Parda qatlamning rangi. Lok-bо‘yoq parda qatlamning rangi uning eng asosiy dekorativ xossalaridan biridir. Yog‘ochni pardozlash texnikasida rangli shaffof parda qatlamlar hosil qilish uchun yo yog‘och sirtini bо‘yash yoki shaffof, bо‘yalgan loklarni surtish kifoyadir. Bunga, odatda yog‘och yuzasini bо‘yovchi moddalar eritmasi bilan bо‘yab, sо‘ngra tiniq rangsiz parda hosil qiluvchi moddalar surtib yoki tiniq, ammo kerakli rangga bо‘yalgan parda qatlamlari hosil qilib erishiladi.
Tiniq parda qatlamlarda yorug‘likning yutilishi quyidagi qonunga, asosan aniqlanadi:
bu yerda: Is- parda qatlamdan о‘tuvchi yorug‘lik intensivligi; Il- qaytgan nur intensivligi; a-bо‘yovchi modda tomonidan yorug‘likning yutilish koeffitsiyent; c-bо‘yovchi modda konsentratsiyasi; h-parda qatlam qalinligi, mkm.
Shunday qilib, lok surtish jarayonida parda qatlamning qalinligi bir tekis bо‘lmasa, sirtning rangi notekis bо‘ladi.
Lok-bо‘yoq materiallarga ularning tiniqligini о‘zgartmagan holda rang berish uchun bо‘yovchi moddalar qо‘shiladi. Odatda, ular organik moddalar bо‘lib, bо‘yovchi moddalarning sindirish kо‘rsatkichi lok-bо‘yoq material va yog‘ochning sindirish kо‘rsatkichidan keskin farq qilmasligi kerak.
Parda qatlamlarning rangi, odatda, spektrofotometr yordamida barcha spektral ranglar uchun kо‘rinadigan nurlarning qaytish yoki о‘tkazish koeffitsiyentlarini aniqlash yо‘li bilan aniqlanadi.
Parda qatlamning yaltiroqligi. Parda qatlamlarning tashqi kо‘rinishiga baho berishda faqat ularning rangi, tiniq yoki tiniqmasligigina emas, balki qatlamlarning strukturasi va yuzasining silliqligidan kelib chiqadigan yaltiroqligi ham e’tiborga olinadi. Chunki pardozlangan yuzaning tashqi kо‘rinishida yaltiroqlik muhim rol о‘ynaydi. Yaltiroqlikka parda qatlam yuzasining strukturasi va optik xossalari (yorug‘likning yutilish va sinish koeffitsiyentlari) ga katta ta’sir kо‘rsatadi. Lekin parda qatlamning yaltiroqligiga asosan uning yuzasining strukturasi ta’sir qiladi.
Parda qatlam yuza strukturasini kо‘p sonli elementar maydonchalardan iborat deb qarash mumkin; ularning notekisligi yorug‘lik tо‘lqin uzunligining yarmidan ham kichik bо‘ladi; har bir maydonchaning о‘lchamlari esa tо‘lqin uzunligiga nisbatan katta bо‘lib, ular о‘zidan yorug‘likni xuddi elementar kо‘zgu singari qaytaradi.
Elementar maydonchalar xaotik ravishda joylashganda, masalan, yog‘ochni yoki parda qatlamni jilvirlagandan keyin, yorug‘lik tarqoq holda qaytadi va yuza xira bо‘lib kо‘rinadi. Agar yuza elementar maydonchalarning joylashuvida ayrim ustun keladigan yо‘nalishlar vujudga kelsa, nurlarning qaytishida ham ustunlik qiluvchi nurlar vujudga keladi, ya’ni bu nur yaltirab kо‘rinadi. Sirtning silliq bо‘lishi yaltiroqlikni keltirib chiqaradi. Agar hamma elementar maydonchalar bir tekislikda yotsa, sirt yorug‘likni kо‘zguga о‘xshab qaytaradi. Shunday yaltiroqlikni о‘zida mujassamlashtirgan parda qatlam hosil qilish uchun maxsus jarayon talab etiladi. Bu jilo berish jarayonidir.
Ham yaltiroq, ham ma’lum miqdordagi yorug‘likni diffuzion qaytaradigan sirtlarni qisman yaltiroq (poluglyansoviy) sirtlar deb atash qabul qilingan. Har qanday parda qatlam sirti yaltiroqligiga nisbatan bitta butun yuza bо‘ylab bir tekisda yaltiroq bо‘lishi talab qilinadi. Xira yuzada yaltiroq joylar, yaltiroq yuzada xira joylar bо‘lmasligi lozim.
Lok-bо‘yoq parda qatlamlarning yaltiroqligi fotoelektrik yaltiroqlikni о‘lchaydigan FB-2 asbobi yoki B. M. Buglay tomonidan taklif etilgan R-4 reflektoskopida aniqlanadi.
Lok-bо‘yoq parda qatlam sirtidan qaytgan yorug‘lik miqdori unga tushgan yorug‘lik miqdoriga nisbatan (O.Frenel qonuni bо‘yicha) quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda Ir — qaytgan yorug‘lik nurining intensivligi; Il — tushgan yorug‘lik nurining intensivligi; — nurning tushish burchagi; —nurning sinish burchagi.
Formuladan kо‘rinib turibdiki, parda qatlam yaltiroqligiga asosan yorug‘likning yutilishi va sinishi bilan bog‘lik bо‘lgan uning optik xossalari ta’sir kо‘rsatadi. Optik xossalar о‘z navbatida lok-bо‘yoq material xossalariga va ular hosil qilgan parda qatlam strukturasiga bog‘lik bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |