Mundarija kirish 2



Download 4,95 Mb.
bet58/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

3,8 mln. nafardan oshishi kutilmoqda.
Jamg‘arma taqchilligini qoplash (yil boshiga qoldiqlar bilan) va pensionerlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan keyingi yilda 14,0 trln. so‘m miqdorida transfert ajratilishi kutilmoqda.
2023–2024 prognoz yillarda pensiya tizimi taqchilligi oshishi kutilayotgan bo‘lib, respublika byudjetidan tegishlicha 15,3 trln. so‘m va 16,3 trln. so‘m miqdorida transfert ajratilishi nazarda tutilgan.
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida pensiya miqdorlari yetarliligini ta’minlash maqsadida 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan Pensiya tizimini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi va unda tizimni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalarni fuqarolar tomonidan birgina pasport bilan murojaat qilish orqali tayinlash tizimi joriy etiladi.

  1. 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tushumlari 272,1 mlrd. so‘mni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. Jamg‘armaning asosiy tushum manbasi ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlaridan 150,0 mlrd. so‘m miqdoridagi majburiy ajratmalar hisoblanadi.

Jamg‘armaga kelgusi yilda aholi bandligini ta’minlash, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda davlat organlarining ish samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha dasturlarni maqsadli moliyalashtirishga respublika byudjetidan 940,0 mlrd. so‘m miqdoridagi maqsadli transfertlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Jamg‘armaning xarajatlari esa 1 212,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini to‘lash, subsidiyalar taqdim etish, bandlikka ko‘maklashish markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining tushumlari 11,7 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, jamoat ishlarini tashkil etish va bajarish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 300,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Jamg‘armaning xarajatlari esa yil boshidagi qoldiqni hisobga olgan holda 310,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shundan, jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslarning mehnat haqi to‘lovlariga
286,4 mlrd. so‘m, jamoat ishlarida, jumladan ularni ijara asosida berish yo‘li bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlarni xarid qilishga 7,4 mlrd. so‘m, jamoat ishlarini bajarish uchun xavfsizlik texnikasi va maxsus kiyim xarid qilishga 5,0 mlrd. so‘m hamda jamg‘armani saqlash xarajatlariga 2,5 mlrd. so‘m sarflanishi kutilmoqda.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining 2022 yilgi tushumlari 54,0 mlrd. so‘mni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 150,0 mlrd so‘m miqdoridagi maqsadli transfertlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Jamg‘armaning xarajatlari esa jamg‘arma daromadlariga mutanosib ravishda 204,2 mlrd. so‘mga prognoz qilinmoqda. Shundan, quyidagi yo‘nalishlarga 196,9 mlrd so‘m miqdloridagi subsidiyalar taqdim etish ko‘zda tutilgan:

  • yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga 78,9 mlrd so‘m;

  • suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar (kanal va boshqa suv havzalari)dan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 107,7 mlrd so‘m;

  • “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona xo‘raki, kishmishbop tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chatini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplashga 6,8 mlrd so‘m;

  • mayiz quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarininu bir qismini qoplashga 3,4 mlrd so‘m.

Shuningdek, Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini rag‘batlantirishga 7,2 mlrd so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasining kelgusi yil uchun tushumlari 30,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, jamg‘armaga 2022 yilda respublika byudjetidan 50,0 mldr. so‘m miqdoridagi maqsadli transfertlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Jamg‘armaning xarajatlari esa yil boshiga qoldiq hisobiga 259,5 mlrd. so‘mni tashkil etishi, shundan 50,0 mlrd. so‘m texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirishga va 50,0 mlrd so‘m
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qarz berish hamda tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha resurslar joylashtirishga hamda 100,0 mlrd. so‘m subsidiyalar taqdim etishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Jamg‘arma tomonidan subsidiyalar:

  • texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishga;

  • suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar (kanal va boshqa suv havzalari)dan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga;

  • intensiv yoki «in-vitro» usulida yetishtirilgan har bir dona texnik navli tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chatini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplashga;

  • vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplashga ajratiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining 2022 yilgi tushumlari 299,4 mlrd. so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishning asosiy manbasi darsliklar bo‘yicha ijara to‘lovlaridan 283,4 mlrd. so‘m, keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlardan 10,5 mlrd. so‘m hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 1-sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan bepul ta’minlash maqsadida 605,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Jamg‘armaning 2022 yilgi kutilayotgan xarajatlari esa yil boshiga qoldiq hisobiga 1 154,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Shundan, Davlat byudjetidan maqsadli ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 27 919 ming nusxa darsliklar va o‘quv-metodik majmualar hamda jamg‘arma aylanma mablag‘lari hisobidan 42 592 ming nusxa darsliklar nashr etilishi rejalashirilgan.
Shuningdek, jamg‘arma aylanma mablag‘lari hisobidan jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini saqlash xarajatlariga 6,1 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi kutilmoqda.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab- quvvatlash davlat jamg‘armasining 2022 yilgi daromadlari 215,0 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga jamg‘armaga Davlat byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash maqsadida kompensatsiyalar va kafilliklar berishga 500,0 mlrd. so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Jamg‘arma xarajatlari esa yil boshiga qoldiq mablag‘lar bilan birga 1 205,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan tijorat banklariga qarz oluvchilarning kreditlari bo‘yicha taqdim etilgan kafolatlar bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lashga 20 mlrd. so‘m, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun kompensatsiyalar berishga 1 135,4 mlrd. so‘m va jamg‘armani saqlash xarajatlariga 17,9 mlrd. so‘m yo‘naltirish kutilmoqda.

  1. 2022 yilda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining tushumlari tijorat banklariga imtiyozli kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizlar evaziga 154,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, jamg‘armaga Davlat byudjetidan 91,0 mlrd. so‘m miqdoridagi transfert ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Jamg‘armaning xarajatlari esa yil boshiga qoldiq mablag‘lar bilan birga 253,4 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha resurslar joylashtirishga 100,0 mlrd so‘m;

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni turar-joy bilan ta’minlashda boshlang‘ich badalini to‘lab berishga 40,0 mlrd so‘m;

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga 38,3 mlrd so‘m.

Shu bilan birga, jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarga 7,7 mlrd so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

  1. 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari 8,5 trln. so‘mni, xarajatlari esa 7,7 trln. so‘mni tashkil etilishi prognoz qilinmoqda.

Jamg‘armaning 2023–2024 yillardagi daromadlari va xarajatlari balanslashgan holda tegishincha 11,3 trln so‘m va 12,4 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish