Mundarija: I. Kirish



Download 0,95 Mb.
bet2/7
Sana14.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#794185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Neftning fizik va kim xossalari Kurs ishi

Neft va gazni qayta ishlash jaravonidan hosil boigan mahsulotlardan har xil sun'iy tolalar (kapron, neylon, viskoza. jersi va h.k.), plastmassalar, kauchuk va rezinalar, sirt - faol moddalar, mineral o 'g ’itlar,sun'iy tolalar (nitron, kashmilon). spirtlar, yog'lar, dori - daritionlar.hattoki oqsillar ishlab chiqariladi.Turli xildagi yonuvchi qazilma boylik turlari bo'lgan (tabiiy energiva tashuvchilar) ko'mir, torf, neft va tabiiy gaz insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum.Neft. tabiiy gaz, gaz kondensatlari - hozirgi vaqtda dunyodagi asosiy energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Vatammizning kuch qudrati. uning tez suratlar bilan rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetishishi neft va gaz sanoatming rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir.Shu sababli neftning tarkibini va undan olinadigan mahsu lotlarining xossalarini o'rganish katta ahamiyatga ega





NEFTNING ASOSIY XOSSALARI

Zichlik. Neft va uning mahsulotlarining zichligi nisbiy va absolyut zichliklarda ifodalanadi. Nisbiy zichlik neft va uning mahsulotlarining t2 haroratdagi zichligining distillangan suvning t1 haroratdagi zichligiga nisbatini ifodalaydi. Respublikamizda neft nisbiy zichligini aniqlashda uning = +20oS dagi zichligi va suvning =+4oS dagi zichligi qiymatlari nisbatidan foydalanish qabul qilingan. Suvning = +4oS dagi zichligi 1 ga teng bo‘lganligi uchun nisbiy va absolyut zichliklar qiymatlari o‘zaro teng bo‘ladi.Neftning absolyut zichligi uning hajm birligidagi massasiga teng, ya’ni

; ;

bu yerda: m – neftning massasi, kg yoki g;

V - neftning hajmi, m3 yoki sm3

Neftning zichligi uni tashkil etuvchi past haroratlarda qaynaydigan yengil va yuqori haroratlarda qaynaydigan og‘ir fraksiyalari miqdori va ularning kimyoviy tarkiblariga bog‘liq. Masalan bir xil yuqori haroratlarda qaynaydigan parafin uglevodorodlar eng kichik zichlikka, aromatik uglevodorodlar esa eng yuqori zichlikka, naftenli uglevodorodlar esa taxminan o‘rtacha zichlikka ega. Shuning uchun neft uchun zichlik asosiy tavsifnomalardan biri hisoblanadi.

Neft haroratining oshishi bilan uning zichligi kamayib boradi, neft hajmi esa ortadi, va aksincha. Zichlikning haroratga bog‘liqligi D.I. Mendeleyev formulasi bilan ifodalanadi:


(t - 20) yoki (t - 20); (1)
bu yerda: - t haroratdagi neftning nisbiy zichligi;
- 200C haroratdagi neftning nisbiy zichligi;
a - zichlikning haroratga bog‘liqlik koeffitsiyenti.

Neftlarni ko‘p hollarda zichligi bo‘yicha, ya’ni ularning bir birlik hajmdagi massasi bo‘yicha farqlanadi. SI tizimidagi zichlik birligi- kg/m3, SGSE tizimida esa g/sm3 bilan o‘lchanadi.

Agar neftli idishga suv quyilsa, neft suv ustiga suzib chiqadi (ayrim hollar bundan mustasno). Neft odatda suvdan yengil. 200S haroratda o‘lchangan neft zichligi 40S da o‘lchangan suv zichligiga nisbati neftning nisbiy zichligi deyiladi. Neft nisbiy zichligi 0,510,84 oraliqlarda bo‘lsa yengil neftlar, 0,850,90 oraliq qiymatlarda bo‘lsa o‘rtacha neftlar, 0,90 dan yuqorisi esa og‘ir neftlar deyiladi. Og‘ir neftlar tarkibida siklik uglevodordlar miqdori ko‘proq bo‘ladi. Neftning zichligi va rangi o‘rtasida ham bog‘liqlik bor: och rangdagi neftlarning zichligi to‘q rangdagi neftlarning zichligiga qaraganda kamroq. Quyidagi qonuniyat ham mavjud: neftda smola va asfaltenlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning zichligi shuncha yuqori bo‘ladi.

Qatlam sharoitidagi neftlarning fizik xossalari yer ustiga olib chiqilgan va gazsizlantirilgan neft xossalaridan farq qilib, uning xossalari haroratga, bosim ta’siriga, neftda gazning eruvchanligi va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Qatlam sharoitida yuqori bosim va haroratlarda neft tarkibida erigan gazlar bo‘lib, uni qazib olgandan so‘ng yer ustida oddiy atmosfera sharoitlarida bo‘ladi va tarkibidagi erigan gazlar ajralib chiqadi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish