Mundarija: 6 – sinf tarix


-§. Rim respublikasining hayoti



Download 0,83 Mb.
bet45/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

49-§. Rim respublikasining hayoti
Shaharlardagi hayot. Imperiya hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko`paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko`plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, ham momlar, savdo rastalari va dorixonalar bo`lgan. Ko`pchilik odamlar 2-3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o`zlariga koshona qurib olar edi. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo`lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar - shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona koshona - uy-joylar - villalar devorlarini freskalar - selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turar edi. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig`ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo`lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko`prikka o`xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelar edi. Ovqat pishirish va isitish uchun yog`och ko`miri yonib turuvchi o`txonalardan (o`choqlar) foydalanilgan. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar qullar edi. Har bir shaharda qullar savdoga chiqariladigan bozor bo`lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslar ularning jamiyatdagi mavqeyini bildirib turar edi. Masalan, o`g`il bolalar 14 yoshga to`lgunga qadar pushti yo`llik "togu" kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq togu kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir toguni senatorlar ham kiyishar edi. Rimlik ayollar turli rangdagi ko`yiaklar kiyishar, bosh va yelkalariga ro`mol yopinar edilar. Qadimgi rimliklar xudolari. Kundalik hayotda rimliklar o`z xudolariga madad va homiylik istab ko proq murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug`vor ibodatxonalar barpo etilgan. Bundan tashqari, har bir rimlik xonadonda o`z xudosi bo`lgan. Rimliklar xudolarining ko`pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonliklar bag`ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag`lubiyatga uchragudek bo`lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik degan xayolga borishgan ( qiyoslang: yunonlarda urush xudosi Ares). Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter hisoblangan. Yupiter Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb hisoblangan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana hisoblangan. Rimliklar Vulkanni olov va temirchilar xudosi deb hisoblashgan. Venera bahor va sevgi xudosi, Baxus may xudosi bo`lgan. Rimning odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya hisoblangan. Bu iloha odatda ko`zlari bog`langan Ayol ko`rinishida tasvirlangan. Yustitsiyaning o`ng qo`lidagi qilich jazo timsoli sanalgan, chap qo`lidagi tarozi bilan iloha aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab o`lchagan. Rimning taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Fortunani ko`pincha taqdirlar peshvosi sifatida gohida rul bilan, ba'zan esa taqdir qo`nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlashgan. Rimning qasos va intiqom ilohalari bo`lmish Furiyalar yovuz, qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan. Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupiterning ulkan haykali o`rnatilgan. Ibodatxona yonida altar - qurbonlik baxshida etiladigan ko`tarma joy bo`lgan. Odatda ho`kizlar, qo`ylar, cho`chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan. Qurbonlik bag`ishlash marosimini faqat kohinlar o`tkazishga haqli bo`lishgan. Hayvonlar go`shtining bir qismi xudo qovurilgan go`sht isini hidlashi uchun altarda kuydirilgan. Ammo, rimliklarning fikricha, xudolarning asosiy yeguligi nektar bo`lib, ularning navqironligi va manguligini ta'minlar ekan. Diniy marosimlar. Diniy marosimlar qat`iy belgilangan qoidalar bo`yicha o`tkazilgan. Diniy marosimlar o`tkazilishi ustidan kohinlar - pontifiklar - Rim ruhoniylari nazorat qilgan. Pontifiklar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylarni ifoda etuvchi pontifiklar hay'atiga Buyuk pontifik rahbarlik qilar edi. Buyuk pontifik xudolar bilan maslahatlashib olib, uzil-kesil xulosa beradi, deb hisoblashgan. Rimliklar barcha muhim ishlarni fol ochishdan boshlashgan. Fol ochish kohinlar - avgurlar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks sadoga va hokazolarga qarab fol ochar edi. Mabodo alomatlar ko`ngildagidek bo`lmasa, ishlar ma'lum muddatga kechiktirilar edi. Biroq keyinchalik avgurlar ta'siri pasayib ketdi va hatto "avgurning tabassumi", ya'ni "aldoqchining ayyorlarcha jilmayishi" degan qochiriq ham dunyoga keldi. Xonadon o`chog`i ilohasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlanar edi. Muqaddas olovni saqlash ayol kohinalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turar ekan, davlat mavjuddir deya hisoblashgan. Shuning uchun vestachi kohinalar ta'siri va nufuzi katta edi. Ularga hatto qatlga hukm etilganlarni afv etish huquqi ham berilgan edi. Vestachi kohinalar safiga o`tgan ayollar nikohlanmaslik to`g`risida qasam ichishar edi. Bu qasamyodni buzgan kohinalarni rimliklar tiriklayin yerga ko`mib tashlashgan.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish