Mundarija kirish 2


yilning I yarmida xizmat turlarining o‘sish sur’ati



Download 4,95 Mb.
bet6/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

2021 yilning I yarmida xizmat turlarining o‘sish sur’ati


foizda
1-rasm



Ta’lim sohasidagi xizmatlar 40,8%

Ijara xizmatlari


Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar


Boshqa xizmatlar Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash


bo‘yicha xizmatlar
Moliyaviy xizmatlar

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar


Shaxsiy xizmatlar Me’morchilik, muhandislik, texnik sinovlar va tahlil


xizmatlari
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

Transport xizmatlari


Yashash va ovqatlanish xizmatlari


Savdo xizmatlari


Bundan tashqari, uyushmagan savdo ulushi o‘tgan yilga nisbatan 2 foiz bandga oshib, jami savdo aylanmasining 8,6 foizini (o‘tgan yilning mos davrida 6,6 foiz) tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyun oylarida savdo va boshqa pullik xizmat ko‘rsatish sohasidan umumiy pul tushumi (naqd pul va terminal orqali) 90 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga oshdi.
Inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 4,4 foizni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 10,9 foizni, ishsizlik darajasi esa 9,8 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning I yarmida tashqi savdo aylanmasi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi.
Hisobot davrida, mamlakatimizning asosiy eksport tovarlari bo‘yicha tashqi bozorlardagi narxlarning oshishi yoki ijobiy shakllanishi kuzatildi. Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda:
- kumush narxining 44 foizga va mis narxining 64 foizga oshishi hisobiga ushbu tovarlar eksportining mos ravishda 3,3 va 1,9 barobarga;
(mazkur davrda, rangli metallar eksporti hajmi 85 foizga o‘sib, ushbu o‘sishning 2/3 qismi narx hisobiga erishildi)

- paxtaning o‘rtacha narxi 42 foizga oshishi hisobiga to‘qimachilik mahsulotlari eksportining 63 foizga;
(mazkur davrda, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti qiymati
45 foizga, jumladan ip-kalava 48,7 foizga (289 ming tn), trikotaj matolar – 47,4 foizga (19,5 ming tn) oshdi)
- polimer mahsulotlarining o‘rtacha narxi 53 foizga o‘sishi ular eksportining dollar miqdoridagi hajmini 37 foizga o‘sishiga xizmat qildi (mazkur davrda polimer mahsulotlarini ichki bozorga yo‘naltirilishi natijasida eksportning fizik hajmi o‘tgan yilning mos davridagi 203 ming tonnadan 183 ming tonnagacha pasaygan).
Natijada, joriy yilning I yarim yilligida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga o‘sib, 7,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda oltin eksportini hisobga olmaganda o‘sish 36,4 foizga yetdi.
Import hajmining o‘sish tendensiyasi saqlanib qoldi. Mazkur davrda, tovarlar importi 10,3 mlrd dollarni tashkil etib, 15,4 foizga o‘sdi.
Import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 2,5 foiz punktga oshib, 12,1 foizga yetdi. Bunda, aholi uchun muhim bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importida bug‘doy 27 foizga (1,4 mln tonna), shakar va shakar xomashyosi – 8,2 foizga (295 ming tonna), kartoshka – 39,1 foizga (306 ming tonna) oshgan bo‘lsa, kungaboqar yog‘i – 4 foizga (117 ming tonna) qisqardi.
Respublikaga yuborilgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizga oshib, 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
Joriy yilning I yarmida O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari ijrosi 94,7 trln.so‘m, xarajatlari ijrosi 113,3 trln.so‘m, taqchilligi (tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar bilan birga) 18,5 trln.so‘m tashkil etdi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari ijrosi – 91,3 trln so‘mni, xarajatlari – 98,3 trln so‘mni tashkil etib, taqchilligi 6,9 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tushumlari 3,4 trln.so‘m, xarajatlari 12,0 trln.so‘m, taqchilligi 8,6 trln.so‘mni tashkil etdi.
2021 yil yakuni bilan Davlat byudjeti xarajatlari (Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa maqsadli jamg‘armalarsiz) yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21 foiz prognoz qilingan bo‘lsa, joriy yilning I yarmida bu ko‘rsatkich 25 foizni tashkil etib, yalpi talabni oshiruvchi omil sifatida xizmat qildi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kredit qo‘yilmalari yil boshiga nisbatan 8,7 foizga, o‘tgan yilning shu davriga
nisbatan 23,4 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot nominal hajmining yillik hisobdagi 19,7 foizlik o‘sishiga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi.
Ipoteka bozorida tijorat banklari tomonidan aholiga jami 1,7 trln so‘mlik ipoteka kreditlari va 87,4 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratilgani talabni rag‘batlantirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu bilan birga, 2021 yil 1 iyul holatiga:

  • jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 62 trln so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 12,6 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,4 foizga ko‘p;

  • fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga 8,0 trln so‘m, yil boshiga nisbatan 21 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko‘p;

  • boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan jami kreditlar qoldig‘i 72,5 trln so‘m, yil boshiga nisbatan 3,6 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Joriy yilning 1-yarmida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga o‘sib, 103 trln so‘mni tashkil etdi.
Markazlashgan investitsiyalar
2021 yilning dastlabki 6 oyida markazlashgan resurslar hisobiga

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish