Foydalanilgan adabiyot
Masharipov SH.M., Ergashev F.A. Metrologiya va standartlashtirish. Uslubiy qo‘llanma – ToshDTU, 2019.
Bekmurodov Ch.A, Mirpayziyeva G.M Metrologiya asoslari (Amaliy metrologiya qismi).Uslubiy ko’rsatmalar –Toshkent, ToshDTU,2022
https//.standart.uz
https//.norma.uz
https//lex.uz
20
I.A KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI
“METROLOGIYA, TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH”
KAFEDRASI
“METROLOGIYA ASOSLARI “fanidan
KURS ISHI
MAVZU:MAISHIY ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR ENERGIYA- SINI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH
Raxbar: Rahmatullayev.S.A
Bajardi: 149-20 guruh talabasi Samijonov.D.M
TOSHKENT-2022
KIRISH
Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan davrda tabiiy resurslar (gaz suv elektr energiyasi) moddiy boyliklarning o’rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma’lumki hozrgi davrda elektr energiyasisiz hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi. Energiya sarfini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik davlat va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni stabil tarzda olib borishda elektr hisoblagichlarning o’rni muhim o’rin tutadi. Aholining kommunal xizmatlardan yuzaga kelayotgan qarzdorliklariga ana shu holat, ya’ni hisoblagichlarni qiyoslov ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tkazilmayotganligi ham sabab bo‘layotganiga ko‘p bor guvoh bo‘lyapmiz. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat reyestriga kiritilgan hamda davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda qo‘llanilib kelinayotgan gazni hisobga olish priborlari davriy qiyoslash o‘tkazilganidan so‘ng foydalanishga yo‘l quyiladi. Xalq xo‘jaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi o‘lchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat.
Respublikamizda faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalargina maishiy hisoblagichlarni qat’iy belgilangan narxlarda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega. “O‘zstandart” agentligi xodimlari xonadonlarda yurib, qiyoslash ishlarini olib bormaydilar! Ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar “O‘zstandart” agentligi vakolatiga kirmaydi, o‘z navbatida ta’mirlash korxonalari hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega emas.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |