Havo transportida yuk avia nakladnoy yoki havo yo‘llari kvatansiyasi yuk jo‘natuvchi va tashuvchi orasidagi tashish shartnomasiga guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi.
Avianakladnoy yuk jo‘natuvchi tomonidan 3 nushada to‘ldiriladi va yuk bilan birga tashuvchiga topshiriladi. Avianakladnoyning birinchi nushasiga “tashuvchi uchun” belgisi qo‘yilib, yuk jo‘natuvchi tomonidan imzolanadi, ikkinchi nusha “qabul qiluvchi uchun” belgisi qo‘yilib, yuk jo‘natuvchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi va yuk bilan birga yuboriladi., uchinchi nushasi esa tashuvchi tomonidan imzolanib, yukni qabul qilib olingandan so‘ng yuk jo‘natuvchiga qaytarib beriladi. Nakladnoyda yukning nomi, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi aeroportlarning nomi, nakladnoyga ilova qilinayotgan hujjatlarning nomi, yukning narhi, tashish uchun to‘langan haq, nakladnoyni to‘ldirish vaqti va boshqalar ko‘rsatiladi.
Avianakladnoy tovar harakatini boshqaruvchi ham, taqdim etuvchi hujjat ham hisoblanmaydi. U faqat tashish shartnomasi tuzilganligini, tovarni tashish uchun qabul qilinganligini va tashish shartlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Bir qator davlatlarda u bojxona deklaratsiyasi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |