Mundarija: 6 – sinf tarix


-§ Eneolit va bronza asri ziroatchilari



Download 0,83 Mb.
bet6/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

4-§ Eneolit va bronza asri ziroatchilari.
Metall davrining asosiy xususiyatlari. Neolit davri oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo`ldilar, ya'ni misdan foydalanish, mehnat qurollari va qurol-yaroqlar yasashga bu metalldan o`tildi. Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilishi davri eneolit - mis asri deb ataladi. Bu davr miloddan avvalgi 4-3-mingyilliklarga to`g`ri keladi. Tosh qurollarga nisbatan afzalliklariga qaramasdan, mis qurollar unchalik keng tarqalmadi. Odamlar misni qalayi, qo`rg`oshin bilan birga qo`shib eritib, bronza hosil etganlaridan so`ngra misga nisbatan mustahkam sun'iy metall keng tarqaldi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma'naviy madaniyatiga katta ta'sir ko`rsatdi. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O`rta Osiyo janubida sug`orma dehqonchilik vujudga keldi, xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o`simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo`ldi. Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo`lgan odamlar endi dala larga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo`lga kiritdi, natijada ular ixtiyorida ortiqcha qishloq xo`jalik mashg`ulotlari va mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Janubda dehqonchilik, shimolda esa chorvachilik rivojlandi. Turli hududlarda odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o`tdilar. Patrlarxatning boshlanishi. Ayol kishi urug`ni oziq-ovqat bilan ta'minlashda yetakchilik qilar ekan, matrlarxat davom etib keldi. Yer haydab ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug`ni yetarli mahsulotlar bilan ta'minlash erkaklar qo`liga o`tdi. Ayollar uy xo`jaligi xususida g`amxo`rlik qila boshladilar. Endi urug`chilik oilasida erkaklar muhim o`rin tuta boshladi. Oila qurishda ayol erkak kishi oilasi urug`i ixtiyoriga o`tadi. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo`ladi. Mil. avv. III mingyillikka kelib, patrlarxat davri boshlandi. Ota urug`iga o`tilishi patrlarxal oila shakllanishi bilan barobar kechdi. Bunday oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan edi. Patrlarxal oila - ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir. Bronza davri odamlarining manzilgohlari. Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko`li yaqinidan topilgan. Shuningdek, Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh) va Tojikiston (Sarazm) hududlarida eneolit va bronza asriga oid uy-joylar va turli buyumlar topilgan va o`rganilgan. Zamonbobo - Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi Zamonbobo ko`li bo`ylarida miloddan avvalgi II mingyillikda yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi. Surxondaryo vodiysida, Sherobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo`lgan Sopollitepani topishdi. Qazishmalar davomida bu yerdan uy-joy, maishiy va xo`jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug`doy va arpa doni topilgan. Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vohasida hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo`lmagan joyda Jarqo`ton manzilgohi vujudga kelgan edi. Sopollitepa- O`zbekiston janubidagi dehqonlarning miloddan avvalgi II ming yillik manzilgohidir. Jarqo`ton manzilgohi rejasida shaharning ilk alomatlari ko`zga tashlanadi. Jarqo`ton ikki qismga ajratilgan edi: qasr (hukmdor qarorgohi) va jamoa a'zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari. Qasr ichida ibodatxona (ilk ibodatxona) bo`lgan. Bu davrga oid manzilgohlar Xorazm vohasida ham topilgan va o`rganilgan. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchiliklar, to`quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g`ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa ildamroq harakatlanish vositalari ham vujudga keldi. Sopollitepa manzilgohi markazidamiz. Bu qadimiy qishloq uch qator mudofaa devori bilan o`ralgan. Devorning qalinligi ikki metrgacha boradi. Tashqi devorni buzib, manzilgohga kirmoqchi bo`lgan dushmanlar tuzoqqa tushardilar. Manzilgoh mudofaachilari o`q va toshlar yomg`iri bilan ularni qarshi olardilar. Sopollitepaga yagona darvozadan kirilgan. U juda qattiq qo`riqlangan. Biz qishloqning sakkiz mahallasidan biridamiz. Barcha ko`chalar manzilgoh markazidagi maydonga olib borgan. Bu yerda savdo qilingan. Kulollar o`zlari yasagan uzun guldonlar, ko`za va xumchalarini chiqarib sotishgan. Ular kulollar charxida yasalgan. Ayollar oltin va jezdan yasalgan taqinchoq: sirg`a va munchoqlar, tumor va oynachalarni ko`zdan kechirganlar. Tikuvchilar rang-barang gazlamalarni ko`z-ko`z qilishardi. Chekkaroqda ziroatchi va chorvadorlar o`zlari yetishtirgan bug`doy, arpa, hayvon terilaridan yasalgan buyumlarini sotardilar. Ma'lum bo`ladiki, bronza davri aholisi hunarmandchilik, to`quvchilik, kulolchilik, zargarlik va quruvchilikda katta yutuqlarni qo`lga kiritganlar. Bronza davrida inson g`ildirakni ixtiro qiladi. Aholi qo`l tegirmon (yorg`uchoq), arava, charxpalak yasab, ulardan foydalanadigan bo`ladi. Yuk tashish vositalari vujudga keladi. Ammo bronza davri odamlarining hayoti tashvishda o`tardi. Ularning hayoti tabiat hodisalari, tasodiflarga bog`liq edi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish