Mavhum ot yasovchi qo'shimchalar. Tubandagi ot yasovchi qo'shimchalar turli turkumdagi negizlarga qo'shilib, mavhum ot yasaydi.
1 -lik(-liq). Bu qo'shimcha mavhum ot yasovchi eng faol qo'shimcha bo'lib, quyidagi negizlardan ot yasaydi:
sifatlarga qo'shilib belgi, xususiyat ifodalovchi otlar yasaydi:go'zallik, yaxshilik, soflik;
otlarga qo'shilib holat ifodalovchi mavhum ot yasaydi: yigitlik,do'stlik, dushmaniik;
shaxs otlariga qo'shilib, o'zak orqali anglashilgan predmet,soha bilan shug'ullanuvchi ma'nosidagi mavhum ot yasaydi:binokorlik, tuproqshunoslik, manbashunoslik, pichoqchilik,zargarlik;
ravishga qo'shilib, harakatnmg mavhum miqdorini: tezlik,ko'plik, songa qo'shilib, uning mavhum miqdorini: o'nlik, yuzlikbildiruvchi otlar yasaydi.
-liq qo'shimchasi bor modal so'ziga qo'shilib mavjudlikma'nosidagi ot yasaydi: borliq.
-chilik. Bu qo'shimcha murakkab qo'shimcha (chi+lik) tartiblaridan tuzilgan bo'lib, ot, sifat negizlarga qo'shilib kasb-hunar bildiruvchi mavhum ot yasaydi: to'qimachilik, paxtachilik, chorvachilik, dehqonchilik, pichoqchilik, suvoqchilik.
-garchilik. Bu qo'shimcha ham murakkab (gar-chi-lik)tarkiblardan tashkil topgan bo'lib, holat bildiruvchi mavhum otyasaydi: yog'ingarchilk, loygarchilik.
-ch (inch). Fe'l negizlarga qo'shilib, kishidagi ruhiy holatnibildiruvchi mavhum ot yasaydi: sevinch, ishonch, quvonch.
-sh(-ish), Fe'l negizlarga qo'shilib harakat oti yasaydi:yig'ilish , tug'ilish.
Sintaktik usul bilan qo'shma va juft otlar yasaladi.Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro ma'no va grammatik jihatdan birikishi asosida vujudga kelgan otlar qo'shma otlar deyiladi. Qo'shma otlar tarkibi quyidagi so'zlardan tashkil topadi.
Ot+ otdan: belbog', qo'Iqop, muzqaymoq, toshko'mir,Sirdaryo.
Sifat+ otdan: oqqush, oqsoqol, qizilo'ngach, sassiqpopushak.
Son+otdan: to'rtburchak, uchburchak, To'rtko'l,Beshbuloq.
Ot+ fe'ldan: o'rinbosar, beshiktervatar, muzyorar, kungaboqarkabi.
Qo'shma otlar quyidagicha yoziladi:
1 .Ikki yoki undan ortiq so'zlarning birikuvidan tashkil topib, bir ma'no ifodalaydigan, bir urg'u bilan aytiladigan. otlar qo'shilib yoziladi. kungaboqar, oshqozon, belbog', gultojixo'roz, Jarqo'rg'on kabi.
2.1kki yoki undan ortiq so'zlarning birikuvidan tashkil topib, alohida urg'u bilan aytiladigan tarkibli qo'shma otlar ajratib yoziladi: xalq xo'jaligi, Markaziy Osiyo, Qarshi cho'li kabi. Ikki so'zning o'zaro grammatik jihajdan teng bog'lanishidan hosil bo'lib, bir umumiy ma'no anglatuvchi otlar juft otlar deyiladi: ota-ona, aka-uka kabi.
Juft otlar tarkibi quyidagicha so'zlardan tashkil topadi.
O'zaro ma'nodosh bo'lgan so'zlardan: mehr-shafqat, kuch-qudrat, shon-sharaf, baxt-saodat.
Bir-biriga yaqin ma'noli, aralash tipdagi so'zlardan: ota-ona, aka-uka, qozon-tovoq, uy-ro'zg'or.
Tarkibidagi birinchi so'z mustaqil ma'no bildiradigan, ikkinchiso'z ma'no bildirmaydigan so'zlarning birikishidan: bozor-o'chor,don-dun, kiyim-kechak kabi.
Takror otlar ham tuzilishi jihatidan juft otlarga mansub. Biroq ular yasama ot sirasiga kirmaydi. Chunki, takror otlar tarkibidagi ikkinchi so'z fonetik jihatdan o'zgargan holda qo'llanilsa-da, birinchi so'z ifodalagan ma'nodan boshqa ma'noni bildirmaydi.
Zero, birinchi so'z ifodalagan ma'no takror otlardagi asosiy ma'no bo'lib qoladi: non-pon, tosh-posh, kitob-mitob kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |