Mundarija: 6 – sinf tarix


-§ Temir asriga o`tish davrida O`rta Osiyoning rivojlanishi



Download 0,83 Mb.
bet7/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

5-§ Temir asriga o`tish davrida O`rta Osiyoning rivojlanishi.
Sug`orma dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlaridagina temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyati paydo bo`ldi. Bu jarayon ancha sermehnat bo`lgan, negaki temir misga qaraganda ancha yuqori haroratda eriydi (1500°C). Ammo temir mis va bronzaga nisbatan olganda ulkan afzalliklarga egadir: temir ulardan qattiqroq edi. Temirdan birinchi bo`lib Kichik Osiyoda xettlar (miloddan avvalgi XIV-XIII asrlar), so`ngra qo`shni mamlakatlar (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlari foydalana boshladi. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Temir nodir va qimmatbaho metall bo`lmasada, undan dastlab zeb-ziynat buyumlari sifatida foydalanishgan. Shunday bezanlar Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo`rg`oni yodgorligidan topilgan. Mehnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanilishi, eng avvalo, dehqonchilik texnikasi rivojiga ta'sir o`tkazdi. Temir uchli omochlar, temir boltalar va omochlar paydo bo`ldi. Bu mehnat qurollari katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib berdi. O`rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oid bo`lsada, ulardan ko`pi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oiddir. Ijtimoiy tuzum. Yevropadan farqli o`laroq Sharqda dehqonchilik asosan sun'iy sug`orish zaminida rivojlandi. Gulga burkangan bog`lar va serhosil dalalar Sharqda anhorlar va ariqlar keng tarmog`i yordamida dalalarga oqizilgan suv tufayli mavjud bo`lishi mumkin edi. Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu narsa yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o`tilishiga zamin hozirladi. Urug` jamoasi o`rnini hududiy qo`shnichilik jamoasi egallay boshladi. Mil. avv. I mingyillik boshlarida O`rta Osiyoda aholi to`rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar. Qabila-urug` boshliqlarining nufuzi asta-sekin orta bordi. Harbiy sardorlarning nufuzi ayniqsa ortib, hokimiyat otadan o`g`ilga o`tadigan bo`ldi. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti: urug` -> urug` jamoasi -> hududiy qo`shnichilik jamoasi -> qabila -> qabilalar ittifoqi -> davlat. Doimiy harbiy to`qnashuvlar sharoitida qabila sardorlarining ahamiyati va nufuzi orta bordi, jamiyat esa harbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi. Harbiy demokratiya - ilk davlatchilikka o`tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir. "Avesto"dan O`rta Osiyoda jamiyatning negizi "nmana" deb ataluvchi katta patrlarxal oila bo`lganini bilib olamiz. Bir necha "nmana"lar urug` jamoasi - "vis"ni tashkil etgan. Hududiy qo`shnichilik jamoasi esa "varzana" deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga - "zantu"ga birlashgan. o`z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa - "dah'ya"ga uyushishgan. "Avesto"ga ko`ra, jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud bo`lgan: oqsoqollar kengashi - xalq yig`ilishi - alohida tumanlar - viloyatlarning hukmdorlari. Aholi urug` va qabila bo`yicha emas, balki hududiy taomilga ko`ra guruhlarga ajratilishi vujudga kelayotgan davlatchilikning muhim alomati edi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish