Pozitiv yondashuv – iqtisodiy subyekt qabul qilgan qarorni obyektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama-qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga nisbatan subyektiv baho berish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi.
Iqtisodchilar foydalanadigan tadqiq qilishning eng asosiy usullaridan biri iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdir.
Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko‘rinishda yaqqol namoyon etuvchi bir ko‘rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘qligida yoki olish mumkin bo‘lmagan xolatlarda, iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda modellarning umum qabul qilingan tasnifi yo‘q, lekin iqtisodiy model quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Mazmunan boyligi
Qabul qilingan qarorlarning haqiqiyligi
Ular (qarorlar) asosida muhim bashoratlarni qabul qilish imkonining mavjudligi.
Axborot ta’minotining mavjudligi
Tekshirish imkoniyatining mavjudligi
Mikroiqtisodiyot yunoncha «mikro» - «kichik» so'zidan olingan bo'lib, iqtisodiyotning hal qiluvchi dastlabki bo'g'ini bo'lgan firma, korxona va undan ham kichik bo'lgan korxonalar, mikrofirmalar, turli xil xalq xo'jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaravchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta'sirida sodirbo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni, iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namoyon bo'lish shart-sharoitlarini, oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydi.
Bujarayonda — iste'molchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar, xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhim rol o'ynaydigan har qanday individ, ya'ni jismoniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari., Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi uning diqqat-markazida turadi.
Iqtisodiy voqealar, hodisalar, jarayonlarru ma'lum davrdagi natijalarini, holatini baholash, tahlil qilishda va umuman, «Mikroiqtisodiyot» fanini o'rganishda ko'proq quyidagi tushunchalar bilan ish ko'riladi:
•foydali xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlar (moddiy ne'matlar
vaxizmatlar).
Tovarlar — fizik tabiati, xususiyatlari, foydalanishga yaroqli bo'lgan va joy la vaqti, hajmi kabi tomonlari bilan farqlanadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati baholashda turlichadir:
tovar mahsuloti;
realizatsiya (sotish) mahsuloti;
sof malisulot;
shartli sof mahsulot;
tayyor mahsulot;
oraliq mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarish va yari fabrikatlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida pirovard miqdorlar tushunchasi ко' ishlatiladi. Masalan,
pirovard mahsulot;
pirovard xarajatlar;
pirovard daromad.
Pirovard miqdorlar asosida bir iqtisodiy qarorga kelish, ya'ni boshqacha qili aytilsa, qo'shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgai pirovard natijalarni pirovard xarajatlar bilan taqqoslash marjinal prinsi hisoblanadi. Bunda samara bilan xarajat taqqoslanmaydi. Bu fikrlarning fare katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |