Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 0,72 Mb.
bet4/8
Sana25.04.2022
Hajmi0,72 Mb.
#581595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pardalilar yoki lichinkaxoralilar kenja tipining asosiy belgilari. Assidiyalar sinfi. Salplar va appendikulyariyalar sinfi . Pardalilarning kelib chiqish evalutsiyasi.

Qon aylanish sistemasi. Pardalilarning qoya aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldiga o`rnashgan. U muskulli xaltachadan iborat. Yurakning qarama-qarshi tomonlaridan ikkita qon tomiri chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qon tomiri deb ataladi va stigmalarga mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingisi ichak qon tomiri deb ataladi va ichki organlarga boradi. Astsidiya yuragining o`ziga xos xususiyati shundaki, u qonni dam u tomonga, dam bu tomonga qarab haydaydi. Shunday qilib, astsidiyaning har qaysi qon tomiri dam arteriya vazifasini, dam vena vazifasini bajaradi (4.1-rasm).
Urchish organlari. Assidiyaning ikkita jinsiy bezi — erkaklik va urg`ochilik bezlari oshqozonning ustiga joylashgan va bir-biriga taqalib turadi, pardalilarning hammasi germafroditdir. Jinsiy bezlari baravar yetilmaganligi natijasida bitta astsadiyaning o`zi ham erkaklik, ham urg`ochilik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bez-larda pishib yetishgan jinsiy hujayralar maxsus tuxum yo`li yoki urug` yo`li orqali atrial bo`shliqqa ochiladi. Undan kloaka sifoni orqali tashqariga - suvga chiqariladi va suvda urug`lanadi. Urug`langan tuxum — zigotaning rivojlanishi natijasida lichinka yetishib chiqadi. Lichinka voyaga yetgan astsidiyadan o`zining tuzilishi bilan keskin farq qiladi. Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bo`ladi. Dumi bo`ylab xorda joylashadi. Xordaning oldingi ustki tomonida nevrotseli bo`lgan nerv nayi joylashadi. Lichinkaning halqumida ko`p sonli jabra teshiklari joylashadi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi va bo`yi 0,5 mm cha keladi. Lichinka tezda suv osti jismlariga yopishib olib, refessiv metamorfoz davrini boshdan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv nayi yo`qolib ketadi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tugunchasiga aylanadi. Teri qoplag`ichlari burmasidan atriopor hosil bo`ladi. Shunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bo`lgan harakatchan lichinka asta-sekin o`troq holda yashovchi voyaga yetgan astsidiyaga aylanadi.
Jinssiz urchish vaqtida urg`ochi astsidiyaning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi kolbasimon bo`rtma — stolonlar hosil bo`ladi. Shu bo`rtmalarda kurtaklar paydo bo`ladi, barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.
Assidiyalarda ayirish organi rivojlanmagan.
Assidiyalar sinfi o`z ichiga 1000 ga yaqin to`rni oladi va uchta turkumga bo`linadi: yakka astsidiyalar, murakkab astsidiyalar va olovtanlilar.
Yakka astsidiyalar turkumining vakillari 2-3 mm dan 40-50 sm gacha uzunlikda bo`ladi. Bularning ichida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan, sharsimon astsidiya suv tagi bo`ylab harakat qiladi.
Kolonial assidiyalarning kurtaklaridan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutashgan bo`ladi. Bu aloqalar turlicha bo`ladi. Masalan, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o`rab olinadi va ularda bitta umumiy kloaka sifoni bo`ladi.
Urug`lanish koloniyalar o`rtasida sodir bo`ladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya o`rtasida urug`lanish bo`lmaydi. Lichinkaxordalilar juda sodda tuzilgan va har xil tarzda hayot kechiradigan dengiz hayvonlaridir. Voyaga yetganlarining juda ko`pchiligi nerv nayi va xordasining bo`lmasligi bilan boshqa xordalilardan farq qildi. Lichinkalik davrida bu belgilar ularda aniq ko`rinib turadi. Gavdasi tashqaridan maxsus parda-tunika bilan qoplangan. Tunika himoya ahamiyatiga ega bo`lib, o`troq yoki yarim o`troq hayotga ko`chish natijasida hosil bo`lgan. Tunika kelib chiqishi jihatidan teri epiteliysi va ular orasidagi mezenximatoz hujayralar ajratgan mahsulotdir. U o`zining kimyoviy tarkibiga ko`ra o`simlik sellyulozasiga yaqin turadi va shu moddaning hayvonot olamida ham borligini ko`rsatadigan yagona misol hisoblanadi.
Pardalilarning hammasi germafroditdir. Bular jinsiy va jinssiz yo`llar bilan ko`payadi. Yakka-yakka yoki koloniya bo`lib o`troq hayot kechiradi, ba'zilari erkin suzib yashaydi. O`ta passiv, ya'ni suvni filtratsiya qilib oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi tutash emas.
Bu kenjatip uchta sinfga: assidiyalar (Ascidiae), salplar (Salpae), appendikulyariyalar (Appendiculariae)ga bo`linadi.





Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish