Mundarija I. Bob. Kirish


insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir



Download 63,93 Kb.
bet2/8
Sana09.07.2022
Hajmi63,93 Kb.
#767314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javohir aka 2-kurs ishi

insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.
Islom Karimov
Yoshlаrni o’z хаlqini, vаtаnini sеvishgа, zаmоnаviy bilim egаlаshgа, yaхshi
kаsb-hunаrli, insоnpаrvаr, аdоlаtli, jаsur, mеhnаtsеvаr, g’аyrаtli vа аjdоdlаrgа
sаdоqаtli bo’lishgа, shu yurtdа аsrlаr bo’yi shаkllаngаn urf-оdаtlаrni, qаdriyatlаrni
e’zоzlаshgа o’rgаtish lоzim. Zеrо, yoshlаr – kеlаjаk poydivoridir. Hоzirgi kundа
O’zbеkistоn аhоlisining 64% ko’prоg’ini yoshlаr tаshkil etаdi. Bu judа kаttа kuch.
Mustаqillik shаrоfаti tufаyli mаmlаkаtimiz yoshlаri ilmu fаn, mаdаniyat, sаn’аt vа
spоrt sоhаlаridа o’zlаrining bоr mаhоrаt vа imkоniyatlаrini jаhоn miqyosidа
nаmоyon etib, bеqiyos yutuqlаrni qo’lgа kiritmоqdаlаr. Chunki bizning yurtdа
yoshlаr hаyoti hаqidа o’ylаsh, ulаrgа dоimо g’аmхo’rlik qilish – dаvlаtimizning eng
birinchi vаzifаlаridаn hisоblаnаdi.
Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar yurt kelajagi, millatning istiqbolini
taminlovchi kuch hisoblanadi. Yoshlarning aql-zakovati, intilishiga qarab o`sha
davlatning ertangi kuni haqida bashorat qilish mumkin.Yurtimiz mustaqilligiga
erishgach eng muhim masalalardan biri yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi. 1991
yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga
endigina sakson kun to‘lgan mamalakatda qabul qilinishi, o‘z-o‘zidan o‘sha
paytdayoq O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biriga aylanishidan dalolat berar edi.Yoshlarning ijtimoiy va
ma'naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlatning muhim
yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib
berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini
yoshlar tashkil etadi. Demograflarning tadqiqot xulosasiga ko’ra, ushbu ko’rsatkich
yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga
layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi1. Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat
son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intellectual imkoniyatlariga ega ekanini
ham namoyon etadi.
Istiqlol yillari yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish
maqsadida “Sog’lom avlod uchun” ordening ta`sis etilishi; “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakatining tashkil etilishi; “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Barkamol
avlod yili”, “Sog’lom bola yili”, “Yoshlar yili” kabi davlat dasturlarining e`lon
qilinishi; yoshlar muammolarini o’rganuvchi institutlar va markazlar faoliyatining
yo’lga qo’yilishi; “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to’g’risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol
yoshlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Ayniqsa, “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to’g’risida”gi Qonunda yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
kafolatlar belgilab qo’yilgan. Qonunda: “Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston
Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi
yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari
yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
iboratdir”2, deb belgilangani yuqoridagi fikrlarning yorqin dalilidir.
O’zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizda tobora
muhim ahamiyat kasb etayotgan modernizatsiya jarayonlari va keng qamrovli
islohotlarning samarasi, avvalo yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni intellektual
salohiyatini oshirish, moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga qaratilgan. Globallashuv
zamonida jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarga keng
imkoniyatlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada olib borilayotgan ishlarni xalqqa yetkazish va uni izchil yoritib
borish bevosita ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat
yuklaydi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “27-
iyun matbuot va OAV xodimlari kuni”da soha vakillariga yo’llagan tabrigidagi
murojaati fikrimizni isbotlaydi: O`zbekistonni dunyodagi taraqqiy topgan
mamlakatlar qatoriga ko`tarishdek yuksak marralarni ko`zlagan qonunlarimiz,
dasturlarimiz bo`ladimi – bularning barchasini amalga oshirish uchun xalqimizga
ochiq va ravshan qilib yetkazish, el-yurtimizni safarbarlikka chorlash, ruhini ko`tarish
yo`lida matbuot va axborot vositalarining o`rni va ahamiyati beqiyos. …Unib-o`sib
kelayotgan yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, bizning qanday buyuk tarix va
merosga ega ekanimizni anglab, ana shu bebaho boylikni qadrlab yashaydigan, biz
boshlagan ulug’ ishlarning munosib davomchilari bo`lgan insonlar etib voyaga
yetkazishda matbuot ahlining haqqoniy so`zi, uning ta`siri g`oyat muhim, aytish
mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini hech qachon esimizdan
chiqarmasligimiz lozim.”
Har qanday islohotlarning, xususan, yosh avlod masalalari bo`yicha
islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan jamiyatda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmun – mohiyati va undan ko`zlangan maqsadning to`liq ijrosi
davlat tomonidan ta`minlashga, nazorat qilinishiga, bu islohotlarning natijasini
2 “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1 -modda // O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son.
3“Xalq so`zi” gazetasi 27-iyun, 2013yil.
yoshlar faoliyatida aks etishiga bog`liq. Shu o`rinda OAV xususan bosma nashrlarda
yoshlarimiz o`z orzu – istaklarini, talablari-yu takliflarini erkin ifoda etish, barobarida
ularni tergab turuvchi nazorat ko`zgusiga aylanishi kerak. Shu nuqtai nazardan
jamiyatda yoshlar siyosati, uni amalga oshirish borasida qilinayotgan sa`y harakatlar,
yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlarning tezkorlik va holisona yondashuv bilan
yoritish aynan yoshlar matbuoti oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
“Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha
chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorning ijrosini matbuotda yoritilishini o`rganib
chiqildi. Yoshlarninig ijtimoiy hayotdagi o`rni, yoshlarni globallashuv davrida
ommaviy madaniyat kabi yot g`oyalardan himoyalash va sog`lom turmush tarzini
targ`ib qilishda matbuotning o`rni va ahamiyatini yuqoridagi obektlar misolida
taqqoslash, yutuq va kamchiliklarini aniqlash ishimizning predmeti hisoblanadi.

Download 63,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish