4-jadval
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlarining kutilayotgan ijrosi (trln. so‘m)
T/r
|
Daromad turlari
|
Prognoz
|
Ijro
|
Foiz
|
Farqi
|
|
JAMI
|
147,2
|
170,9
|
116,1
|
23,7
|
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, foizda
|
21,4
|
23,6
|
|
|
I.
|
Bevosita soliqlar
|
46,8
|
59,0
|
125,9
|
12,1
|
1.1
|
Foyda solig‘i
|
27,8
|
38,7
|
139,3
|
10,9
|
1.2
|
Aylanmadan olinadigan soliq
|
2,2
|
1,8
|
81,4
|
-0,4
|
1.3
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
|
16,9
|
18,5
|
109,4
|
1,6
|
II.
|
Bilvosita soliqlar
|
62,5
|
57,9
|
92,6
|
-4,6
|
2.1
|
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
|
47,0
|
40,3
|
85,8
|
-6,7
|
2.2
|
Aksiz solig‘i
|
11,8
|
12,9
|
109,3
|
1,1
|
2.3
|
Bojxona boji
|
3,8
|
4,7
|
125,6
|
1,0
|
III.
|
Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i
|
19,4
|
22,6
|
116,4
|
3,2
|
3.1
|
Mol-mulk solig‘i
|
2,5
|
2,5
|
101,5
|
0,0
|
3.2
|
Er solig‘i
|
2,9
|
3,6
|
123,0
|
0,7
|
3.3
|
Er qa’ridan foydalanganlik
uchun soliq
|
13,6
|
15,8
|
115,9
|
2,2
|
3.4
|
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
|
0,4
|
0,7
|
177,6
|
0,3
|
IV.
|
Boshqa daromadlar
|
18,4
|
31,4
|
170,7
|
13,0
|
Jahon bozoridagi oltinning (prognoz – 1750 dollar / troya unsiyasi, yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha – 1801 dollar / troya unsiya), misning (prognoz
– 6000 doll./tn, yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha – 9242 doll./tn) narxi yuqoriligi, pandemiyadan so‘ng iqtisodiy faollikni tiklanishi hamda Davlat
byudjeti daromadlari ko‘paytirish yuzasidan olib borilgan choralar natijasida prognoz ko‘rsatkichlari foyda solig‘i bo‘yicha 10,9 trln. so‘mga (+39,3 foiz), bojxona boji 962 mlrd. so‘mga (+25,6 foiz), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 2,2 trln. so‘mga (+15,9 foiz), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 301 mlrd. so‘mga (+77,6 foiz) va boshqa daromadlar (jumladan, davlat ulushiga hisoblangan dividendlar) bo‘yicha 13 trln. so‘m (+70,7 foiz) ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda.
2021 yilda Davlat byudjetining daromadlari 2020 yilga nisbatan 38 trln. so‘mga (+28,6 foiz), jumladan bevosita soliqlar 13,8 trln. so‘mga (+30,4 foiz), bilvosita soliqlar 11,5 trln. so‘mga (+24,8 foiz), resurs soliqlari 1,3 trln. so‘mga (+6,3 foiz) va boshqa daromadlar 11,4 trln. so‘mga (+56,7 foiz) oshadi.
6-rasm
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari tarkibi quyidagicha o‘zgardi
(jami daromaddagi ulushi)
Resurs soliqlari 16,0%
2020 yil
Boshqa daromadlar 15,1%
Bilvosita soliqlar 34,9%
Bevosita soliqlar 34,0%
Soliq stavkalarining o‘zgarishi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlarning sezilarli oshishi va boshqa omillar sharoitida boshqa daromadlar salmog‘i esa 15,1 foizdan 18,4 foizgacha, bevosita soliqlar ulushi 34,0 foizdan 34,5 foizgacha oshayotgan bo‘lsa, bilvosita soliqlar ulushi 34,9 foizdan 33,9 foizgacha, resurs soliqlarining ulushi esa 16 foizdan 13,2 foizgacha kamayadi.
Bevosita soliqlardan 2021 yilda 59 trln. so‘m (Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 34,5 foiz), shu jumladan: foyda solig‘i – 38,7 trln. so‘m (22,6 foiz), aylanmadan olinadigan soliq – 1,8 trln. so‘m (1 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 18,5 trln. so‘m (10,8 foiz) miqdorida kutilmoqda.
Foyda solig‘i bo‘yicha kutilayotgan tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 trln. so‘mga (+34,8 foiz) ko‘p bo‘ladi. Tushumlarning o‘sishi asosan:
oltinning jahon bozoridagi narxining oshishi; foyda solig‘i to‘lovchilarining soni oshishi;
davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushumi keskin o‘sishi hisobiga
– dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan soliq tushumlarining oshishi hisobiga ta’minlanadi;
Shu bilan birga, pandemiyaning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar doirasida ayrim soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i bazasini kamaytirish bo‘yicha imtiyozlar taqdim qilindi.
Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha kutilayotgan tushumlar 1,8 trln. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 404 mlrd. so‘mga oshishi, lekin 2021 yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmasligi kutilmoqda. Bunda, asosan tadbirkorlik sub’ektlarini soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tayotganligi sabab bo‘lmoqda.
Joriy yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 trln. so‘mga ko‘payib, 18,5 trln. so‘mni tashkil etadi. Mazkur soliq turi tushumlari yil boshidan byudjet tashkilotlarida ish haqi miqdorlarining ikki marta (1 fevral va 1 sentbyar) 10 foizdan oshirilganligi fonida hamda to‘lovchilar sonining oshishi fonida ko‘paymoqda.
Daromadlar asosiy tarkibini bilvosita soliqlar tashkil qilib, 57,9 trln. so‘mni yoki Davlat byudjeti umumiy daromadlarining 33,9 foizini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 8 foizni tashkil qilishi kutilmoqda (2020 yilda 46,4 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7,7 foizni tashkil qilgan).
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 9,1 trln. so‘mga yoki 29,2 foizga oshgan holda jami 40,3 trln. so‘m tushishi kutilmoqda.
2020 yil yakuni bo‘yicha 113 477 ta qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 2021 yilning 1 iyul holatiga kelib ularning soni 133 820 tani tashkil etib, yil boshiga nisbatan 20 343 taga ko‘paygan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
19 iyundagi PF-6011-son “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilinishi qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari oshishiga sabab bo‘ldi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga 10,4 trln. so‘m qaytarildi (2020 yilda jami 9 trln.so‘m qaytarilgan). Yil oxirigacha 12,4 trln. so‘m atrofida qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi qaytarilishi kutilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra esa
6,9 trln. so‘m miqdorida qaytarish prognoz qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |