Mundarija kirish 2



Download 4,95 Mb.
bet31/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

2022 yil 1 yanvardan boshlab:


avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im bekor qilinadi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 foizdan
1,5 foizga pasaytiriladi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartiriladi;
coliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda.
Bunda, Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m, Nukus shahri va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m va qolgan hududlarda – bir million so‘m etib belgilanmoqda;
yuridik shaxslardan olinadigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilinmoqda;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalarini o‘rtacha
1,07 baravarga indeksatsiya qilish;
yuridik shaxslardan olinadigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer solig‘i stavkalariga qo‘llaniladigan pachaytiruvchi 0,25 koeffitsient 0,3 etib belgilanmoqda;
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan stavkalardan tashqari) stavkalarini inflyatsiya darajasida 1,1 baravarga iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaligi bundan mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa - 1,3 baravarga indeksatsiya qilish;
Yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortishning zamonaviy modeli joriy etiladi;
Er qa’ridan foydalanuvchilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi solig‘ini joriy etiladi.
Renta daromad solig‘i investitsiya kiritilganda, metallar yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan daromad va ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar chegirilgan holda (uch yildan keyin) to‘lanadi.
Yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavka qo‘llaniladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning minimal stavkasini ikki baravarga kamaytirgan holda 22 500 so‘m/tn (amalda 45 000 so‘m/tn) miqdorida belgilanadi.
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytiriladi.
Bunda, davlat ulushiga ega korxonalar NKMK, OKMK va O‘zbekneftgaz uchun amaldagi soliq stavkalari saqlab qolinadi.
Foyda solig‘i bo‘yicha faoliyat natijasida ko‘rilgan zararlarni soliq davridan keyin o‘n yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish tartibini saqlab qolgan holda, joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan oshib ketmasligi bo‘yicha talabni bekor qilinmoqda;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda solig‘ining oshirilgan stavkasi 75 foiz miqdorida saqlanib qolinmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq amortizatsiyaning yillik eng yuqori normasini quyidagicha belgilash taklif qilinmoqda:

  • binolar uchun 3 foizdan 5 foizgacha;

  • inshootlar uchun 5 foizdan 10 foizgacha;

  • uzatish qurilmalari, kuch mashinalari va asbob uskunalari uchun 8 foizdan

15 foizgacha;
* faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar uchun
15 foizdan 20 foizgacha;
* kompyuter, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari uchun 20 foizdan
40 foizgacha oshirilmoqda.
Quyidagilar uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga investitsiyaviy chegirma miqdorini oshirish:

  • yangi texnologik uskunalar uchun 10 foizdan 20 foizgacha;

  • ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish uchun esa 5 foizdan 10 foizgacha.

Shuningdek, quyidagilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi:

  • jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlariga (bundan byudjetdan moliyalashtiriladiganlar mustasno);

  • qat’iy summada ko‘rsatilgan bank xizmatlariga.

Tovar (xizmat)lar realizatsiya hajmidan qat’iy nazar quyidagilar QQS to‘lashga o‘tkaziladi:

  • sug‘oriladigan yer maydoni 25 ga dan ortiq yer maydoniga ega bo‘lgan;

  • soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlari;

  • notijorat, shu jumladan byudjet tashkilotlari.

Aksiz solig‘i bo‘yicha quyidagi asosiy o‘zgartirishlar amalga oshiriladi:

  • 2022 yil 1 iyundan aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinadi.

  • tamaki mahsulotlari importiga aksiz solig‘i stavkasi 2022 yil 1 yanvardan

10 foizga, alkogol mahsulotlari importiga 2022 yil 1 iyundan 10 foizga pasaytirilmoqda;

  • 2022 yil 1 yanvardan alohida turdagi tamaki mahsulotlariga (chilim uchun tamaki, chekiladigan, o‘rama tamaki, qizdiriladigan tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik) importiga aksiz solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda;

  • respublikada ishlab chiqarilgan va import qilingan benzin uchun yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.

  • suyultirilgan gazga aksiz solig‘i stavkasi bekor qilinadi (amalda 30 foiz), bunda davlat byudjetining taxminiy yo‘qotishlari 67 mlrd.so‘mni tashkil qiladi.

  • polietilen granulalariga soliq stavkasi 20 foizdan 10 foizgacha pasaytiriladi va importda ham aksiz solig‘i joriy qilinadi.

Tamaki va alkogol mahsulotlari, jumladan pivo uchun aksiz solig‘i summasi aholi sonidan kelib chiqib mahalliy byudjet o‘rtasida taqsimlanadi va mahalliy byudjetlar xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Shu bilan birga, samarasiz soliq va bojxona imtiyozlarni bekor qilish ishlarini davom ettiriladi.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish