Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida soliq va bojxona organlarining raqamlashtirish jarayonlari jadallashtirilmoqda. Soliq bazasining kengaytirilishi, soliq va bojxona ma’murchiligining asosiy ish jarayonlarini avtomatlashtirish va Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona
qo‘mitasining inson va institutsional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni olib borish maqsadida:
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasining 1 foizini davlat byujetidan qaytarish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan, ushbu maqsadlar uchun 500 mlrd.so‘m mablag‘ ko‘zda tutilmoqda. Bu mablag‘lar Davlat soliq qo‘mitasining so‘roviga asosan respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga xaridorlarga o‘tkaziladi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini kamaytirish yo‘li bilan hisobotlarda aks ettiriladi.
Shuningdek, barcha turdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga onlayn nazorat-kassa mashinalari (Onlayn-NKM) yoki virtual kassani joriy etishni yakunlash;
teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish va ularni berish amaliyotiga yo‘l qo‘ymaslik;
soliq organlari faoliyatini xalqaro standartlar asosida raqamli transformatsiya qilishni davom ettiriladi.
2022 yilda soliq siyosatida ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar natijasida soliq to‘lovchilar ixtiyorida qo‘shimcha 2,3 trln.so‘mmablag‘ qoldiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining 2022 yilgi prognozi va
2023–2024yillaruchunmo‘ljallari 2022 yilda Davlat byudjeti daromadlari 200trln.so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda.
2022 yil davlat byudjeti daromadlari loyihasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozidan va soliq siyosatidagi ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Shuningdek, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarning o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.
Jumladan, prognozlarda valyuta kursidagi (1 AQSh dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘m), strategik mahsulotlarning narxlari (1 troya unsiya oltin narxi – 1 700 AQSh dollar, misning 1 tonnasiga 8 500 AQSh dollar) kutilayotgan o‘zgarishlar hamda tabiiy gaz eksport rejasiga asosan tabiiy gazning eksport qiymati 1 ming m3 uchun 100 AQSh dollari miqdorida belgilanganligini inobatga olindi.
jadval