-4 0 0 -4 5 0 °C (420-490 °C )- o'rta moy fraksiyasi (mashina moylari):
- 450-490 °C - og'ir moy fraksiyasi;
- 490 °C va undan yuqori °C - gudron).
Mazut va undan olinadigan fraksiyalar qoramtir fraksiya deb nomlanadi.Ikkilamchi haydashdan olingan mahsulotlar ham 350°C gacha haydalsa huddi birlamcbi haydashdagiga o'xshab tiniq holatda bo’ladi.350°C va undan ortiq haroratdan oshgach, qoramtir fraksiya hosil bo'ladi.
NEFTNING FIZIK - KIMYOVIY XOSSALARI
Neft va neft mahsulotlari turli tarkibli, murakkab strukturaga ega moddalardan, har xil geteroatomli organik birikmalardan iborat aralashma bo‘lganligi uchun, bunday murakkab aralashmalarni bir-biridan ajratib olib. tahlil qilish ko‘p vaqt talab qiladi. Shuning uchun neft va neft mahsulotlari xomashyosi sifatini aniqlashda ko'pincha texnik analiz ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Neft va uning fraksiyalari va oxirgi neft mahsulotlarining fizik-kimyoviy xossalariga ularning fizik xossalari va kimyoviy tarkibini xarakterlovchi ko'rsatkichlar kiradi.
Neft va neft mahsulotlarining xossalarini o'rganishda bir necha usullardan foydalaniladi;
1 ) kimyoviy - analitik kimyoning klassik usullaridan:
2 ) fizikaviy — bunda quyidagi xossalari aniqlanadi: zichligi (soIishtirma og'irligi). qovushqoqligi. erish harorati. qotish va qavnash harorati, yonish issiqligi, molekulyar massasi va boshqa shartli ko'rsatlichlaridan:
4) maxsus usullar - motor yoqilg'iIarining oktan va setan sonlarini aniqlash, yoqilg'i va moy mahsulotlarining kimyoviy turg'unligi,korrozion faolligi, chaqnash va o'z - o'zidan alangalanish haroratlarini aniqlash va boshqalar
Neft va neft mahsulotlarining zichligi
Zichlik (solishtirma og'irlik) - modda massasining lining hajmiga nisbatidir. Zichlilning xalqaro birligi (SI) — kg/m3. Neftlar va ular tor fraksiyalarining zichligini absolut va nisbiy kattaliklarda ifodalash qabul qilingan.Absolut zichlik - normal harorat (20 °C) da birlik hajmning massasi bo'lib, kg/m3 yoki g/sm3 da o'lchanadi.Nisbiy zichlik. - o'lchamsiz kattalik bo'lib, ma'lum haroratlardagi neft mahsuloti zichligini suvning zichligiga nisbati bilan ifodalanadi.
O'zbekiston Respublikasida tn= 20 °Cva ts= 4 °C qabul qilingan. Shu sababli nisbiy zichlik p20/4deb belgilanadi. Bu holatda absolut (g/sm'da) va nisbiy zichliklar miqdoran bir xil qiymatga ega, chunki suvning 4 °C dagi zichligi 1 ga tengdir.Chet elda masalan. AQSH va Angliyada tnva tsqiymatlari 15,6°C (60 °F) qabul qilingan va shuning uchun nisbiy zichlikni deb belgilash qabul qilingan. Zichliklar o'zaro quyidagi munosabat bilan bog'langan:
Сhet el ilmiy adabiyotlarida neft mahsulotlarining zichlik o'lchovi sifatida graduslarda o'lchanuvchi ARI keng qo'llaniladi. U р15/15 bilan quyidagicha bog'langan:
Neftning molekulyar massasi
Molekulyar massa - neft va neft mahsulotlarining muhim ko'rsatk ichlaridan biridir. Bu ko'rsatkich neftning u yoki bu fraksiyalarining tarkibiga kiruvchi moddalarning o’rtacha molekulyar massa qiymatini belgilab beradi va neftdagi mahsulotlaming tarkibi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Molekulyar massa neftni qayta ishlash zavodlaridagi uskunalar hisobi uchun muhim ahamivatga ega. Molekulyar massasi moddalarning qaynash haroratlari bilan bog'liq bo'lib, u neftning molekulyar refraksiyani aniqlashda va neft fraksiyalari kimyoviy tarkibining strukturaviy tuzilishlarini xarakterlashga imkon beradi.Molekulyar massasi bir necha usuilar bilan aniqlanadi: krioskopik ebulioskopik va ayrim vaqtlarda osmik usullar bilan aniqlanadi.
Qovushqoqlik
Qovushqoqiik - suyuqlik (gaz)ning bir qismini ikkinchi qismiganisbatan harakat qilayotgan vaqtda hosil bo’ladigan qarshilikdir.Qovushqoqiik uch xil bo'Iadi: dinamik. kinematik va shartli qovushqoqlik.Dinamik qovushqoqlikning xalqaro miqivosidagi birligi deb bir sekunddagi Paskal (Pa/s) qabul qilingan. Bu suyuqlikning 1 m2 ga teng ikki qatlamining bir biriga nisbatan J m/s tezlikda qo'yilgan 1 N kuch ta'sirida 1m ga surilganida sodir bo'lgan qarshilikka tengdir. Dinamik qovushqoqlikka teskari birlik moddaning oquvchanligi deyiladi.Kinematik qovushqoqlik deb dinamik qovushqoqlikni aniqlayotgan haroratdagi moddaning zichligiga nisbatiga aytiladi, birligi m2/s.Neftni qayta ishlashda. asosan, kinematik qovushqoqiik (m2/s yoki mm2/s) qo'llaniladi. Qovushqoqligi yuqori bo'lgan og‘ir neft mahsulotlarining qovushqoqligini aniqlash murakkab bo'lib, ularni suyuqlik kapillyar yordamida emas. balki nasadka (N) ning kalibrlangan teshigi oqizish orqali tushirib aniqlash mumkin.Shu yo’l bilan aniqlangan qovushqoqiik shartli qovushqoqlik deyiladi
Neft va uning mahsulotlari sifatini baholash uchun nisbiy (shartli) qovushqoqlikdan foydalaniladi. Berilgan suyuqlikning shartli qovushqoqligi uning aniq haroratdagi suvning qovushqoqligidan qancha katta yoki kichik ekanligini ko‘rsatadi. Suyuqlikning qovushqoqligi qancha katta bo‘lsa uning harakatlanishi davomida qarshilik kuchi katta bo‘ladi va aksincha qovushqoqligi kichik suyuqlikning harakatida qarshilik kuchi kichik qiymatlarda bo‘ladi.
Neftning tarkibida har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan turli fraksiyalar mavjud bo‘lganligi uchun uning qovushqoqligi suvning qovushqoqligidan bir necha martalab yuqori bo‘ladi. Haroratning oshishi bilan neftning qovushqoqligi pasayadi.