2021-yil uchun davlat budjeti daromadlari, mlrd so'm.(1-rasm)
2021-yil uchun davlat budjeti xarajatlari, mlrd so'm10. (2-rasm)
Hozir yuqoridagi ikkita grafikni tahlil qilamiz. (1-rasmda) davlat budjet daromadlari qanday shakllanishi ko’rib chiqilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki davlat daromadlari foyda solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, aksiz solig’i, mol-mulk solig’i, yer qaridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona boji, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalardan tashkil topgan. 2021-yilda O’zbekistonning jami daromadi 147 931 mlrd. so’mni tashkil qildi. Shu yil chun harajatlar esa 165 879 mlrd so’mni tashkil qildi. Demak budjet taqchilligi 17948 mlrd so’mni tashkil qilgan. Bundan kelib chiqadiki, 2021-yildan O’zbekiston defitsit bilan chiqqan. O’zbekiston daromadining katta qismini Qo’shilgan Qiymat solig’i va Foyda solig’i tashkil qilgan. Harajatlarning katta qismi esa Ijtimoiy harajatlardan iborat.
2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan tushumlar 43,8 trln.so‘mni tashkil etdi va 1,5 barobardan ziyod o‘sdi, shu jumladan, daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019 yilga nisbatan 1,9 martaga oshdi. Davlat budjetning umumiy daromadlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlarning ulushi 25,4 foizdan 33,0 foizgacha o‘sdi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha to‘lovlar 47,8 trln.so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kamaydi). Shu bilan birga, budjet daromadlari tarkibidagi egri soliqlarning ulushi 44,3 foizdan 35,9 foizgacha kamaydi.
Resurs soliqlaridan budjet daromadlari 21,3 trln.so‘mni tashkil etib (o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘p), ularning budjet daromadlaridagi ulushi 17,5 foizdan 16 foizgacha kamaydi.
Xulosa
Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o'sish baholarining barqaror darajasi, toliq bandlik va to'lov balansi barqarorligini ta'minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya qulinadi.
Fiskal siyosat cheklovchi yoki rag'bartlantiruvchi turlarga bo'linadi. Rag'bartlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat esa iqtisodiyotda haddan ziyod talab ko'payganda inflyatsiya paytida olib boriladi. Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda mutiplikator ta'siri ostida bo'ladi.
Davlat xarajatlari multiplikatori iste'molga iste'molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog'likka ega. Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshiriishi daromadlar miqdorini ham shuncha miqdorga shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan budjet multiplikatori bilan izohlanadi.
Iqtisodiy pasayish paytida budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat natijasida esa tarkibiy taqchillik yuzaga keladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning maqbul yoli davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarish va ularni sotish hisobiga qarz olishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya” Darslik. – T.: “Sharq” nashriyoti,
2010. – 804 bet.
2.Vahobov A.A., Qosimova G.A., Jamolov X.N., Budjet-soliq siyosati yaxlitligi.O’quv qo’llanma. - T., «Moliya-iqtisod». 2004. 296 b.
3.Jo’raev A.S. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari.
/ Monografiya. “Fan” nashriyoti. 2004 y.
4.Jo’raev A.,Safarov G’. Soliq nazariyasi -T.:TMI, 2008. -210 b.
5.Jo’raev A., Amanov A. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o’quv-uslubiy
kompleks. TMI, 2012 yil. -526 b.
6.Jo’raev A., Amanov A., Usmonova M. “Soliqlar va soliqqa tortish”
bakalavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv
malakaviy ishni bajarish yuzasidan uslubiy qo’llanma. TMI, “IQTISOD
MOLIYA”, 2007 yil. -84 b.
7.25.12.2020 yildagi “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-657-son Qonun
8. Karimov I.A. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.
–T.: “O’zbekiston”, 2009 y. -56b.
9. Malikov T., Jalilov P., Budjet-soliq siyosati. Mongrafiya. T.:
Akademnashr, 2011. 472 b.
10. Malikov T., Vahobov D., Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. T.:
Iqtisod-moliya, 2010, 660 b.
11. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.:
Akademiya, 2002. – 204 b.
12. Srojiddinova Z.X. O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi. T.:
infoCOM.UZ MChJ, 2010 y., 500 b.
14. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi.
/Monografiya.–T.: “Yangi asr avlodi”, 2002.–127 b.
Internetsaytlari
1. http://www.gov.uz (O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali)
2. http://www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi web
sayti)
3. http://www.undp.uz (BMT TDning O`zbekistondagi Vakolatxonasi web
sayti)
4. http://www.cbu.uz (O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki web
sayti)
5. http://www.soliq.uz (O'zbekiston Respublikasining Davlat Soliq
Qo’mitasi web sayti)
6. http://www.stat.uz (O'zbekiston Respublikasining Davlat Statistika
Qo’mitasi web sayti)
Do'stlaringiz bilan baham: |