Mundarija: 6 – sinf tarix


B. Ya. Staviskiyning "Temir darvozadan janubroqda" kitobi: 1977



Download 0,83 Mb.
bet37/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

B. Ya. Staviskiyning "Temir darvozadan janubroqda" kitobi: 1977.


39-40-§§. O`rta Osiyo aholisining yunon-makedon
istilochilariga qarshi kurashi
Makedoniyaning yuksalishi. Miloddan avvalgi IV asrda Filipp II Makedoniya podshosi bo`ldi. U kuchli armiya tuzdi. Mil. avv. 338-yilda Xeroneya yaqinida makedonlar yunonlar qo`shinini tor-mor etib tashladi. Ana shu jangda Filippning o`g`li navqiron Aleksandr alohida jasorat ko`rsatdi. Korinf shahrida yunon shaharlari elchilarining kengashi to`plandi. Unda Filipp Fors podsholigi ustiga yurish maqsadida yunonlar va makedonlar harbiy ittifoqini tuzishni taklif qildi. Filippning o`zi Sharqqa yurishni amalga oshira olmadi. Mil. avv. 336-yilda Filipp teatrga borganida saroy xizmatkorlaridan biri unga xanjar urdi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo`ladi. Shu yili u 20 yoshga to`lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g`ayriodatiy kuch-g`ayrat va jasorat sohibi bo`lgan, safdoshlari va qo`shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma'lumotlar qoldirgan. O`rta Osiyo xalqlarining harbiy san`ati. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda O`rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg`a bo`lgan. Xanjar va qilich bilan qurollanganlar. Jangovar oybolta va nayza ham ishlatganlar. Kamon o`qi va chopqilar temir va jezdan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar. O`rta Osiyo xalqlari orasida xanjar "aqinak", jangovar oybolta esa "sagaris" deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamon o`qlaridan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko`kragiga temirdan to`qilgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o`q-yoy, nayza yoki qilich bilan dushmanga hamla qilganlar. Suvoriylar boshqa bir taktikani ham qo`llaganlar: yolg`ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishlari ham mumkin edi. Qal'a va shaharlarni himoya qilishda o`q-yoy va palaxmondan foydalanganlar. Tosh irg`itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishgan g`isht guvalalardan ham foydalanilgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo`lgan mustahkam devorlar bilan o`rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo`laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularda ham kamonchilar qo`yilgan. Suv to`latilgan chuqur va keng xandaq qal'aga boradigan yo`lni to`sib turar edi. Makedoniyalik Aleksandrning istilochiligi. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar suloiasidan bo`lgan so`nggi shohi Doro III qo`shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo`shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi. Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo`ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo`lgan Bess edi. U Baqtra shahrini himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So`g`diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o`z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o`tgani, ikkalasi ham mag`lubiyatga uchragani, shuning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko`rishi lozimligi to`g`risidagi maslahatini yodda tutar edi. Maroqandaning bosib olinishi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Amudaryodan o`ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to`siqdan o`tib oldilar. Qo`shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Maroqandani egalladi. Aleksandr qo`shinlarning bir qismini qoldirib, o`zi esa Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari sari siljiy boshladi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan. So`g`diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko`tarildi. Tez orada so`g`diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo`shiladilar. Qo`zg`olonga iste'dodli rahbar va qo`mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo`shin to`plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo`shin jo`natadi. Qadimda "Politimet" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo`yida makedonlarga pistirma qo`ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o`zi qo`zg`olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to`xtatadi, o`z qo`shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo`yida, Xo`jand yaqinida bir tayanch manzili barpo etish to`g`risida buyruq beradi. Bu qal'a Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada garnizon - maxsus harbiy qo`shin qoldirib, asosiy qo`shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo`nadi. o`sha yilning bahorida Aleksandr qo`zg`olonni bostirish chorasini ko`radi. o`z lashkarlarini uch qismga bo`lib, So`g`diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo`lib o`tdi. Kuchlar teng bo`lmaganidan Spitamen yengilib, tag`in cho`lga chekinadi. o`sha yerda ko`chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o`ldiradilar. Kurashning davomi. Spitamenning o`limi so`g`diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Xoriyen va Okslartning Hisor tog`larida joylashgan tog` qal'alarini qo`lga kiritib, Aleksandr Okslartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e'tiborli so`g`d qabilasi boshliqlaridan biri bilan qarindosh tutinadi. O`rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo`lmagan hududni: Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona va hozirgi Bekobod va Xo`janddan iborat Sirdaryo bo`ylarini bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg`ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo`zg`oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo`shinlari birinchi bor qator mag`lubiyatlarga uchradilar. Bosqin oqibatlari. Yunon-makedon qo`shinlarining bosqinchilik yurishlari O`rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko`plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O`rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg`iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba'zilari vayron etilgan So`g`diyona va Baqtriya shaharlari o`rnida, boshqalari esa tayanch qal'alari sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashdi. Mil. avv. 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So`g`diyona yoshlari hisobiga to`ldiriladi. Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an'analari o`zaro omuxta bo`la bordi. Shu asosda O`rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi.
Qasos
Iskandarning shavkatli jangchilari Zarafshon daryosiga olib boradigan yo`ldan chang-to`zon ko`tarib, sahro jonivorlarini qo`rqitganicha sudralib kelardi. Ular o`zlari uchun odatiy ishga aylanib qolgan bosish, o`ldirish va g`alaba sari oshiqishardi. Avvaliga ular birovlar hukmiga ko`ra, keyinchalik odatga va hunarga aylangan chopish, yanchishlarsiz tura olmaydigan bo`lib qoldilar. Urushlar ularni qo`pollashtirgan; rahm-shafqat va inson zotiga nisbatan mehr-u muruvvatdan begonalashtirgan, tabiatning insonlarga ato etgan ezguliklaridan yirqlashtirgan edi. Ular yo`llarida uchragan obod shahr-u qishloqlarni vayron etib, ajal urug`ini sepib, o`zlaridan shaharlar o`rnida vayronalar, birovlarning ota-onalari, farzandlarining murdalarini qoldirar ekanlar, g`alaba qildik, deya o`zlaricha tantana qilardilar. Biroq surunkali g`alabalar oqibatida ularni dahshatli intiqom kutardi. Shon-shuhratga odatlanib qolgan ellinlarning bu gap xayoliga ham kelmasdi. Ular o`z o`rgangan ishlariga shoshgancha yelib kelar edilar. G`alaba sadolari yangradi. ... To`satdan o`q-yoylar ovozi "tiring"lab qoldi. Butalar orasidan kamon o`qlari vizillagancha chaqirilmagan "mehmon"lar badaniga sanchila boshladi. Dog`uli yov to`satdan hujum uyushtirdi. Makedonlar dahshatdan tong qotdilar. Yana pistirma!.. Sarkarda Karanning buyruq aralash baqirig`i kor qilmadi. Makedonlar qo`rquvdan ixtiyorlarini qo`ldan berib qochishga tutindilar, biroq shundoqqina yonlaridagi qamishzor orasidan dushman piyodalari chiqib, oyboltalarini ustalik bilan ishga soldilar, g`animlarini yer tishlata boshladilar. Frakiyalik, agrian, peon, makedon, fessaliyalik va illiriyaliklardan ikki ming nafarining murdalari Zarafshon bo`yi va daryo orolchasida qoldi. Intiqom soati o`zini kuttirmadi. Halok bo`lgan jangchilarni Olimp tog`idagi xudolar ham ellinlar armiyasi safiga qaytarishga ojiz qoldilar. Bu ulkan mag`lubiyat yunon-makedon qo`shinlarining yengilmasligi haqidagi aqidani chippakka chiqardi. Spitamen o`z muvaffaqiyatiga rivoj berib, makedonlar qoldiqlarini Maroqanda qal'asiga kirib olib, mudofaa choralarini ko`rishga majbur etdi... Osiyoliklarning suvoriylari makedonlar ustiga ot qo`ydilar. Krater hujum qilib kelayotgan suvoriylarga qarshi toshotar qurollarini ishga soldi. Otilgan yuzlab toshlar otliqlar safiga shikast yetkazdi. Qo`rqib qolgan otlar kishnab, pishqirganlaricha ag`darilib tusha boshladilar. Ajabo, suvoriylar o`zlarini yo`qotib qo`yinadilar. Otlaridan sakrab tushib, o`zlarini darhol jangga shaylardilar. Fessaliya otliqlari Baqtriya suvoriylari qanotiga hujum qildilar. Baqtriyaliklar chekindilar. Dunyoning eng sara otliqlari hisoblangan Fessaliya jangchilari zarbasiga osiyoliklar dosh bera olmadi. Kraterning ko`ngli joyiga tushdi. Fessaliya otliqlari dushmanning urush san'atlarini bir dam xayoldan chiqarib, ularni ta'qib etishda davom qildilar. Hatto otda shamoldek yelib ketayotganda ham saklar, baqtriyaliklar bexato ota olishlari ko`p janglarda ularni lol qoldirgan edi. Bu saboqni ular unutdilar. Ellinlar Geraklni yer yuzining eng mohir yoyandozi deb hisoblar edilar. Oksning o`ng sohili yoyandozlari tillarda doston bo`lgan o`sha qahramonni ham dog`da qoldirdilar... Ilg`or to`da jangchilari bexosdan dahshatga tushib, "Pistirma!", "Pistirma!" deya baqirishib, sarosimaga tushdi. Dushman ularga hech kutilmagan joydan hujum qildi. Makedonlar safi o`zini o`nglab olishga ulgurolmadi. Qoyalar tepasidan xarsang toshlar ular boshiga do`ldek yog`ila boshladi; to`rt tarafdan birinjiy (bronza) paykonli o`q yog`ila boshladi. So`g`dlar hujumi shu darajada yashin tezligida sodir bo`ldiki, ilg`or qismning aksari jangchilari bu kutilmagan zarbadan halok bo`ldilar... Makedonlar toshotar qurol (katapult)lar yordamidagina so`g`dlarni chekinishga majbur qildilar. Ptolomey jang maydonidan yarador so`g`diylarni topib keltirishni buyurdi. Lekin bundaylarni topisha olmadi. Jonsiz so`g`diylar esa sarkardaga Aleksandr lashkariga hujum qilishga ularni nima majbur qilgani haqida so`zlayolmas edilar. Vaholanki, Ptolomeyning o`zi bu gapning fahmiga allaqachon yetgan edi. U barcha murdalarni to`plab, jangda o`ldirilgan Aleksandr jangchilari yoniga terishlarini buyurdi. Ellinlar murdalarining har qirqtasiga uch nafardan shahid ketgan so`g`dlar to`g`ri keldi. Ptolomeyning yo`qotishlari katta bo`ldi. Makedonlar Persepoldan to Amudaryogacha qilgan zafarli yurishlarida bunchalik ko`p jangchi yo`qotmagan edilar. Erishilgan g`alaba mag`lubiyat bilan barobar edi. Biroq, shon-shuhratgagina ko`nikkan yunon-makedonlar buning fahmiga yetolgan emas edilar...

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish