Mundarij a kirish I. Bob. Mehnat unumdorligining nazariy asoslari


“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyatida personal bilan ishlashni tashkil etilishi



Download 387,5 Kb.
bet13/22
Sana09.06.2022
Hajmi387,5 Kb.
#649360
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
FAYOZJON

3.2. “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyatida personal bilan ishlashni tashkil etilishi.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasi Urgut fermentatsiya zavodining tijorat tashkiloti sifatidagi asosiy vazifasi iste’molchilarni yuqori sifatli tamaki mahsuloti xususidagi tilak – istaklarini qondirish asosida aksiyadorlarning uzoq va barqaror daromad olishlarini taminlash hisoblanadi. So’nggi paytlarda xalqaro kompaniyalar iqtisodiyotni globallashtirish, mamalikatlar va qit’alar o’rtasida chegaralarni bartaraf etish hisobidan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ularning maqomi yuqori ma’suliyat, biznesni oshkora yuritish va korporativ axloq me’yorlariga rioya qilish hisoblanadi. Ko’pgina yirik va muvaffaqiyatli korporatsiyalar jamiyatning ularga nisbatan ishonchsizligiga duch keladilar. Tamaki biznesida bu masala yanada dolzarb. 2001-2002 yillarda ijtimoiy hisobdorlik jarayonida “British Amerikan Tobakko” o’z zimmasiga olgan majburiyat doirasida biznesni yuritish tamoillarini ishlab chiqdi. Bular quyidagilar: O’zaro manfaatdorlik tamoili, Mahsulotni ma’suliyatli boshqarish tamoili, Maqbul korporativ axloq tamoili. Bu tamoillar biznesni ma’suliyatli yuritish uchun asos hisoblanadi.
“British Amerikan Tobakko” o’zining butun tarixi mobaynida o’zining ichki bozoriga ega bo’lmagan ko’p millali kompaniya bo’lgan. Asos solingan vaqrdan boshlab unda turli tuman millatlar va madaniyatlar vakillari yonma-yon ishlab kelmoqda. Ushbi madaniyatlarnin boy aralashmasi har xillik yuqori baholanadgan muhitni yaratish imkonini beradi.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyatining asosiy tamoillari quyidagilar:

  1. Kuch turli tumanlikda. Ushbu tamoil boshq ainsonlarning o’ziga xos

jihatlariga hurmat bilan qarashni anglatadi. O’ziga xoslikni qadrlash, ulardan yangi g’oyalar katalizatori va raqobatchilik kurasida vosita sifatida foydalanish eng muhim hisoblanadi.

  1. Oshkoralik. Bu tamoil korxonani me’yoriy tartibga solish sohasidagi,

biznesga u yoki bu darajada aloqador bo’lganlar bilan qanday hamkorlik qilishni tavsiflab beradi. Jamoatchilik fikriga quloq solishga, zamonaviy jamiyat bildirayotgan talablar mohiyatini anglashga, korxona uchun ijtimoiy ma;sul biznesning ish tamoillarini o’rnatish va ularga muvofiq ishlashga intilish.

  1. Ma’sulliyat orqali erkinlik. Bu korxonada qarorlar turli darjalarda iloji

boricha iste’molchiga yaqin qabul qilinishi va tegishli qarorni qabul qilgan xodimlar ular uchun o’zlari javob berishi lozimligini anglatadi.

  1. Tadbirkorlik ruhi. Bu faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Korxona

uchun bu tamoil bugun ham bznesning oyoqqa tura boshlagan davridagidek dolzarbdir.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodida ishlashning afzalliklari shundan iboratki, korxona o’zini to’liq safarbar etgan holda ishlay oladigan, ishga o’zligini ro’yobga chiqarish vositasi sifatida qaraydigan birinchi darajali mutaxassislar jamoasi ishlagan taqdirdagina bozorda yetakchi o’rinni egallashimiz mumkin deb hisoblaydi. Korxona eng yaxshi mutaxassislarni jalb qiladigan va ushlab qoladigan tashkilotga aylanishga harakat qilib kelgan. Korxonaning yangi xodimlarni tanlash borasidagi ko’zlagan maqsadi biznesga eng iqtidorli va qobiliyatli mutaxassislarni jalb qilishdan iborat. Korxona 80 % bo’sh menejerlik o’rinlarini kompaniyaning ichidagi xodimlar hisobidan, 20 % ini tashqaridan tanlash hisobidan to’ldiradi. Bunday yondashuv kompaniya tomonidan tayyorlagan, “British Amerikan Tobakko” faoliyati sohasida chuqur bilimlarga ega bo’lgan kuchli kadrlar tarkibini boshqa kompaniyalar tajribali menejerlar olib kelgan yangi g’oyalar oqimi bilan uzviy bog’lashni kafolatlaydi.
Tajribali menejerlarni tanlash umumiy muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Korxonaning maqsadi biznes sohasida katta tajriba to’plagan, ha a’lo darajadagi texnuk ko’nikmalar, ham yetakchilik sifatlariga ega iqtidorli menejrlarni jalb qilishdan iborat. Kadrlarni tarkibini to’ldirishning boshqa usuli yuqori toifali mutaxassislar va oily o’quv yurtlarining yuqori salohiyatli bitiruvchilarini tanlab olish hisoblanadi.
Yangi xodimni tanlash jarayoni kompaniyaning barcha bo’linmalarida ishlatiladigan nomzod salohiyatini baholashnng universal tizimi asosida sodir bo’ladi. Ushbu tizim maksimal darajada obektiv qarorni qabul qilish va bo’lajak xodimning barcha individual xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Yangi xodimni ishga qabul qiishda eng iqtidorli nomzodlarni tanlashga e’tibor beriladi.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishga va kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlashga qodir kishilarni ishga jalb qilgan holda eng yaxshi ish beruvchi bo’lishga intiladi. Korxonaning xodimlar bilan yondashuvi quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  1. Eng yaxshi bo’lishga intilish. Korxona yetakchi bo’lishga intiladi.

Uning xodimlarni tanlash strategiyasi haqiqatdan ham qobiliyatli kishilarni kompaniya rivojiga sezilarli hissa qo’sha ladigan kishilarni tanlashga asoslangan.

  1. Kasbiy o’sish. Korxona xodimlar oldiga o’zini to’laligicha safarbar

qilishni talab qiluvchi vazifalar quyadi va yuqori natijalarga erishadiganlarga xizmat pog’onalaridan ko’tarilish uchun cheksiz imkoniyatlarni taklif qiladi.

  1. O’ziga xoslikni rag’batlantirish. “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasida

ideal xodim stereotipi mavjud emas. Korxona muvaffaqiyatining kaliti – o’ziga xoslikni rag’batlantirishdadir. Xodimlarni masalalarni yangicha, o’ziga xos yechimini topish uchun o’z shaxsiy sifatlaridan foydalanishlari muhim hisoblanadi.

  1. Jamoaviy ruh. Korxona muvaffaqiyatlari asosida ahil jamoaning ishi

yotadi. Korxona xalqaro darajada tajriba almashishga, ijodiy tafakkur rivojlanishiga va vazifalarni hal etishda turli yondashuvlardan foydalanishga xizmat qiluvchi korporativ madaniyatni yaratishga harakat qiladi.

  1. Mukofotlash. Korxona mehnat bozoridagi eng jozibali kompensatsiya

paketlaridan birini taklif qiladi. Mukofot miqdori xodim faoliyatining individual natijalari va kompaniyadagi umumiy faoliyatiga bog’liq.

  1. Ijtimoiy paket. Xodimlarga tibbiy xizmat, transport va ovqatlanish

bo’yicha imtiyozlar, xodimlar uchun sport va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish hamda boshqa ko’plab tadbirlarni ichiga oluvchi raqobatga bardoshli ijtimoiy paketni taklif qilinadi.

  1. O’qitish. Korxona xodimlarining kasbiy o’sishi uchun keng imkoniyatlar

yaratadi. Buning uchun ham ichki, ham tashqi resurslar jalb qilinadi. Bu kasbiy va boshqaruv treninglarini, xodimlarni xorijda tajriba orttirish va eng muhimi ish joyida o’rganish imkonini beradigan qisqa muddatli va uzoq muddatli stajirovkalarni o’z ichiga oladi.

  1. Xalqaro xizmatda o’sish istiqbollari. Korxonaning vazifasi nafaqat bitta

bozor yoki bo’linma doirasida rivojlana oladigan xodimlarni izlab topish, balki kompaniyanin global rivojlanishiga ham o’z hissalarini qo’shadigan xodimlarni rivojlantirish hisoblanadi.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasida bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- rezyumini sinchiklab tahlil qilish. Bu bo’sh ish o’ringa eng ko’p mos keladigan nomzodlarni tanlash imkonini beradi. Korxona nomzodlardan o’z ish maqsadlarini ilova xatida yoki rezyumining o’zida ko’rsatishni so’raydi.
- testdan o’tkazish, nomzodning menejerlik salohiyatini baholash markazlari, immitatsion o’yinlar va boshqa hammaga ma’lum usullar nomzodning texnik bilimlari va ko’nikmalarini, shuningdek boshqaruv qobiliyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
- xodimlar bilan ishlash bo’limida nomzodlar bilan suhbat. Suhbatdan ko’zlangan maqsad nomzodning kasbiy va shaxsiy sifatlarini baholash, shuningdek kompaniya to’g’risida qisqa hikoya qilib berish va nomzodlarning savollariga javob qaytarishdan iborat.
- bo’lim boshlig’I bilan suhbat. Bu nomzodning aniq faoliayt sohasidagi qobiliyatlarini aniqlash monini beradi.
- ijobiy qaror nomzod tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tgan taqdirdagina qabul qilinadi.
Tanlash jarayoni lavozim darajasidan kelib chiqib, har xil bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.

Download 387,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish