Mundarija I. Bob. Kirish


Milliy g’oayani yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy- marifiy



Download 63,93 Kb.
bet5/8
Sana09.07.2022
Hajmi63,93 Kb.
#767314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javohir aka 2-kurs ishi

1.2. Milliy g’oayani yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy- marifiy
hayotida tutgan o`rni (“Turkiston” gazetasi misolida)
O’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat,
yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish
vazifasini qo’ygan. Shuningdek, davlatimiz siyosatini keng ommaga sodda va ravon
tilda yetkazish dunyoqarashini kengaytirish, bilim va salohiyatini yanada boyitishni
maqsad qilgan. Gazeta o’zbek tilida haftada ikki marta nashr qilinadi. 8 betdan iborat
gazetaning auditoriyasini asosan, 14-30 yosh oralig’idagi gazetxonlar tashkil qiladi.
Harakatning 2014-yil yakunida berilgan ma’lumotlarga ko’ra yoshlarga oid
davlat siyosati doirasida “Yoshlarni davlat hokimiyati (qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish” maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi,
Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari hamda ushbu idoralarning quyi
tizimlarida turkum uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida davomida 960 marotaba
“Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilgan bo‘lib, qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud organlariga uyushtirilgan 2 625 ta tashriflar doirasida 248 786 nafar
yoshlar ishtirok etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan
o‘tkazilgan majlisidagi ma'ruzasi targ‘ibotini tashkil etish bo‘yicha hududiy Kengashlari tomonidan manzilli reja ishlab chiqilgan
bo’lib, ushbu rejaga asosan hududlarda fevral-mart oylari davomida targ‘ibot ishlari
amalga oshirildi. Ushbu targ‘ibot loyihasi doirasida 300 ga yaqin tadbirlar amalga
oshirilgan.

Talaba yoshlarning soliq qonunchiligi sohasidagi bilimlarini oshirish, bu


boradagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash,
soliq siyosatini yanada erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan
xabardor qilib borish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida
“Soliq bilimdonlari - 2014” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2124-son
Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid
davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar
Dasturi”ning 1 -bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining
Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi
loyihasiga Harakat tomonidan 300 ga yaqin konstruktiv takliflar taqdim etilib, mazkur
takliflarning 15 tasi qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga kiritilgan.
Shuningdek, Dasturning 51, 52, 53 va 56-bandlarida belgilangan vazifalar
ijrosini ta'minlash maqsadida Harakat tomonidan hisobot davrida 1000 ga yaqin
targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirlari davomida ishchi guruhlari
tomonidan voyaga yetmaganlarni ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda
ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz bo‘lishlarini,
behayolik, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash,
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish
etilishini, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda ota-onalar yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim
berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarini oldini olishga qaratilgan
mavzularda tashkil etilgan.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda
ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarning xulqini
ijobiy tomonga o‘zgartirish orqali profilaktik hisobdan chiqarishga tavsiya qilish
maqsadida tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilmoqda. Xususan,
2007-2013 yillar mobaynida 9 508 nafar, shu jumladan, 2007-yilda 1 140 nafar, 2008-
yilda 1 200 nafar, 2009-yilda 1 095 nafar, 2010 yilda 1 090 nafar, 2011 -yilda 1 125
hamda 2012-yilda 1 038 nafar, 2013-yilda 1 174 nafar ichki ishlar idoralarida
profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar oromgohlarga jalb etilib, ular dam
olish va sog‘lomlashtirish bilan birga ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok
etishgan. 8 Natijada ularning xulqi ijobiy tomonga o‘zgarganligi sababli 2,5 ming
nafarga yaqini ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobidan chiqarilishiga erishildi.
2014-yilning iyul-avgust oylari davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibidagi vazirlik va tashkilotlar
hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida Ichki
ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlar uchun barcha
hududlarda tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Rejaga ko‘ra,
loyihaga 1607 nafar profilaktik hisobida turuvchi yoshlarni jalb etish belgilangan
bo‘lsa-da, Harakat hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 1999 nafar yoshlar jalb
qilingan bo‘lib, ulardan 1645 nafari ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda
turuvchi voyaga yetmaganlar. Qolgan 354 nafari esa kam ta'minlangan, boquvchisini
yo‘qotgan va diniy oqimga moyilligi bo‘lgan oila farzandlari hisoblanadi. Oromgoh
ishtirokchilari uchun ma'naviy-ma'rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan bir
qatorda eko sayohatlarini tashkil etish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirishga
qaratilgan alohida davra suhbatlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki
yilligi munosabati bilan 2014-yil 27-oktyabridan 15-dekabriga qadar “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining
huquqiy kafolati” mavzuidagi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirlari.
Respublika miqyosida umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari,
oliy ta'lim muassasalari va mahallalarda uch bosqichda tengdosh-tengdoshga tamoyili
asosida o‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu targ‘ibot tadbirlari doirasida joriy yilning 5 noyabrdan 5 dekabrga qadar
Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining internetdagi elections 2014.kamolot.uz vebsayti orqali “Men saylovga tayyorman” on-layn tanlovi tashkil etildi. On-layn
tanlovda 93 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 62-sonli
majlis bayoniga asosan yoshlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
jarayonlarga munosabatlarini shakllantirish, ularda islohotlarga dahldorlik tuyg‘usini
tarbiyalash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning
turli yot g‘oyalaridan asrash, shuningdek, xalqimiz, millatimiz, milliy
qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, hududlarda iqtidorli
yoshlarning ilm-fan sohalarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini rag‘batlantirish va ularning
o‘z aql-zakovati va intellektual qobiliyatini to‘la namoyon etishlariga ko‘maklashish
maqsadida “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar Festivallari
doirasida yoshlarning dunyo va mamlakatimiz miqyosidagi jarayonlarga mustaqil va
ongli munosabatini, turli axborot xurujlariga qarshi qat'iy fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy, sportsog‘lomlashtirish yo‘nalishlaridagi 14 ta (“Ommaviy tahdidlar va yoshlar
ma'naviyati” targ‘ibot loyihasi, “Deputat va yoshlar”, “Prezident asarlari bilimdoni”,
“Hokim va yoshlar”, “Siz sevgan qahramonlar” va “Zamonamiz qahramonlari”, “Biz
sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Vijdonli sotuvchi” aksiyasi, “Hyech kim mehr
va e'tibordan chetda qolmasin!”, “Iqtidor egasi – obod yurt ertasi” “Erta nikoh va uni
oldini olish”, “Internet va yoshlar”, Futbol shou, “Kamolot kutubxonasi”, “Vatanim
taraqqiyotiga mening hissam”) loyiha amalga oshirilgan .9
9 “Kamolot” YIH 2014- yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.3-bet.
Yosh jurnalistlarni zamonaviy talablar asosida bilim va tajribalarini oshirish
maqsadida Harakatning Markaziy Kengashi tomonidan 4-7 iyun kunlari Toshkent
viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Kamolot yoshlar oromgohi”da “Yosh
jurnalistlar” media-treningi tashkil etildi. Media-trening yakunida ishtirokchilar
tomonidan mamlkatimizning yoshlarga oid milliy axborot siyosatini yanada
rivojlantirishga qaratilgan 40 ga yaqin takliflari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-avgustdagi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan
“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal
O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar Festivalini tashkil etish va
o‘tkazish to‘g‘risida”gi 146-bayoniga muvofiq joriy yilning 11 -15 avgust kunlari
Toshkent shahrida “Istiqlol farzandlari” yoshlar Festivali o‘tkazildi. Festivalni
o‘tkazishdan asosiy maqsad – yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat,
ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga
yetkazish, ularni sifatli ta'lim olishi, kasb-hunarga ega bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyatini
yo‘lga qo‘yishi hamda iste'dodli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar va
ularning natijalaridan xabardor qilish, yoshlarga xalqimizning boy tarixiy merosining
vorisi bo‘lish, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida ulkan ahamiyat kasb etadigan
zamonaviy demokratik jamiyatni qurish yo‘lidagi ishlarga daxldorlik tuyg‘usini
shakllantirish va bu ezgu ishlarni davom ettirishdagi mas'uliyatini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya
targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451 -
son Qarori hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining 2008-yil
3-iyuldagi 07-26-48-sonli majlis bayoni qarorining 10-bandi ijrosini ta'minlash
maqsadida Harakat tizimlari tomonidan “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi”
ko‘rik-tanlovi an'anaviy tarzda o’tkazilib kelinmoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan ijobiy mazmundagi eng
yaxshi internet-resurslarni yaratish, ko‘paytirish va mavjudlarini aniqlash, ularni
rag‘batlantirish, ta'lim-tarbiyaga xizmat qiluvchi, xavfsiz va axborot madaniyati
talablariga mos internet-muhitiga ega axborotlashgan jamiyatni shakllantirish,
iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish hamda salohiyatlarini namoyon etishlariga
ko‘maklashish, ularda internet tarmog‘ida milliy o‘zlikni muhofaza qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh veb-dizaynerlarni moddiy va manaviy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan iqtidorlilarni kashf etish va keyingi faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 9 nominatsiyadan iborat “MIT.uz” milliy internettanlovi tashkil etildi.
Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga
bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, turli to‘garaklar, ijtimoiy yordam markazlari,
klublar tashkil qilish orqali yoshlarni kasbga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil
etish va ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, bu boradagi
qobiliyatlarini rivojlantirishga, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini o‘rganishlariga va o‘z
sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga, tadbirkorlik ko‘nikmalarini
shakllantirishga ko‘maklashish hamda amaliy yordam ko‘rsatish “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakatining dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida Harakat bir qator hamkor tashkilotlar,
tijorat banklari bilan hamkorlikda ko‘rgazmalar, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari,
tadbirkorlik yo‘nalishidagi tanlovlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2014-
yilning may oyi davomida o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda
umumta'lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga kasb-hunar kollejlari hamda
akademik litseylarni tanlashda ko‘maklashish maqsadida, respublikamizning barcha
tuman, shaharlarida “Mutaxassislik – sening kelajaging” ta'lim ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada respublikamiz bo‘yicha 1 391 ta kasb-hunar kollejlari o‘zlarida mavjud
5 476 ta yo‘nalishlar bilan ishtirok etdi. Unga Respublikamizdagi 7 855 ta
maktablaridan 289 115 nafar maktab bitiruvchilarini qamrab olindi. Tijorat banklari
faoliyati bilan yosh tadbirkorlarni yaqindan tanishtirish, bank kredit siyosati haqida
tushunchalar hosil qilish maqsadida, 2014 yil 9-10 aprel kunlari O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda
“Bankekspo” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarda tadbirkorlik
ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil qilinib, Harakatning
tadbirkorlik loyihalari haqida ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, 2014-yil mart-may oylari davomida kasb-hunar kollejlari va
akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta'minlash, ularda tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyati, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirish hamda ularga mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi markazi,
O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi hamda bir qator tijorat banklari bilan hamkorlikda
“Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazildi.
Turkiston gazetasining 2014-yil 22 - sonida Rustam Yusupovning maqolasi
orqali “Yosh tadbirkor” konsul`tativ markazining faoliyati, uni tashkil topishi va
bugungi faoliyati bilan tanishib chiqdik. Mavzu keng qamrovli bo’lishiga qaramay
aniq, lo`nda fikr, batafsillikka putur yetmaganligi, faktlarning o`z o`rnida keltirilishi
bilan e`tiborni tortadi. Maqolaning kirish qismi shunday jumlalar bilan
boshlanadi:“Savol tug`iladi: xo`sh, biznes bilan shug`ullanish shunchalik osonmi?
Xolva degan bilan og`iz chuchimaydi, xayolga kelgan loyihani qog`ozga tushirib,
biror tijorat bankiga olib borgan bilan kreditga ega bo`lib qoladimi?” 10. Bu kabi
savollar endigina kollejni tamomlab katta miqdordagi kreditlarga ega bo`lib, o`z
shaxsiy tadbirkorligi bilan shug`illanayotgan minglab yoshlarni ko`rganda,
yuqoridagi savollarni tug`ilishi tabiiy holat. Muallif o’zi bergan savolga o`zi batafsil
javob beradi. Markaz “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tartibga soluvchi
huquqiy-me`yoriy hujjatlar”, “O`z biznesini ro`yxatdan o`tkazish, biznesning huquqiy
maqomi”, “Marketing strategiyasini ishlab chiqish”, “O’qitishning samarali interfaol
metodlari”, “Biznes reja yozish talablari”, “Biznesning moliyaviy manbalari”,
“Kreditlar va lizing olish talablari” kabi mavzularda o`quv mashg`ulotlari o`tiladi.
10 “Turkiston” gazetasi. 18-mart, 2014-yil,18-son.
2014-yil “Yosh tadbirkor” konsul`tativ markazlarida 1543 ta seminar trening tashkil
etilib, unga yuz ming nafardan ortiq yigit qiz jalb etildi. Ularning 2433 nafariga tijorat
banklaridan 20 milliard 531 million so`mdan ziyod imtiyozli kreditlar olishga ko`mak
berildi. Natijada 5300 nafar o`g`il qiz ish bilan taminlandi. Va boshqa ko`plab markaz
faoliyati bilan bog`liq ma’lumotlar berib o’tilgan.
Faktlarning ko’p keltirilishi o’quvchini ishonchini tez qozonishga zamin
yaratadi. Bu kabi materiallarni o’qigan har qanday o’quvchida yangi g’oyalar
tug’ilishiga sabab bo’la oladi.

Sirdaryo viloyatida “Sen bilan kamolot sari” aksiyasi davom etmoqda. Yaqinda


loyiha Sirdaryo tumanidagi 15-umumta’lim maktabida ham amalga oshirildi. Unda
turli sohalarda ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan iqtidorli yoshlar qatnashdi.. 11.
“Kamolot ko’zgusi” ruknida berilgan xabar. Biroq xabar, yangiliklar qachon,
qayerda, qanday, nega va qanday qilib,” ja`mi olti savolga javob berishi lozim. 12 .
“Yaqinda” degan kirish so’zidan o’quvchida savol tug’ilib qolmay voqelik bo’lib
o’tganiga shubha uyg’otishga sabab bo’ladi. “yaqinda” so’zi o’rniga “kuni kecha”
so’zlarini qo’llash ham mumkin edi. O’quvchiga matbuot sahifalaridagi qachon,
qayerda, bo’lib o’tgani unchalik qiziqarli emasdir, biroq o’z kelajagi uchun foydali
ma`lumotlar e`tiborni tortmay qo’ymaydi. Shunday ekan respublika yoshlari xabardor
bo’lishiga arzugulik tomonlari o’ziga xosliklari yoritilishi kerak, deb o’ylaymiz.
Loyihaning quyi bosqichlarida Harakatning “Yosh tadbirkor” konsultativ
markazlari koordinator va biznes trenerlari tomonidan yoshlarda tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirishga doir o‘quv-seminarlari tashkil qilindi. Seminarlarda
jami 1 877 nafar yoshlar tadbirkorlik sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar.
Shulardan biznes loyihalari istiqbolli deb topilgan 1 023 nafar yoshlarga hududiy
ishchi guruhlar tomonidan tijorat banklaridan umumiy qiymati 11,8 mlrd. so‘mga
11 “Turkiston” gazetasi, 20-dekabr, 2014-yil, 102-son
12 Saidov H. To’xliyeva N. Reportiyorlik mahorati.- T.: 2008, G’afur G`ulom,-B.-10.
yaqin imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi tavsiyanomalar berildi. Hududiy
bosqichda g‘olib deb topilgan 140 nafar yoshlar loyihaning respublika bosqichida
ishtirok etishdi.
2014-yil aprel-sentyabr oylari davomida “Yosh tadbirkor-yurtga madadkor”
loyihasi tashkil etildi. Loyihaning Respublika bosqichi sentabr oyida o‘quv oromgoh
sifatida tashkil etildi. Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 29 nafar
yoshlarga tijorat banklari tomonidan imtiyozli foizlarda 762 mln. so‘mdan ortiq
mikrokredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan bo‘lib, ularning kredit mablag‘lari
hisoblangan jami 56 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar tegishli tijorat banklari tomonidan
imtiyozli mikrokredit mablag‘larini olganlaridan so‘ng “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakati Markaziy Kengashi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan.
Shuningdek, Harakat qoshidagi 4 ta yirik “Yoshlar markazlari” va 96 ta
Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan 318 to‘garak va o‘quv kurslari
faoliyati doirasida 57 ming nafar yigit-qiz turli kasbga bepul o‘qitilgan. Iste'dodli
yoshlarni ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 4-9 yanvar
kunlari Toshkent shahrida Samarqand Davlat Universitetining 70 nafar faol talabalari
ishtirokida “Kamolot – kelajak tayanchi” shiori ostidagi qishki faollar maktabi
o‘tkazildi. Tadbir rejasida belgilangan mavzular bo‘yicha faol talabalarga “O‘quv
uslubiy markaz” NTM xodimlari tomonidan rejali seminar-treninglar
tashkillashtirilgan.13
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 112-
sonli majlis bayoniga asosan Harakatning quyi tizimlari tomonidan iyun'-iyul oylari
davomida Respublikamizning barcha hududlarida “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar
respublika tanlovining mahalliy hamda hududiy saralash bosqichlari tashkil etildi.
60 230 nafar yoshlar tanlovning mahalliy bosqichlarida ishtirok etish istagini
bildirib murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 606 nafar hududiy bosqichlarda g‘oliblikni
qo‘lga kiritib, tanlovning respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichi 10-16 avgust kunlari
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” oromgohida tashkil
etildi.
O‘quvchi-talabalarning yozgi ta'til davomidagi bo‘sh vaqtlarini foydali
mehnatga jalb etish, mahallalardagi vaqtincha ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash va
ularning mamlakatimizda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlarida ishtirok etishida
ko‘maklashish maqsadida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati faoliyatini tashkil
etildi.
“Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati loyihasida 18 246 nafar mahallalardagi
vaqtinchalik ishsiz yoshlar va 11 891 nafar oliy va o‘rta maxsus ta'lim
muassasalarining o‘quvchi-talabalari jami 30 137 nafar yoshlar hududlardagi mavjud
mehnat ob'ektlarda (qurilish va ta'mirlash, pedagogika, ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi) sohalarida faoliyat olib bordilar.
Yil davomida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati loyihasida 4 220 nafar
mahallalardagi vaqtinchalik ishsiz yoshlar mavjud mehnat ob'ektlarida ish faoliyatini
olib borishgan.
Harakatning oliy ta'lim muassasalari talabalari orasiga yanada chuqurroq kirib
borishini ta'minlash va ta'sirini oshirish, talabalarning Harakat faoliyatiga intilishini
kuchaytirish, talabalarning jamoat ishlari va Harakat faoliyatidagi faolligi,
tashabbuskorligini rag‘batlantirish maqsadida oliy ta'lim muassasalari talabalari
o‘rtasida “Kamolot stipendiyasi” tanlovi tashkil qilingan bo’lib, Respublikamizdagi
60 ta oliy ta'lim muassasalaridan 384 nafar talabalar ishtirok etish uchun ariza-anketa
bilan bilan murojaat qildi. Shundan 55 nafar talaba saralab olinib, “Kamolot
stipendiyasi”ga tavsiya etilgan.
2014-yil 4-dekabr kuni “Turkiston” saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga
munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak
nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan mamlakatimizning xalqaro
maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan,

jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol ishtirok etib,


professional mahorati va yorqin iste'dodini namoyon qilib kelayotgan 28 nafar yoshlar
2014-yil 4-dekabr kuni “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” bilan taqdirlandilar.
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan
“Giyohvandlik – asr vabosi!” shiori ostida targ‘ibot, aprel-dekabr oylari davomida
aksiya doirasida OIV/OITS, giyohvandlikni oldini olish mavzusida Respublika
bo‘ylab jami 1 740 dan ziyod informatsion mini-sessiyalar tashkil qilinib, 39 365
nafar yoshlar qamrab olindi. Informatsion mini-sessiyalarda 40 000 dan ziyod “Biz-
sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi maxsus informatsion bukletlar
tarqatildi hamda informatsion mini-sessiyalar tashkil etilgan joylarda informatsion
plakatlar joylashtirildi. Shu bilan bir qatorda “1 -dekabr – Xalqaro OITSga qarshi
kurash kuni” munosabati bilan joylarda 920 dan ziyod targ‘ibot tadbirlari tashkil
etilib, 425 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan.
Biz “Kamolot” YIH harakatining bir yilik faoliyati bilan tanishib, harakatning
yoshlar hayotidagi ahamiyati nechog’lik muhim ekanligi yuqorida keltirilgan faktlar
orqali ko’rishimiz mumkin. “Turkiston” gazetasida 2014-yil davomida “Kamolot
loyihalari”, “Kamolot ko’zgusi”, “Kamolotda mehmonda”, ruknlarida o’tkazilgan
tadbirlar muntazam yoritilgan. “Kamolot” ko’zgusi va “Kamolot” loyihalarida
umumiy jihatlar qolipdan chiqa olmaslik yaqqol ko’zga tashlanadi. Yoshlar matbuoti,
yoshlar hayotini ko’zgusiga aylanishi aylanishi kerak. Bunga erishish uchun kichik
mavzularga ham o’ziga xos yondashuv va izlanish talab etilishini yoshlar matbuoti
bosh mezon biilishlari talab etiladi



Download 63,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish