Mundarija: 6 – sinf tarix


l-§. Qadimgi tarix - sivilizatsiyaning boshlanishi



Download 0,83 Mb.
bet3/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

l-§. Qadimgi tarix - sivilizatsiyaning boshlanishi.
Qadimgi tarixni o`rganish. Arxeologlar qadim o`tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko`rgan antropologlar ularning tashqi ko`rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro`y bergan o`zgarishlarni nazardan o`tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlami, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko`pgina udumlari, xo`jalik va madaniyat ao`analarini o`rganadilar. Lingvistlar, ya'ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo`sunda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar. Qadimgi tarix bo`yicha manbalar. O`lkamiz eng qadimgi tarixining keng tarqalgan manbayi qadimshunoslar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo`li bilan yaratilgan hamma narsalar shu lar jumlasiga kiradi. Yozma manbalar turli xil bo`lib, qoyatoshlarga, sopol buyumlarga bitilgan qadimgi yozuvlar yoki qadimgi tarixshunoslarning asarlari shularga kiradi. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning tarixiy viloyatlari, ajdodlarimizning madaniyat tarixi o`z ifodasini topgan. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyalari yozuvlaridir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug`iga ko`ra qoyaga o`yib yozilgan uch til - qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt etgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, So`g`diyona, Baqtriya viloyatlari bilan birga sak qabilalari sanab o`tiladi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, to`qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi. Unda o`lkamizning qadimgi aholisi to`g`risida batafsil ma'lumot beriladi. Yurtimiz tarixi haqida ayrim ma'lumotlar yunon tarixshunoslari Ksenofont va Ktesiy asarlarida ham o`z aksini topgan (miloddan avvalgi V-IV asrlar). Miloddan avvalgi I asr oxirlarida o`tgan qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon "Geografiya" degan asarida ko`plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar haqida ma'lumotlar keltiradi. Miloddan avvalgi II asr oxiri - I asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Szyang Xitoy tarixiga doir "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan. U yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to`g`risida ham ma'lumot beradi. Milodiy I asrda o`tgan qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" degan asar yozgan. Makedoniyalik Aleksandrning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma'lumotlarni milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian ham ancha to`ldiradi. U "Aleksandrning harbiy yurishlari" degan asar yozgan. Hududdagi ilk yozma manbalar - "Avesto", Behistun bitiklari va qadimgi dunyo (yunon-rim) tarixchilarining asarlarida o`lkamizda yashagan qadimgi xalqlar, alohida joylar, tog`lar, daryolar va ko`llar, afsonaviy qahramonlar va podsholar nomlari, mamlakatimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, iqtisodiy va siyosiy tuzumi to`g`risida ma'lumotlar beriladi. Qadimgi Xorazm sopol idishlari sirtidagi bitiklar mahalliy yozuv o`sha asrlardan boshlab mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. So`g`d yozuvi esa miloddan avvalgi III-II asrlarda shakllangan edi. O`zbekiston hududida miloddan avvalgi III va milodiy I asrga oid ko`plab tangalar topilgan, ulardagi yozuvlar va tasvirlar o`lkamiz tarixini o`rganish uchun katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o`rta asrlarga qadar yetib kelgan ko`plab so`g`diy, xorazmiy tilli noyob yozma yodgorliklar, tosh, sopol, kumush, yog`och va charm buyumlarga bitilgan turli xil ma'lumotlar tarixiy manbalar sifatida qimmatlidir. O`zbekiston va jahon sivilizatsiyasi. O`zbekiston Amudaryo va Sirdaryo oralig`i, Farg`ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi, baland tog`lar etaklarigacha bo`lgan katta hududni egallaydi. Bu yerlar o`zining serhosilligi va issiq iqlimi tufayli insoniyatning eng qadimgi makoniga aylangan. Qulay geografik mintaqada joylashganligidan Sharq va G`arb mamlakatlarini bog`lab turgan. Bunda O`zbekistonning barcha yirik shaharlari orqali o`tgan Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati nihoyatda katta bo`lgan. O`zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda mahalliy aholi bir necha yuz mingyilliklar davomida yashagan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Kichik Osiyo shaharlarida yashab o`tgan yunonlar yurtimizning aholisi, viloyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo`lganlar. Yozma manbalarda O`zbekistonning ayrim viloyatlari "ming shahar o`lkasi", "yuksak bayroqli go`zal mamlakat", "serquyosh o`lka" kabi nomlar bilan mashhurdir. Rimlik tarixchi Pompey Trog baqtriyaliklar qadimlikda misrliklar bilan bahslasha oladilar deb xabar qiladi. Miloddan avvalgi III-II mingyilliklarda O`zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o`rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Asrlar davomida turli xalqlar qurilish, me'morchilik, kulolchilik va tasviriy san'atdagi shu davrga mos zamonaviy yangiliklar bilan tanishib olganlar. ilodiy I-IV asrlardan boshlab Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida yaratilgan madaniyat so`g`dlarning yangi yerlarni o`zlashtirish faoliyati va so`g`d savdogarlarining Buyuk Ipak yo`lidagi harakatlari bilan bog`langan. Shuning uchun ham so`g`d tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo`g`uliston zaminidan topib tekshirilgan. Uzoq o`tmishni o`rganish davrimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Uni o`rganmay turib kelajakka nazar tashlab bo`lmaydi. Zamon talabiga ko`ra, bunday yondashuv xalqimizning tarixiy merosi va madaniy an'analarini o`rganish, targ`ib qilish va boyitish jarayonida muhim ahamiyatga egadir. O`zbekistonning jahon tarixiy taraqqiyotiga qo`shgan va qo`shayotgan hissasi nihoyatda katta. Xalqimizning fan, madaniyat va san'at sohasidagi yutuqlari butun insoniyat madaniyati rivojida muhim o`rin tutadi. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish. Jahondagi barcha xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumini boshdan kechirgan. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi. Ibtidoiy to`da - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan ehg qadimgi odamlar jamoasidir. Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga - urug` jamoasiga aylana bordi. Urug` - birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqlarga ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. Eng qadimgi urug`chilik tuzumi - insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma baravar ishlagan bir davridir. Dastlabki urug` jamoalari ayol kishi, ya'ni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug`i davri - matrlarxat deb ataladi. Matrlarxat - eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug` va oila boshlig`i ayol kishi bo`lgan. Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patrlarxat deb atashadi, patrlarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi. Patrlarxat - insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan. Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh asri" deb atashadi, tosh asri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:
- qadimgi tosh asri - paleolit (yunoncha "paleos" -
"qadimgi" va "litos" - "tosh" so`zlaridan);

  • o`rta tosh asri - mezolit ("mezos" - "o`rta");

  • yangi tosh asri - neolit ("neos" - "yangi");

  • mis-tosh asri - eneolit (lotincha "eneus" - "mis" va yunoncha "litos" - "tosh" so`zlaridan).


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish