Bozor — tovarlarni ixtiyoriy ayirboshlash yo'li bilan taqsim-lashning ijtimoiy mexanizmi.
Ratsional (foydali) harakat — resurslar cheklangan sharoitda eng kam sarf- xarajat qilib, foydani maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan iqtisodiy harakat.
Ratsional harakat, ya'ni foydaga erishish uchun bo'ladigan harakat xarajatlarsiz bo'lmaydi. Shuning uchun xarajat bilan foyda, olingan natijalartaqqoslanadi. Masalan, foydali harakat qilib ishchi ish haqi oladi, tadbirkorlar — foyda, iste'molchilar esa qoniqish hosil qiladi. Olingan foyda yoki zararga qarab, ularning yurish-turishlari ham o'zgaradi.
Ishlab chiqarish omillari — mehnat, yer, mashina, asbob-anjomlar, binolar va xomashyolarni mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlami bajarishdagi foydalanish xarajatlari.
Ko'rinib turibdiki, hodisa va jarayonlami iqtisodiy tahlil qilish usul va qoidalari bir-biri bilan bog'lanib ketadi, biri ikkinchisini to'ldiradi. Bunda to'plangan haqiqiy ma'lumotlar tartibga solinadi, tushuntiriladi va umumlashtiriladi. Barcha fanlar empirikdir, ya'ni ularning barchasi dalillarga asoslanadi.
Iqtisodiy tamoyil — bu umumlashtirish bo'lib, o'zida bir qancha noaniq miqdoriy tushunchalarni birlashtiradi.
Iqtisodiy ma'lumotlar — dalillar, odatda, xilma-xilligi bilan ajraladi: ba'zi bir individlar (shaxslar, xo'jaliklar va institutlar) bunday harakat qilsa, boshqalari unday harakat qiladi. Iqtisodiy prinsiplar shuning uchun ko'pincha o'rtacha
miqdor sifatida yoki statistik ehtimollar sifatida shakllanadi. Masalan,
О zbekiston yen-gil sanoat korxonalarida o'rtacha mehnat unumdorligi aniq ko'r-satilgan bo'lsa yoki jamoa xo'jaliklarida o'rtacha don hosili har gektardan 45 sentner bo'lgan bo'lsa, iqtisodchilar undan kam yoki ko'p hosil olgan xo'jaliklarni shu 45 sentner hosil olganlar guruhiga qo'shgan bo'lishadi.
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o`rganadi. Ko`pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo`lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi.
Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo`yadi:
1 nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
2 qanday texnika va texnologiyani qo`llash?
3 shlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi?
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko`pincha inson bir iqtisodiy ne’matningma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi.
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda tanlash kerak bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko`zda tutadi. Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o`rganib, mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko`plab yo`llar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar cheklanganlik bo`lmaganida, unda tanlov kerak bo`lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko`piga egamiz. Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`llari o`rtasida boradi va resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi yo`l bo`ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shug’ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini bo`shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo`yilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo`llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o`zgarishiga, va shuningdek, bo`lg’usi o`z mahsulotining narxiga ko`ra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo`jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi. Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog’liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy o`sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg’unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig’ining ta’sirini o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib o`xshab, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud bo`lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.
Mikroiqtisodiyot ayrim sub’ektlar faoliyati bilan bog’liq. Bular jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim o`rin tutuvchi individ yoki xo`jalik sub’ektlari kiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning quyi bosqichda qanday qilib va nima sababdan xatti-harakat amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan, iste’molchi nima uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va daromad o`zgarishi tovar tanlashga qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qaerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu kabilarni mikroiqtisodiyot tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana boshqa bir muhim jihati tarmoqlarda, masalan sanoat tarmoqlarida bozorlardan tashkil topgan eng yirik tuzilmalar hosil bo`lishida iqtisodiyot sub’ektlarining o`zaro munosabatlarini o`rganishdir. Mikroiqtisodiyot shu narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantiqini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qanday o`zaro munosabatga kirishishlarini anglab olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday belgilanishini, avtomobil kompaniyalar yangi zavodlar qurilishiga qanday mablag’larni investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avtomobil ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar faoliyatini o`rgangan holda sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko`rsatishini, bularning faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat siyosati qay yo`sinda ta’sir etishini ochib beradi.
Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi:
a) pozitiv mikroiqtisodiyot;
b) normativ mikroiqtisodiyot
3.1Glossariy
Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo‘nalishlarni tanlash va yuqori natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o‘z manfaati yo‘lida, korxonalar – foyda miqdorini ko‘paytirish yo‘lida harakat qiladi, davlat bo‘lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yo‘lida – jamiyatning farovonligini, kishilar turmush sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil darajada erishiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo‘jaligining quyi bo‘g‘inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo‘lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni ko‘paytirishni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi.
Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo‘limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |