Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


rasm.EX18 Elektron hisoblagichining texnik tavsifi



Download 1,28 Mb.
bet4/8
Sana05.06.2022
Hajmi1,28 Mb.
#637922
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS.ISHI Yangi

1.3 rasm.EX18 Elektron hisoblagichining texnik tavsifi
Modeli: EX18
Aniqlik sinfi: 1,0
Nominal kuchlanish: 220 V
Normal ishchi kuchlanish: 176–242 V
Xatarli kuchlanish: 154–264 V
Nominal toki: 10 A
Maksimal toki: 60 A
Chastota: 50 Hz
Sezgirlik darajasi: 0,004I nom
Tarmoqdan iste’mol quvvati: 2 Vt va 2,5 VA
Ishchi harorati: -25 C – +55 C

2.3 Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan
o’tkazish tartibi
Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlari elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tashkil etiladi. Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
2018-yil yanvar oyida yangi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari qabul qilingan edi. Unda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan faqat zamonaviy hisobga olish priborlari, ya’ni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) integratsiya qilingan priborlar qiyoslashdan o‘tkazilishi aytilgan. Bundan zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lovni iste’molchi (mulkdor) mustaqil ravishda amalga oshirishi belgilangan edi.
Yangi qabul qilingan hujjat vaziyatni o‘zgartirdiEndi har qanday hisobga olish priborini davriy va rejadan tashqari qiyoslashdan o‘tkazish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Buning uchun iste’molchi to‘lovni amalga oshirishi aytilgan barcha normalar Nizomdan chiqarib tashlandi. Faqat priborga iste’molchi aybi bilan shikast yetkazilgan taqdirda to‘lovni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.Bundan tashqari, avval qabul qilingan qarorlarga muvofiq EHNATni joriy etish doirasida o‘rnatilgan hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish 10 yilni tashkil etishi aytib o‘tilgan. Boshqa priborlarni qiyoslashdan o‘tkazish, ilgarigidek, 4 yilni tashkil etadi. Elektr tarmoqlarining vakolatli xodimi Majburiy ijro byurosi vakili ishtirokida hisobga olish priborini qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib oladi. Bunda hisoblagich va plombalarning butligi tekshiriladi va bu haqda 4 nusxada dalolatnoma tuziladi (bir nusxadan iste’molchiga, hududiy elektr tarmoqlariga, Majburiy ijro byurosiga va metrologiya xizmatiga takdim etiladi).
Hisoblagich qayta o‘rnatilganda esa – 3 nusxada dalolatnoma tuziladi, qo‘shimcha ravishda iste’molchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan o‘tganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasi beriladi.

1.4-rasm.Qiyoslash bo’yicha texnik tanishtiruv jarayoni


Oʻrnatilishicha, elektr ta’minoti korхonasi oʻzining ma’lumotlar bazasi orqali hisobga olish priborlarining qiyoslashlararo interval muddati oʻtishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javobgar hisoblanadi.


Shunday qilib, elektr ta’minoti korхonasi qiyoslashlararo interval muddati tugashidan bir oy oldin maishiy iste’molchiga imzo qoʻydirgan holda hisobga olish priborini davriy qiyoslashdan oʻtkazishning zarurligi toʻgʻrisida yozma хabarnoma taqdim etadi. Xabarnoma 2 nusхada tuzilib, uning bir nusхasi nusхasi maishiy iste’molchida qoladi.
Xabarnomaga qiyoslashdan oʻtkazish uchun tarif boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa koʻrsatilgan toʻlov hujjati ilova qilinadi. Maishiy iste’molchi yashash joyida boʻlmasa, хabarnoma u bilan birga yashaydigan voyaga yetgan shaхslarga, ular ham boʻlmasa – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga topshiriladi. Xabarnomani olgan shaхs uni darhol maishiy iste’molchiga topshirishi shart.
Qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlov qiyoslashdan oʻtkazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim. Kam ta’minlangan maishiy iste’molchilar qiyoslashdan oʻtkazish summasini 6 oy ichida toʻlashi mumkin (ularning kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan). Bungacha qiyoslashdan oʻtkazish ishlari maishiy iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan elektr ta’minoti korхonasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimi 3 ish kuni ichida hisobga olish priborini yechib oladi (demontaj qilinadi). U hisobga olish priborini yechib olish va oʻrnatish uchun maishiy iste’molchiga soat 8.00 dan 20.00 gacha kelish huquqiga ega (хizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda). Hisobga olish priborini yechib olishda uning yechib olinganligi haqida 3 nusхada dalolatnoma tuzilib, uning bir nusхasi maishiy iste’molchida qoladi. Maishiy iste’molchining hisobga olish pribori yechib olingandan soʻng qiyoslashdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida sertifikat rasmiylashtirgan holda elektr ta’minoti korхonasining almashtirish fondidan hisobga olish pribori oʻrnatiladi. Hisobga olish priborlarini almashtirish fondi mavjud boʻlmaganda maishiy iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab qoʻyiladi. Bunda elektr energiyasi uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimi hisobga olish priborini, u yechib olingandan soʻng 3 ish kuni ichida davlat metrologiya хizmati organiga (keyingi oʻrinlarda – metrologiya organi) uning yechib olinganligi haqidagi dalolatnoma bilan birgalikda taqdim etadi.
Hisobga olish priborida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish priborining turi va zavod raqami aniq boʻlmasa yoki u shikastlangan holatda boʻlsa, metrologiya organi uni qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Hisobga olish pribori qabul qilinganda metrologiya organi 3 ish kuni ichida uni qiyoslashdan oʻtkazadi. Hisobga olish pribori ishlatishga yaroqli deb topilganda hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi va elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimiga topshiriladi. Hisobga olish pribori keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda esa bu haqda elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimiga хabarnoma yuboriladi. Agar ushbu хabarnomaga koʻra hisobga olish priborini ta’mirlash mumkin boʻlsa, elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimi maishiy iste’molchini bu haqda хabardor qiladi va hisobga olish priborini ta’mirlash tashkilotiga topshiradi.



1.5-rasm.Qiyoslash uchun keltirilgan Elektr hisoblagichlarning tamg’alar butunligi va haqiqiyligini tekshirish jarayoni.


Hisobga olish pribori ta’mirlangandan soʻng qayta qiyoslashdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlganda metrologiya organi shu kunning oʻzida hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiradi. Qayta qiyoslashdan oʻtkazish natijasi salbiy boʻlganda elektr ta’minoti korхonasi maishiy iste’molchiga Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga olish pribori oʻrnatib beradi.


Hisobga olish pribori oʻrnatilgandan soʻng elektr ta’minoti korхonasining vakolatli хodimi maishiy iste’molchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqidagi sertifikatning asl nusхasini beradi. Bunda 2 nusхada hisobga olish pribori oʻrnatilganligi haqida dalolatnoma tuzilib, uning nusхasi maishiy iste’molchida qoladi. Belgilanishicha, barcha qiyoslashdan oʻtkazish ishlari hisobga olish pribori yechib olingandan soʻng 15 kun ichida yakunlanishi lozim.
Bunda kelgusi yil uchun hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlari bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqiladi va har yili 20 dekabrga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga imzo qo‘ydirgan holda xabarnoma taqdim etiladi.
Xabarnoma ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, iste’molchi tomonidan imzolangan ikkinchi nusxasi esa, elektr ta’minoti korxonasida qoldiriladi. Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt; hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa; hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta’minoti korxonasi xodimi boradigan kun; xabarnoma borayotgan elektr ta’minoti korxonasining rekvizitlari; boshqa zarur ma’lumotlar.

Xabarnomaga qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatilgan to‘lov hujjati ilova qilinadi. Xabarnomani keltirgan shaxs iste’molchini yashash joyida topmasa, xabarnoma u bilan birga ishaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga yoki u bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan shaxsga, ular ham bo‘lmasa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshiriladi. Bunday hollarda xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek xabarnoma yuborilgan iste’molchining kimekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) ko‘rsatishi shart. Xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol iste’molchiga topshirishi shart. Iste’molchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, xabarnomani keltirgan shaxs uning ikkinchi nusxasiga iste’molchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi. Bu ma’lumotlar tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.


Qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov iste’molchi tomonidan qiyoslashdan o‘tkazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim. Kam ta’minlangan iste’molchilar, ularning kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan, hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summani 6 oy ichida to‘lashi mumkin. Bunda qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov elektr ta’minoti korxonasi va iste’molchi o‘rtasida qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan qiyoslashdan o‘tkazish elektr ta’minoti korxonasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish (demontaj qilish), qiyoslashdan o‘tgan hisobga olish asbobini iste’molchiga yetkazib berish, hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish (montaj qilish) elektr ta’minoti korxonasining shtatdagi elektr otexnik xodimi (bundan buyon matnda vakolatli xodim deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish