13-MAVZU. Amaliy mashg‘uIot Harakat (psixomotor) holatining darajasini
o‘lchash usullari.
Reja:
1. Harakat holatining darajasini o‘lchash usullari.
2. “Lineogrammalar” ning qo’llanilishi.
Lineogrammaning miokinetik psixodiagnostikasi (Ye.Mirai - Lopes).
“Lineogrammalar” subtestining faqat bitta testi - psixomotor tonusni (PT)
aniqlashga mo‘ljallangan, vertikal, ya’ni tik lineogrammalar qo‘llaniladi.
Bu usul shunday bir tamoyilga asoslaganki, unga muvofiq har bir harakatni
qilish istagi o‘sha harakatni ta’minlashi kerak bo‘lgan muskul guruhlaridagi (uni
bajarish xohishi) muayyan bosim ostida yuz beradi (postural tonusning kuchayishi
bilan), va harakatni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muskullar guruhi o‘zlarining
postural tonusida tormozlangan holatda bo‘ladi.
Agar odamda u yoki bu haraktni bajarish istagi tez – tez paydo bo‘lib tursa,
unda uning uchun odatiy neyromuskul harakatlar shakllanib, odatiy motor
harakatlar qaror topadi. Ayni shunday harakat steriotiplarini MKP (miokinetik
psixodiagnostika) usuli aniqlab beradi.
Psixomotor tonus, ya’ni harakatlanishdagi kuchlanish (bosim) va uzoq davom
etadigan statistik harakatlarga chidamlilik qobiliyati testda shakllar o‘rnini tik
yo‘nalish bo‘yicha (qayta tiklovchi 10-chiziqning o‘rtasidan ko‘rishni nazorat
qilmay turib, 40 mm. li etalon bo‘yicha, uning markaziga nisbatan) almashtirib
qo‘yish tarzida namoyon bo‘ladi. Shakllarning tushib ketishi psixomotor tonusning
pasayganligidan dalolat beradi. Tadqiqotning ushbu qismi, shuningdek,
charchoqlik holatini ham aniqlashga yordam beradi. O’ng qo‘lning rasmida chap
qo‘lga nisbatan PTning 5-8 T-me’yordan ham ko‘proq tushib ketishi
charchoqlikdan dalolat beradi.
O’ng qo‘lning PT darajasining ko‘tarilishi esa psixomotor harakatchanlikdan
dalolatdir. Holatning optimal darajasi v + 0 zonasidir.
Test natijalari uzoq vaqt bir xil, ham statistik ham dinamik jihatdan ishchi
pozasini saqlab turishni talab etuvchi sport turlarida (miltiqdan o‘q otish, eshkak
eshish, velosport, yugurish, chang‘i poygalari, konki, suzish va hokazolar)
nihoyatda yuqori prognostik qiymatni ko‘rsatdi. Testning kompyuter varianti ham
mavjud. (Ye.A. Kalinin, M.N. Nelopets, 1993-yil) 2 - rasmga qarang.
Dozalangan temping-test. Ushbu usul turli sport turlarida sportchilarning
harakat sur’atini, ya’ni tempini his qilishini o‘lchashga mo‘ljallangandir. Sinovga
jalb etilgan sportchi qo‘l harakatlarini cheklovchi qalam yordamida o‘n soniya vaqt
ichida o‘zi harakat qilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori tempda, ya’ni sur’atda
birinchi to‘rtburchak ichiga nuqtalar qo‘yadi (max). So‘ng yana o‘n soniya vaqt
ichida ikkinchi kvadratga birinchi tezligining yarmisiga teng bo‘lgan tempda (Ѕ),
harakat sur’atining har hilligini namoyish qilgan holda nuqtalar qo‘yadi. (0,5 max)
natija quyidagi tarzda hisoblanadi:
Real qiymat bunda 0.600 + 0.050 atrofida bo‘ladi. Koeffitsientning kuchayishi
tezkor harakatga bo‘lgan intilishning o‘sishidan dalolat beradi. "K" qiymatdagi
0.850 zonalarda psixomotor qo‘zg‘alish va, o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish
holatlari kuzatiladi. "K" ning 0.450 dan pastga tushishida esa psixomotor
tormozlanish, kuchni ehtiyot qilishga intilish yoki shunchaki charchoq halatiga
duch kelishni kuzatamiz.
Dozalangan dinamometriya. Ushbu usul turli sport turlarida harakat
jaraynidagi kuchning darajasini his qilishni o‘lchashga mo‘ljallangandir. Amaliyot
shuni ko‘rsatdiki, ushbu mezon nafaqat sportning kuch ishlatiladigan turlarida
(kurash, gimnastika va hokazo) muhim ahamiyat kasb etadi, balki murakkab -
texnik sport turlarida ham o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Masalan, yuqori
malakali basketbolchilarning kuch darajasini his qilish tuyg‘usi bilan ularning
jarima to‘plarini savatga aniq tashlashlari o‘rtasidagi aloqadorlik 0.90 (R = 0.01)
gacha yetadi. Bu usul standart dinamometrda o‘ng qo‘l bilan bajariladi. Birinchi
harakatda maksimal darajada siqiladi, ikkinchi harakatda esa o‘sha maksimal
darajaning yarmisiga erishiladi. Natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish huddi
temping-testdagi kabi bajariladi.
Dozalangan kinematometriya. Bu usul sinovga jalb etilgan shaxsning fazoviy
sezuvchanligini va koordinatsiyasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bu usul
Jukovskiy tomonidan ixtiro qilingan kinematometrda amalga oshiriladi. Birinchi
urinishda sinovga jalb etilgan shaxs 5 ta dastlabki urinishlardan so‘ng 20 gradusli
burchakni ko‘zini yumgan holda o‘lchab beradi. Keyin huddi shunday tarzda 70
gradusli burchakni o‘lchaydi. O’rtacha "X" hamda ideal ko‘rsatkich kichik
amplituda va katta amplitudagi tafovutlardan hisoblab topiladi.
Sportning murakkab koordinatsiyalangan turlarida sportchining mashqlangan
holatida bu tafovutlar 100% dan + 3 - 5 % dan oshmaydi. Mashqlangan holatini
yo‘qotishda birinchi navbatda kichik amplitudali harakatlarning aniqligida
ifodalanadi. Chunki bu ko‘rsatkich boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zining
beqarorligi bilan alohida ajralib turadi. Katta amplitudalardagi 15-20 % tafovutlar
musobaqa oldidan, sportchilar mashqlarni texnik jihatdan noto‘g‘ri bajarganliklari
uchun jarohat olgan hollarda kuzatiladi.
Psixik holatni diagnostika qilish psixologik, psixoenergetik, psixo(senso)
motor, guruh testlari tarkibiga kiruvchi boshqa usullar bilan ham amalga oshirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |