2.1. Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular
Prezidentimiz Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,
dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart” degan gaplarida O’zbekiston yosh avlodni
tarbiyalash borasidagi davlat siyosatining mazmun mohiyati o’z ifodasini
topgan.Yurtimizda sog’lom avlodni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bundan maqsad mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar
o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yurtimiz yigit qizlarini XXI
asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga
yetkazish uchun barcha shar-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratishdir.
Ertangi kun egalari yoshlarning muammolari bu yurt kelajagiga ham bevosita
ta`siri demakdir. Bugungi yoshlarning muammolari ham turlicha. Bundan yigirma yil
avvalgi yoshlarning muammolari bilan bugungi yoshlar muammolarini
taqqoslashimiz mumkin emas. Birgin misol hozirgi kunda yoshlar bir kunini uyali
aloqa yoki internetsiz tasavvur etisha olmaydi. To’g’ri tezkorlik – zamon talabi,
yoshlargaxosxususiyat. Biroq hali oqni qoradan ajratishga o’rganmagan ko’plab yosh
yigit qizlar vaqtlarini zoyi ketkazish bilan birga, o’zlari bilmagan, istamagan holatda
qorong’u ko’chalarga kirib ketayotganlariga, afsuski ko’plab misollar keltirishimiz
mumkin. Ammo bu yerda ikki yo’l o’rtasida turga o’spirin yoki bo’sh vaqtini
samarali o’tkazishni bilmaydigan, qaysi kasbni tanlasam kelajagim uchun foydali
bo’ladi, deb o’ylab yurgan yoshlarni ayblash bilan chegaralanishimiz to’g’ri emas,
albatta. Bu yerda ota-ona, o’quv muassasalari, shuningdek respublikaning yetakchi
ommaviy axborot vositalaridan ham dahldorlik bilan birga masulyat talab etiladi.
Yoshlar hayotida qanchadan-qancha muammoli holatlar, jarayonlar yuz beradi.
Birgina ta`lim sohasini olsak. Yurtimizda mana bir necha yildirki, uzluksiz ta`limni
yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar olib bormoqda. Dastlabki
to’rt yillik boshlang’ich ta`lim, to’qqiz yillik o’rta maxsus ta`lim jarayoni, so’ngra
ixtiyoriy–majburiy ta`limning tashkil etilgan mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon
standartlari bo’yicha yo’lga qo’yilganini ko’rsatadi. Biroq muammo shundaki, yosh
avlod bunday jarayonni qanday baholaydi va undagi ishtirokini qay taxlit olib boradi?
To’qqizinchi sinfni bitirgan o’quvchi oldida kollejga topshirib bir kasbni egasi bo’lib
chiqish yoki letseyda o’z bilimini yanada chuqurlashtirib oliy o’quv yurtiga o’qishga
qabul qilinishi mumkin. Bu jarayon o’smir hayotida ahamiyatli bo’lishi bilan birga,
ikkilantiruvchi jarayondir. Bitiruvchilarning 90 foizi daromadli kasb egasi bo’lishni
istashadi. Daromadli ish deganda esa ko’z oldiga birinchi navbatda tadbirkorlik
faoliyati keladi. Tadbirkorlik uchun faqatgina hisob kibobni bilish kifoya deydiganlar
ham kam emas. Bu holatni ikki hil baholashimiz mumkin birinchidan maktablarda
o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirilmayotgani bo’lsa ikkinchida oilaviy muhitning
ta`siri deyishimiz mumkin. Shu o’rinda yoshlar matbuotining vazifalaridan biri
shunday vaziyatlarda yosh avllodga to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahat berishdir.
Yuqorida keltirib o’tganimiz, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar savollariga
“Turkiston” gazetasida chop etilgan Rustam Yusupovning “Kichik biznesga katta
maqsadlar bilan”, Nazokat Qurbonniyozovaning “Ilm – umr bezagi”, Dilshod
Ro’ziqulovning “Yuridik xizmatlar ko’lami kengaymoqda”, va boshqa bir qator
maqolalardan javob olishimiz mumkin.
Yoshlar matbuotining yana bir muhim vazifalaridan yosh avlodni an`analar
girdobiga tushib qolishdan saqlash. Urf –odatlarimizga ko’ra bo’yi yetgan qizni tez
uzatib yuborish, yani turmushga berish eng maqbul yo’l hisoblanadi. Qalbi orzularga
to’la qizchaning maqsadlari, orzu-istaklari bilan hamma oilalarda ham
hisoblashishavermaydi. Natijada o’n sakkiz, o’n to’qqiz yoshda farzand ko’rish tabiiy
holga aylanib qolgan. Ba’zan chekka viloyatlarda o’n besh, o’n olti yoshli qizlarni
turmushga uzatish holatlari ham uchrab turadi. Bu kabi holatlar nafaqat bir oila,
mahalla, viloyat uchun emas butun bir davlatning kelajagiga katta salbiy tasirni
ko’rsatadi. Bunday voqealarni oldini olish, ota-onalarga, yosh yigit- qizlarga, turmush
haqida tushuncha berish bosma nashrlarning muhim vazifalaridan sanaladi.
Misol uchun yuqoridagi fikrlarimizga javoban matbuotda e’lon qilingan bir
qator maqolalardan javob olishimiz mumkin. “Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 16-iyul
57-sonida muallif Rahimaxon Begmatovaning “Yoshlarni turmushga tayyorlash
ma`sulyatli jarayon” nomli maqolasi chop etilgan. Unda Andijon davlat tibbiyot
instituti qoshidagi akademik litseyeda ta`lim olayotgan qizlar bilan olib borilayotgan
ta`lim- tarbiya ishlari haqida so’z yuritiladi. Maqola kirish qismida dolzarb masala
ko’rsatiladi. Balog’at yoshiga yetmasdan oila qurib mas`ulyatni anglamagan
holatlarda ko’plab muqqaddas qo’rg’onlar barbod bo’layotgani, bu jarayonda
pedagoglarning zimmasiga har bir o’quvchi yoshlar bilan alohida ishlash, ularni
tinglash, muammolari yechimini topishga ko’maklashish zaruruyati alohida
ta’kidlanadi. Litseyda olib borilayotgan ishlar samarasi natijasida Sarvinoz
Jo’rayeva, Hosiyatxon Ziyoyeva kabi qizlarning turli respublika tanlovlarida
g’oliblikka erishganlari haqida so’z yuritiladi. Maqolada “Qizlar uchun erta oila
qurishlarini oldini olish”, “Yoshlarni turmuhga tayyorlashda oila qurish
psixologiyasi” mavzularida muntazam davra suhbatlari olib borilayotgani o’z
samarasini berib kelayotgan ta’kidlanadi. Bizga malumki davra suhbatlari, yuzmayuz aloqa natijasida ko’proq natijaga erish mumkin. Bu usul samarali bo’lish bilan
birga ortiqcha tashkilotchiliklarni talab etmaydi. Biz matbuotlardan bir mavzudagi
ko’plab davra suhbatlari bo’lib o’tgani haqida o’qiymiz. Biroq odatdagidek mavzu
bitta joy nomlari, qatnashchilar vaqti boshqa. Agar shu davra suhbatlarning o’ziga
xos jihatlari, unda ilgari surilgan yangilik ham o’z ifodasini topsa maqsadga muvofiq
bo’lardi.
Gazetanini shu sonida tadqiqotchi Mirislom Badalovning “Mustaqil hayotga
tayyorlash bunda “Qizlar klubi”ning ahamiyati katta” mavzuyida chop etilgan
maqolada yosh qizlarning muammolariga atroflicha yondashuvni ko’rishimiz
mumkin. Maqola ichida “Beg’ubor voyaga yetsa”, “O’zgalarga xuddi ko’zguga
qarab”, “Oilaviy baxtni qizlar yaratadi”, “Birov birovga o’xshamas” kichik
sarlavhalar berilishi o’quvchini o’ziga jalb etadi. Tarbiyaning har qaysi yo’nalishini
ro’yobga chiqarishda, ma’ruza va suhbat, davra suhbati, munozara, oilaviy
konferensiyalar, oilaviy musobaqa, oilaviy madaniy hordiq va ekskursiya, oilada
individual suhbatlar metodlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi aniq takliflar
bilan birga, hayotiy misollar orqali har bir o’quvchiga tushunarli tilda maslahat bera
olgan deyishimizga asos bo’ladi. Maqolada taniqli adib Mirzakalon Ismoiliyning
fikrlarini keltirilishi judayam o’rinli bo’lganini ko’rishimiz mumkin: “Yaxshi oila
qurmoq uchun birgina muhabbat kifoya emas,. Katta do’stlik ham kerak. Shunday
ham bo’ladi: bir-birlarini sevadilar, turmush qurishni esa bilmaydilar”. Maqola
yakunida “Qizlar klubi” barcha masalalarni o’z zimmasiga ololmaydi, buni imkoni
yo’q. Ayni paytda bu klub imkoniyatlaridan o’rnida foydalanilsa, u juda katta
tarbiyalovchilik vazifasini o’tashi tayinli haqida aniq va lo’nda xulosa berilgan.
Gazetada yoshlar muammolari kabi mavzulari ham turlicha boshqa
matbuotlarga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida mavzuga chuqur yondashuv, batafsillik,
keng qamrovligi bilan alohida ajralib turadi. Misol uchun mavzu dolzarbliligi bilan
uning hajmi teng bo’lishiga gazeta tahririyati alohida e`tibor qaratishini sezish
mumkin.
Katta hayot ostonasiga ilk qadamlarini qo’yayotgan yosh oilalarning
muammolari bo’lishi ta’biy holat hisoblanadi. Ayniqsa ularning alohida oila
qo’rg’onlarini yaratishlarida uy-joy masalasi birinchi darajali masala hisoblanadi.
Yurtimizda bularning barchasi inobatga olingan holda qator loyihalar amalga
oshirilmoqda. Yosh oilalarga e`tibor va g`amxo`rlikni, kuchaytirish, ularni huquqiy
va ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma`naviy jihatdan qo’llab quvvatlash, shu
jumladan boshpana bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklarining yaratilishi
shular jumlasidan.
Prezidentimizning 2007-yil 18-mayda qabul qilingan “Yosh oilalarning
moddiy va ma`naviy qo’llab quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh
oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
qarori bu borada muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2014-yil 6-fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirishga
qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan
“Kamolot uylari” haqida OAVlarida ma`lumotlar e`lon qilib borilayotganini
kuzatitishimiz mumkin. Shu mavzudagi batafsil ma`lumotlarni “Ma`rifat”
gazetasining 2015-yil 25-mart, 24 sonidan o’qishimiz mumkin.Gazeta muxbiri
Dilfuza Toshkenboyevaning “Kamolot uylari” sarlavhasi ostidagi Kamolot YIH
markaziy kengashi yurist- konsutanti Bahrom Ilhomjonov bilan suhbat olib boriladi.
Suhbat davomida “Kamolot uylarini olishni qanday talab va mezonlari bor?”,
“Hujjatlar qanday tartibda ko’tib chiqiladi?”, “Kamolot uylaridagi kvartiralarni
navbatsiz ham olish mumkinmi?”, “Hozir mammlakatimizning qaysi hududlarida
Kamolot uylari qurilyapti?” kabi asosli savollarga mutaxassis tomonidan batafsil
ma’lumotlar berilgan. 14 Bir sahifalik materialdan yangi uy-joy qilishni rejalashtirib
yurgan yosh oilalarni barcha savollariga javob olishlari bilan birga unga talab
etiladigan barcha hujjatlar tartibi va imtiyozli kriditlar haqida ham bilib olishlari
mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |