Mundarija I. Bob. Kirish


Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish



Download 63,93 Kb.
bet7/8
Sana09.07.2022
Hajmi63,93 Kb.
#767314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javohir aka 2-kurs ishi

2.2. Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish
sifatida
Jismoniy va ruhiy salomatlik ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har
bir kishi yetuk tibbiy ong, ko’nikma va o’zini salomat olib yurish madaniyatini
shakllantirish kerak, bu esa sog’lom turmush tarzi shakllanishini asosini tashkil etadi.
Yurt kelajagi hisoblangan yoshlarning har tomonlama barkamol bo’lib
yetishishlarida sog’lom turmush kechirishlarda sportning ahamiyati beqiyos
hisoblanadi. Shularning barchasini inobatga olingan holda yurtimizda yoshlar sportini
rivojlantirish, yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish yetakchi masalalardan
biri. Sport har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash bilan bir o’rinda mamlakatni
dunyoga tanitishda ham beqiyos ahamiyatga ega.
O’zbekiston Mustaqilligining eng muhim strategik yo’nalishlaridan biri
jamiyatni barqarorlashtirish va fuqarolarni jismonan sog’lomlashtirish va turmush
tarzini yaxshilash. Boshqacha qilib aytganda, insonni ham jismonan, ham ma`naviy
sog’lomlashtirishdir. Shuning uchun ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
eng avvalo insoniyat, uning manfaatlariga va barcha moddiy-ma`naviy, huquqiyaxloqiy ehtiyojlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgandir. Har qanday jamiyatning ravnaqi va kelajagi uning ma`naviy kuch-qudrati, sog’lom ijtimoiy-siyosiy muhiti
bilan bog’liqdir. Bu degani ma`naviyat sog’lom turmush tarzi bilan uzviy bog’liqdir
va ular birgalikda jamiyat taraqqiyotining mezoni bo’lib xizmat qiladi. “Ma’naviyat –
inson hayoti barcha qirralarining uning ruhidagi xatti-harakati, faoliyati va
munosabatlari majmuasidir. Sog’lom turmush tarzi esa insonlarning muayyan
ijtimoiy- huquqiy, siyosiy, ruhiy, axloqiy, madaniy jihatlardan shakllangan hayotiy
faoliyat uslubi bo’lib, uni munosabatlarida, madaniyatida, jismoniy sog’lomligida,
taffakur – ongi, odobi, dunyoqarashida, iqtidorida namoyon bo’ladi”23.
Inson sog’lom turmush tarzi jarayonida o’zini anglab uni umrini oxirgacha
rivojlantirib, takomillashtirib boradi. Bu jarayonda uni – farosati, aql-idroki, adolatli
va adolatsizlikdan, ogohlikni loqaydlikdan ajrata olish kabi xislatlar qaror topib
boradi. Bunday xislatlar asta – sekinlikda, jismonan baquvatlikda, ekologik va
huquqiy madaniyatda namoyon bo’lib boradi. Ko’rinib turibdiki, sog’lom turmush
tarzi ma`naviy yetuklik bilan uyg’unlikda inson kamolotiga xizmat qilib kelmoqda.
Bu borada sog’lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy tamoyillari mazmun –
mohiyatini avval yashab ijod etgan buyuk allomalar Forobiy, Bahovuddin
Naqshband, Najmiddin Kubro asarlarida ham sog’lom ijtimoiy muhitdagina sog’lom
turmush tarzi bo’lishini ilmiy – nazariy asoslab berishgan. Ma`salan, Najmiddin
Kubro insonlarning jismonan aqliy, ruhiy va ma`naviy yetuklikni sog’lom turmush
tarzining asosi mezoni hisoblanadi. Bahovuddin Naqshband beadablar yashaydigan
ijtimoiy muhit nosog’lom bo’lib, u insonlarga ham jonzotlarga ham salbiy ta`sir etadi,
deydi. Alisher Navoiy sabr-toqatli insonlar yashagan jamoaning turmush tarzi ham
sog’lom bo’ladi, deb hisoblagan. Bugungi kunda ham yuqoridagi fikrlar o’z isbotiga
ega.
Sog’lom turmush sharq xalqlarini salomatligi ularning jismonan – ruhiy
baquvvat bo’lishiga, ma`naviy yetuk bo’lishiga xizmat qiladi. O’z navbatida
ma`naviy yetuklik sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, takomillashtirishga,
insonlar sihat-salomatligi, baxt soadati, xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat, shuningdek, sportning topishi mamlakatning mudofaa
qudratini oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi, shuningdek, davlatlararo aloqalarning
mustahkamlanishi, mustaqillikni mustahkamlash manfaatlarini xizmat qiladi. 24
Bugun jamiyatning barcha jabhalarida o’z bilim salohiyati bilan davlat rivojiga
hissa qo’shayotgan yoshlarimiz o’zlariga bildirilgan ishonch, zimmalariga
yuklatilgan ma`sulyatni his etib katta muvofaqqiyatlarni qo’lga kiritmoqda. Buni
birgina xalqaro fan olimpiadalari yoki sport sohasida erishilayotgan marralar
timsolida ham ko’rsa bo’ladi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi
intelektual salohiyatli, jismonan baquvvat, ruhan sog’lom avlodni voyaga
yetkazishdan iborat. Uch bosqichli sport musobaqalarining tashkil etilishi, yoshlar
madaniyat va san`at sohalari rivojlanishi bu boradagi islohotlar mukammal strategik
maqsadlarni ko’zlaganidan dalolat beradi. O’z navbatida ular uchun mustahkam
huquqiy asoslar yaratilmoqdaki, ishlar tartib bilan amalga oshirilmoqda.
Sport sohasida yurtimiz yoshalari erishayotgan yutuqlari bilan faxrlansak
arziydi. Ularning shoxsupalarni zabt etishlari zamirida tinimsiz mehnat yotganini,
shu bilan birga yoshlar uchun o’rnak tomonlarini yuzaga chiqarishda OAVning ham
hissasi katta. Aynan matbuot sohasida ham sport mavzulari yetakchilik qiladi.
Ixtisoslashgan nashrlar ko’plab bo’lishiga qaramay har bir matbuotning bir sahifasi
sport mavzulariga bag’ishlanadi.
“Turkiston” gazetasining 7-sahifasida muntazam sport mavzulari yoritilib
boradi. Gazetaning 2014-yil 10-sentabr sonida Dilshod Ro’ziqulovning
“Sportchilarimiz Janubiy Koreyada ham g’olib” nomli maqolasida “Butunjahon jang
san`atlari festivalida 28 nafar sportchimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Ushbu nufuzli festivalda koreyalik, hindistonlik raqiblarimni to’rt turda
mag’lubiyatga uchratib, yakunda oltin medalni qo’lga kiritdim, - deydi terma
jamoamiz a’zosi, Angren avtomatika va servis kasb- hunar kollejining birinchi kurs
Noilaxon Ahmedova” 25 . Ko’pchilik yoshlar sport musobaqalarida oltin medallar
sohibi bo’lish uchun ixtisoslashgan o’quv dargohlarida o’qish kerak, deb o’ylashadi.
Biroq kasb-hunar kolleji talabasini erishgan yutuqlari ko’pchilik tengdoshlarini ham
serharakatlikka unday oladi.
2014-yil Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan XVII Osiyo
o’yinlari barcha OAVning diqqat markazida bo’lishi tabiiy chunki xalqaro
musobaqalar nafaqat sportchilarning balki davlatning ham shon-shuhrati hisoblanadi.
“Turkiston” gazetasi muhbiri Alibek Omonturdiev maqolasida keltirilishicha,
“Nufuzli musobaqada sportchilarimiz 9 ta oltin, 14 ta kumush va 21 ta bronza
medalni qo’lga kiritishdi”26. Maqolada O’zbekiston sportchilarini Osiyo o’yinlarida
erishgan ja’mi yutuqlariga ham to’xtalib o’tilgan. 1994-yildan buyon ishtirok etib
kelayotgan yurtdoshlarimiz bugungi kungacha 54 ta oltin, 82 ta kumush va 93 ta
bronza ja’mi 229 ta medalga sazovor bo’lishgan. XVII Osiyo o’yinlari natijalarini
qo’shganda medallar soni 273 nafarga yetgan. Barcha yutuqlar zamirida yurtimizda
yaratilayotgan imkoniyatlar va undan unumli foydalanayotgan yoshlarning tinimsiz
mehnatlari yotadi.
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo’lib o’tgan “Paraosiyo 2014”
o’yinlarida sportchilarimiz 22 oltin, 5 kumush va 4 bronza, jami 31 medalni qo’lga
kiritib, qirqdan ziyod davlat orasida beshinchi, markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida
birinchi o’rinni egalladi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
tasarrufidagi 5 ta oliy ta`lim muassasasi, 21 madaniyat va san`at kolleji, 14 Olimpiya
zahiralar kollejlarida ta`lim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, yuqori
bilim va salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash yo`lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston
Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland
cho'qqilarni zabt etgan holda o'z tarkibiy sonini yildan-yilga ko'paytirib bormoqda.
Sportchilarimizning yuqori cho'qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro
maydondagi obro'sini mustahkamlashda shubhasiz ko'maklashadi. Nufuzli
anjumanlarda milliy bayrog'imizni himoya qiluvchi yoshlar maxsus yakka va o'yin
sport turlarining professionallari o'z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib
mamlakatimizning boy sport ana'nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va
tasdiqlamoqdalar. Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho'qqilarga
erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi.
Mana shularning barchasi mavjud bo'lgandagina sportning bir me'yorda doimiy
rivojlanishiga erishish mumkin.
Ko'pgina mamlakatlarning tajribalariga qaraganda, milliy sport va jismoniy
tarbiya taqdirlari haqida davlat tomonidan g`amxo'rlik qilinishi ham, shubhasiz juda
katta foyda keltirmoqda. Ijtimoiy sohadagi ushbu moddalarni qo'llab-quvvatlashda
birinchi navbatda o'smir bolalarni va jamiyatning yo'sh muhitini ruhiy-jismoniy
sog`lomlashtirish maqsadida barcha qulay sharoitlarni yaratmoqda.


Xulosa
Mamlakatimizning hukumat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va sport muassasalari
sport va jismoniy tarbiya sohasida moddiy-texnik bazasini rivojlantirish,
ommaviylikka erishish, professional sportni kuchaytirish kabi muhim muammolarni
har doim birgalikda yechishda hamjihat faoliyat olib bormoqda.
Respublikada sportni rivojlantirish bo'yicha asosiy faoliyatni O'zbekiston
Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi olib boradi va muvofiqlashtiradi.
Shu bilan bir qatorda olimpiya harakatini kelgusida rivojlantirish tadbirlarini va
ularda respublika sportchilarini ishtirok etishini ta'minlash 1993-yilda Xalqaro
Olimpiya harakatiga a’zo bo'lgan Milliy Olimpiya Qo'mitasi zimmasidadir. Bugungi
kunda O'zbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi bo’yicha xalqaro
federatsiyalarning a’zosi hisoblanib, ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish
huquqiga egadirlar.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashni O'zbekiston
davlat jismoniy tarbiya instituti amalga oshiradi. Unda har yili 2 mingga yaqin
talabalar tahsil olmoqda. Oliy o'quv yurti jismoniy tarbiya o'qituvchilarini va sport
bo'yicha murabbiy-o'qituvchilarni tayyorlamoqda.
Respublikada keyingi yillarda sportning alohida turlari rivojlanmoqda, hamda
ularning moddiy-texnik bazasi jahon talablari asosida mustahkamlanmoqda. Shu
qatorda 36 nafar jamoadan iborat o'zbek futbolining bazasini misol qilib ko'rsatish
mumkin. Uning ixtiyorida 231 ta stadion, 5231 futbol maydonlari, shuningdek
kichik-futbol va futzal o'ynaydigan ko'p sonli maydonlar mavjud. 28 Respublikada
keng tarqalgan sportning ushbu turi bo’yicha O’zbekistonda Chempionati va
birinchiligi hamda Respublika kubogi o’tkaziladi. Sportning katta tennis turi
ommaviyligi bo’yicha "birinchi o'rin"dagi sport turidan qolishmaydi. Respublikada
tennisining rivojlanganlik darajasini O’zbekiston tennischilarning muvaffaqqiyatlari
orqali ko’rish mumkin. 1994-yildan buyon mamlakatning barcha yirik shaharlarida
har yili jahonning kuchli tennischilari ishtirokida xalqaro turnirlar o` tkazilmoqda.
Respublika poytaxtining asosiy tennis musobaqasi “Prezident sovrini” bo`lgan yillik
turniri hisoblanadi. O'zbekiston boks bo'yicha Osiya chempionati, taekvando bo'yicha
Osiya va Okeaniya chempionati, erkin kurash bo'yicha “A” darajali xalaro turnir kabi
nufuzli musobaqalar va turnirlarning o` tkazish joyi bo'lib kelmoqda.
Olimpiya o’yinlari turkumiga kiruvchi sport turlari bo’yicha terma jamoalar
oily sport ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Bu sport dargohlarida oily toifali
2000 nafar sportchilar 150 nafar malakali mutaxassislar qo’l ostida
tayyorlanishmoqda. Ular 32 ta sport turlari bo'yicha milliy jamoa asoslarini tashkil
etadilar. Mazkur maktablar qoshidagi Olimpiyaga tayyorlov markazlarida istiqboli
porloq va iqtidorli atletlar shug’ullanmoqdalar.



Download 63,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish