Shaxs oti yasovchi qo'shimchalar. Bu guruhdagi otlar katta miqdorni tashkil qilganidek, turli ma'nolarni ham ifodalaydi. Shaxs oti yasovchilar orasida eng faol va turli ma'nolardagi otlar yasovchi qo'shimcha- chi qo'shimchasidir. Bu qo'shimcha barcha so'z turkumlari va boshqa tillardan kirgan so'zlarga ham qo'shilib quyidagi ma'nolarni ifodalovchi otlar yasaydi.
-chi qo'shimchasi:
a) ot va fe'l negizlariga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan narsa, predmet bilan shug'ullanuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi. ishchi, suvchi, terimchi, o'quvchi, o'qituvchi kabi.
b) Ot, sifat, son negizlarga qo'shilib negiz anglatgan predmet, narsa-hodisaga mansub ekanlikni ifodalovchi otlar yasaydi: Tursunoychi, musobaqachi, a'lochi, og'machi, o'n-mingchi.
d) Fe'l va sifat negizlarga qo'shilib negiz anglatgan belgi, xususiyatga egalikni bildiruvchi otlar yasaydi: yozuvchi, sinovchi, qiziqchi, yolg'onchi kabi.
-chi kasb-hunar yoki mutaxassislikni ifodalovchi so'zlargaqo'shilib, fe’l negizi orqali anglashilgan kasb-korga egalikni bildiruvchiotlar yasaydi: pichoqchi, suvoqchi, tilchi.
-dosh. Bu qo'shimcha negiz anglatgan shakl yoki predmetbilan birgalik ma'nosidagi otlar yasaydi.
a) Yashash joyda fikrdabirgalikni ifodalovchi otlar yasaydi: vatandosh, mahalladosh,flkrdosh, suhbatdosh.
b) Qarindoshlik jihatdan birlikni bildiruvchiotlar yasaydi: qarindosh, qondosh, jondosh.
-dosh qo'shimchasi bilan o'rinda birlik: sinfdosh, vatandosh; paytda birlik. zamondosh, asrdosh; holatda birlik: flkrdosh, suhbatdosh kabi otlar yasalganidek, ayrim tilshunoslik atamalari ham hosil bo'lgan: sifatdosh, ravishdosh kabi.
-kash. Bu qo'shimcha tojik tilidan o'zlashgan bo'lib, tojikchakashidan "tortmoq" so'zining o'zbek tilida affikslashgan shaklidir.-kash qo'shimchasi asl ma'nosiga mos holda "yurgizuvchi"ma'nosidagi otlar yasaganidek: tuyakash, aravakash, "biror ishbilan shug'ullanuvchi" ma'nosidagi otlar ham yasaydi:mehnatkash, chizmakash
-bon. Negiz orqali anglashilgan predmetni qo'riqlovchi,qarovchi ma'nosidagi otlar yasaydi: darbozabon, bog'bon.
-dor. Tojikcha” ushlamoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali anglashilgan narsaga egalikni ifodalovchi otlar yasaydi;puldor, mulkdor, chorvador, aybdor.
-boz. Negiz orqali anglashilgan predmet bilan shug'ullanuvchima'nosidagi otlar yasaydi: nayrangboz, masxaraboz, dorboz,kaptarboz.
-paz. Tojikcha "pishirmoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali anglashilgan taomni pishiruvchi ma'nosidagi otlar yasaydi:oshpaz, somsapaz, kabobpaz.
-shunos. Tojikcha "bilmoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali anglashilgan sohani egallaganlik ma'nosidagi otlar yasaydi:tilshunos, adabiyotshunos, o'Ikashunos kabi.
-parast. Negiz orqali anglashilgan ishga berilganlikma'nosidagi otlar yasaydi: amalparast, mansabparast kabi.
-furush. Tojikcha "sotmoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib. Negiz orqali ifodalangan predmetni sotuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi:nosfurush, qovunfurush.
-parvar. Tojikcha "saqlamoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib,negiz orqali ifodalangan predmetga sodiqlik ma'nosidagi otlaryasaydi: vatanparvar, xalqparvar, ma'rifatparvar kabi
-xo'r. Tojikcha "yemoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali ifodalangan taomni ko'p yeyuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi:oshxo'r, somsaxo'r kabi. Shuningdek, ishyoqmaslik, dangasalikma'nosini ifodalovchi: nonxo'r, yuvindixo'r; yomonlik ma'nosidagi: odamxo'r, qonxo'r; mehribonlik ma'nosidagi: g'amxo'rkabi otlar yasaydi:
-soz. Tojikcha "yasamoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali ifodalangan narsani tuzatuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi:soatsoz, aravasoz, mashinasoz.
-do'z. Tojikcha "tikmoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali anglashilgan narsani tikuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi:do'ppido'z, mahsido'z, etikdo'z kabi.
-xon. Tojikcha "o'qimoq" so'zidan o'zlashgan bo'lib, negizorqali anglashilgan narsani o'qish bilan shug'ullanuvchi ma'nosidagiotlar yasaydi: gazetxon, kitobxon.
-gar, -kor, -kar. Negiz orqali anglashilgan predmet bilanqiziquvchi, u bilan shug'ullanuvchi ma'nosidagi otlar yasaydi: zargar,kimyogar, san'atkor, paxtakor, miskar.
Do'stlaringiz bilan baham: |