Yong’in sodir bo’lganda xarakat qilish tartibi
13. Har bir fuqaro yong’inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:
a) zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o’rinlarda — FVV) yong’in-qutqaruv bo’linmasiga xabar berish (xabarda voqyea sodir bo’lgan manzil, yong’in chiqqan joy va o’zining familiyasini aytish);
b) odamlarga xabar berish va ularni evakuasiya qilish choralarini ko’rish;
v) imkon qadar mavjud yong’inni o’chirishning birlamchi vositalari bilan yong’inni o’chirish choralarini ko’rish.
14. Yong’in joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs):
a) odamlar hayotiga xavf tug’ilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini ko’rishga;
b) zarur bo’lganda elektr energiyasini (yong’inga qarshi himoya tizimidan tashqari) o’chirish, yuklarni tashishga mo’ljallangan moslamalar, agregatlar, apparatlarning ish faoliyatini to’xtatish, xom ashyo, gaz, bug’ va suv kommunikasiyalarini yopib qo’yish, avariya ro’y bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini to’xtatish, xonalar tutun bilan qoplanishi va yong’in tarqalishining oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni ko’rishga;
v) yong’inni o’chirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni to’xtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bo’yicha mumkin bo’lsa);
g) yong’inni o’chirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga;
d) yong’in-qutqaruv bo’linmalari yetib kelgunga qadar (obyektning o’ziga xosligini hisobga olgan holda) yong’inni o’chirishda umumiy rahbarlik qilishga;
ye) yong’inni o’chirishda ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini ta’minlashga;
j) yong’in o’chirish bilan bir vaqtda odamlarni evakuasiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkil etishga;
z) yong’in-qutqaruv bo’linmalarini kutib olishni va yong’in sodir bo’lgan joyga qisqa yo’l bilan olib borishni tashkil etishga majbur.
15. Tashkilot (obyekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yong’in-qutqaruv bo’linmasi yong’inga yetib kelishi bilan yong’inni o’chirish rahbariga yong’in joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yong’inni o’chirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yong’inni o’chirish bo’yicha ko’rilgan choralar haqida axborot berishi kerak.
16. Tashkilot (obyekt) rahbari (mansabdor shaxsi) yong’inni o’chirish shtabi tarkibiga kiritilganda:
a) yong’inni o’chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlashga;
b) obyektning xususiyatlari, tutash bino va inshootlar haqida yong’inni o’chirish rahbariga ma’lumot taqdim etishga;
v) yong’inni o’chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalar bajarilishida obyekt xodimlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga majbur.
Do'stlaringiz bilan baham: |