Mundarija kirish 2


Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2020 yilgi ijrosi hamda 2021 yilgi kutilayotgan yakunlari



Download 4,95 Mb.
bet3/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

asosiy yo‘nalishlari
    1. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2020 yilgi ijrosi hamda 2021 yilgi kutilayotgan yakunlari.


O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
2020 yilgi ijrosi to‘g‘risida.
2020 yilda Xitoy Xalq Respublikasida boshlangan COVID-19 pandemiyasi sababli kelib chiqqan global inqiroz jahon iqtisodiyotining o‘sish tendensiyasini salbiy tomonga o‘zgartirib, dunyo mamlakatlarining olib borayotgan o‘z ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlarini keskin ravishda o‘zgartirishga majbur etdi. COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq global inqiroz O‘zbekiston iqtisodiyotini ham chetlab o‘tmadi.
2020 yilda Jahon iqtisodiyotida yetkazib berish zanjiri uzilishi, karantin choralari ko‘rilishi natijasida, Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2021 yil aprel oyidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti 3,3 foizga qisqargani aytildi. Bunda, rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti – 4,7 foizga, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan hamda rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti
2,2 foizga qisqargan.
Shuningdek, 2020 yilda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti 3,0 foizga, Qozog‘iston – 2,6 foizga, Koreya Respublikasi – 1,0 foizga qisqargan bo‘lsa, Xitoy iqtisodiyotida 2,3 foizga, Turkiyada – 1,8 foizga o‘sish kuzatildi.
Butun dunyo iqtisodiy retsessiyaga uchraganiga qaramay, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirish va amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar hamda COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan fiskal va monetar choralar natijasida 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti ijobiy iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qoldi.
Xususan, sanitariya-gigiena tadbirlarini amalga oshirish, COVID-19 virusini yuqtirgan odamlarni davolash, iqtisodiyotning eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali pandemiya oqibatlarini yumshatish tadbirlariga 76,6 trln. so‘m miqdordagi mablag‘lar yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tadbirlarning 16,1 trln. so‘mi miqdori to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘lsa, 60,5 trln. so‘mi bilvosita qo‘llab- quvvatlashlarni tashkil etadi. Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashlarning 12,8 trln. so‘m miqdoridagi qismi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tomonidan, 3,3 trln. so‘m miqdoridagi qismi esa Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan. Shu bilan birga, bilvosita qo‘llab- quvvatlashlarning 57,3 trln. so‘mi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun
ajratilgan revolver kreditlar va kredit muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq mablag‘larni tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 3,2 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar soliq-bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar hamda jarima sanksiyalarining qo‘llanilmasligi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etdi.
Ushbu tadbirlar doirasida, pandemiya davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va daromadlari keskin kamayishini oldini olish bilan birga iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari uchun jami 12,8 trln.so‘m xarajatlar amalga oshirildi;
3,2 trln. so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari berildi;
30,1 trln. so‘mlik tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratildi;
26,6 trln. so‘mlik kreditlar qaytarish muddati uzaytirildi;
davlat ulushi bor korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan
12 foizga kamaytirildi;
2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar 1 764 ta turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub’ektlariga mol-mulk va yer solig‘idan 69,1 mlrd. so‘m miqdorida imtiyoz berildi;
17 247 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlarining 2020 yil aprel va may oylari uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan umumiy hisobda 29,5 mlrd. so‘mlik qarzlari, jumladan mol-mulk solig‘idan 11,6 mlrd. so‘m va yer solig‘idan 17,9 mlrd. so‘m kechib yuborildi;
4 490 ta muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud tadbirkorlarga nisbatan 1 781,5 mlrd. so‘m jarimalar qo‘llanilmadi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga 1 oktyabrgacha ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga pasaytirilishi natijasida 247 286 ta tadbirkorlar ixtiyorida 155,3 mlrd. so‘m qoldirildi;
may-iyun oylari ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytirilishi natijasida 232 075 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlarining 220,7 mlrd. so‘m mablag‘lari o‘z ixtiyorida qoldi;
import qiluvchilar uchun bojxona boji hamda aksiz solig‘i bo‘yicha 63 mlrd. so‘m va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 811 mlrd. so‘m miqdordagi soliq to‘lovlari kechiktirib berildi.
Aholi farovonligini oshirish bo‘yicha:
Kam ta’minlangan oilalarni koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:
mart-iyun oylarida to‘lash muddati tugaydigan ijtimoiy nafaqalar ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash muddatlari uzaytirildi;
ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lashning amaldagi tartib- taomillari soddalashtirildi.
2020 yilning mart oyida 569 ming oilaga ijtimoiy nafaqa to‘lovlari to‘langan bo‘lsa, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash natijasida joriy yilning dekabr oyida yana qo‘shimcha 631 ming nafar oilaga nafaqa to‘lovlari tayinlangan holda jami ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 1,2 millionga yetkazildi.
Natijada, 2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 1,7 foizga o‘sib, 602,6 trln. so‘mni yoki aholi jon boshiga hisoblaganda 17,6 mln. so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal 11,7 foizga o‘sgan (real 0,2 foizga tushgan).
Yalpi ichki maxsulot o‘sish sur’ati qurilish ishlari hajmining 9,2 foizga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining 3,0 foizga (sanoat tarmog‘ining 0,7 foizga, xizmatlar sohasining 0,5 foizga) ko‘payishi hisobiga ta’minlandi.
2020 yilda investitsion faollik pasayishi kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2019 yilga nisbatan 4,4 foizga qisqardi va 210,2 trln. so‘mni (yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 34,9 foizni) tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 59,2 foizi yoki 124,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 40,8 foiz yoki 85,8 trln. so‘m moliyalashtirildi.
O‘tgan yili 93,2 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
Tashqi savdo aylanmasi 36,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 13,1 foizga qisqardi. Bunda eksport 13,4 foizga, import esa 12,8 foizga qisqardi. Eksport xajmining pasayishiga asosan energiya va neft mahsulotlari eksportining 73,9 foizga keskin qisqarishi ta’sir ko‘rsatgan.
2020 yilda 5 ta asosiy tashqi savdo hamkorlarimiz bilan savdo hajmi qariyb 3,5 mlrd. AQSh dollariga kamaygan. Jumladan, savdo hajmi Xitoy bilan 1 188,6 mln. AQSh dollariga, Rossiya Federatsiyasi bilan 986,2 mln. AQSh dollariga, Qozog‘iston bilan 306,0 mln. AQSh dollariga, Turkiya bilan 423,2 mln. AQSh dollariga va Koreya Respublikasi bilan 613,0 mln. AQSh dollariga qisqargan. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi MDH
davlatlari bilan 18,2 foizga kamaygan bo‘lsa, boshqa davlatlar bilan
10,3 foizga qisqargan.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish