Ajratilgan mablag‘larning yo‘nalishlar kesimida kutilayotgan ijrosi quyidagicha.
2021 yil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ijtimoiy soha muassasalarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun yil yakuniga qadar 7 832,7 mlrd.so‘m yo‘naltiriladi, jumladan:
a) 284 ta maktabgacha ta’lim muassasalari qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 1 141,1 mlrd.so‘m ajratiladi.
Buning natijasida, ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblangan yosh avlodga maktabgacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu mablag‘lar hisobiga jami 46 240 o‘rinli, shundan 7 315 o‘rinli
yangi qurilish, 23 345 o‘rinli rekonstruksiya qilish hamda 15 580 o‘rinli mavjud quvvatlari mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilib foydalanishga topshiriladi.
b) 611 ta umumta’lim maktablari uchun 3 231,8 mlrd.so‘m ajratiladi, buning hisobiga 2021 yilning yakuniga qadar jami 285 736 o‘quvchi o‘rinli, shundan 19 751 o‘rinli, 25 ta yangi sport zallar yangi qurilib, 46 tasi rekonstruksiya qilinadi va foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 284-f son farmoyishiga asosan 6 175 ta umumta’lim maktablarini 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida jami 1 046 mlrd. so‘m mablag‘ ajratib beriladi
9-rasm 2021 yilda markazlashgan investitsiyadan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar,
mlrd. so‘m
v) joriy yil yakuniga qadar 204 ta tibbiyot muassasalarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 1 644,5 mlrd.so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Buning hisobiga, yil yakuni bilan 14 171 o‘rinli 5 920 qatnov
38 ta tibbiyot ob’ektlar foydalanishga topshiriladi, shundan, 2 646 o‘rin, 3 230 qatnovli 7 ta ob’ektlarda yangi quriladi hamda 11 525 o‘rinli va 2 580 qatnovli 25 ta ob’ektlar rekonstruksiya qilinadi, 6 ta tibbiyot muassasalari mukammal ta’mirlash orqali foydalanishga topshiriladi.
g) 2021 yilda 42 ta oliy ta’lim ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 1 079,1 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda, ushbu mablag‘lar hisobiga joriy yilda jami oliy ta’lim muassasalarning 19 849 o‘rinli o‘quv binolari hamda 4 174 o‘rinli talabalar turarjoylari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
d) 16 ta ilmiy tadqiqot ob’ektlarini mukammal ta’mirlash ishlari uchun 60,5 mlrd.so‘m 2021 yil yakuniga qadar ajratish ko‘zda tutilmoqda;
ye) 25 ta madaniyat va san’at muassasalarini, shu jumladan, 10 ta yangi qurilish, 12 ta rekonstruksiya qilish va 3 ta mukammal ta’mirlash orqali 179,8 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilishi kutilmoqda;
Joriy yil yakuni bilan esa 11 ta madaniyat va san’at ob’ektlari foydalanishga topshiriladi.
yo) 68 ta jismoniy tarbiya va sport, jumladan, sport komplekslari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, futbol mahorat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari uchun 496,0 mlrd.so‘m yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |