqidagi kitobida keltirilgan. Yuqorida Sharqning buyuk mutafakkirlarini chizmachilik fani yuzasidan asarlarida bildirilgan ilmiy nazariy bilim asoslaridan g‘oyalaridan ma’lum bo‘lmoqdaki,mazkur fanni rivojlanishida va o‘ziga xosligida dunyo ilmida alohida ahamiyatga egadir. Kelajak sari intilish, taraqqiyot va yuksalishning ta’minlanishi uchun respublikamizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning nazariy asoslarini, amaliy uslublarini tushunib olish va o‘zlashtirish g‘oyat muhimdir. Bunda yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari va ularning tahlilining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |