2022 yilgi byudjet loyihasi bilan oldingi yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunidagi byudjet mo‘ljallari bo‘yicha solishtirma jadval
trln. so‘m
I.
|
Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari
|
208,4
|
254,6
|
46,2
|
|
Davlat byudjeti daromadlari*
|
173,6
|
199,5
|
25,9
|
|
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari**
|
28,3
|
31,9
|
3,6
|
|
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari tushumlari
|
-
|
14,7
|
14,7
|
|
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari
|
6,6
|
8,5
|
1,9
|
II.
|
Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari
|
231,3
|
280,1
|
48,8
|
|
Davlat byudjeti xarajatlari**
|
163,8
|
188,9
|
25,1
|
|
Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari
|
46,7
|
58,7
|
12,0
|
6,6
|
7,2
|
0,6
|
14,3
|
10,7
|
-3,6
|
17,9
|
26,5
|
8,6
|
-23,0
|
-25,5
|
-2,5
|
-8,7
10,3
|
-16,2
10,2
|
-7,5
-0,1
|
* Davlat maqsadli jamg‘armalaridan Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan transfertlarni hisobga olmagan holda.
** Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni hisobga olmagan holda.
2022–2024 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti balansi
2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi davlat dasturlarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tashqi qarz mablag‘larini inobatga olgan holda 25,5 trln. so‘m, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foiz, 2023 yilda – 2,9 foiz, 2024 yilda 2,7 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda.
2022 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi 16,2 trln.so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,9 foizni tashkil etishi prognoz qilinayotgan bo‘lib, 2023–2024 yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,6 foizgacha pasaytirish maqsad qilingan.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tushumlari va xarajatlari 2022 yilda 0,8 trln.so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan prognoz qilingan bo‘lib, 2023–2024 yillarda jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining balansliligini ta’minlash maqsad qilingan.
11-rasm
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining
2022–2024 yillardagi balansi, trln. so‘m
2022 yilgi 25,5 trln.so‘m miqdoridagi konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini, shuningdek 10,2 trln. so‘m miqdoridagi asosiy qarzni qaytarish xarajatlarini quyidagi manbalardan qoplash rejalashtirilgan:
12,9 trln. so‘m – tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish va yevroobligatsiyalar joylashtirish hisobiga;
6,0 trln. so‘m – ichki bozorga Davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarish hisobiga; 6,0 trln. so‘m Davlat aktivlarini xususiylashtirish hisobidan tushumlar;
0,9 trln. so‘m – Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan
10,7 trln. so‘m – Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun vazirlik va idoralar tomonidan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan.
12-rasm
Iqtisodiy rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan hamda past daromadli rivojlanayotgan davlatlarning
davlat qarzi va fiskal defitsiti
Manba: IMF staff estimates and projections/Fiscal monitor. A fair shot, 2021 apr.
2022–2026 yillardagi soliq va bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 15 foiz;
foyda solig‘i stavkasi – 15 foiz;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12 foiz;
aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;
dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi – 5 foiz;
qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 so‘m, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsient qo‘llashni saqlab qolish;
qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘i qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasini saqlab qolish.
Shu bilan birgalikda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga;
mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga; bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun
belgilangan foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.
Bunda, qat’iy miqdorda belgilangan aksiz, yer solig‘i, mol-mulk, suv solig‘i stavkalari inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda indeksatsiyasi qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |